Xalqaro hisob-kitoblarning vujudga kelishi va mohiyati
Xalqaro valyuta hisob-kitoblarning vujudga kelishi va rivojlani-shining asosida mamlakatlar o'rtasida tovar
va xizmatlar almashi-vuning mavjudligi, kapital aylanmasining vujudga kelishi va uning hajmini doimo ortib
borishi yotadi. Xalqaro hisob-kitoblar xalqaro tashqi tovar va xizmatlar aylanmasini tashkil etish, tijorat va
notijorat operatsiyalarni amalga oshirish, kreditlar berish va kapital xarakatida namoyon bo'ladi.
Xalqaro hisob-kitoblar-
turli mamlakatlar yuridik va jismoniy shaxslari o'rtasida iqtisodiy, siyosiy va
madaniy munosabatlar nati-jasida vujudga keladigan pullik talab va majburiyatlarai tartibga solish usullaridir.
Mamlakatlar o'rtasida amalga oshiriladigan operatsiyalar-ning asosiy hajmi xprijiy valyutalarni ko'chirish, ya'ni
xalqaro hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda banklarning xorijiy
mamlakatlardagi bo'limlari yoki xorijiy banklar bilan o'rnatilgan vakillik hisobraqamlaridan (korrespondentlik
munosabatlari) foyda-laniladi.
Korrespondent munosabatlarda "loro" (xorijiy banklarning mahalliy banklardagi), "nostro" (mahalliy
banklarning xorijiy banklar-dagi) hisobraqamlarini ochish orqali amalga oshiriladi. Xalqaro hisob-kitoblarda
qo'llaniladigan korrespondent hisobraqamlar ochilganda banklar o'rtasida ushbu hisobraqamlar bo'yicha hisob-
kitoblarni amalga oshirish tartibi, komission to'lovlarning miqdori, sarflangan mablag'lami to'ldirish yo'llari va
boshqa masalalarni bajarish haqida o'zaro kelishuv tuziladi.
Banklar xalqaro hisob-kitoblarni o'z vaqtida va to'liq amalga oshirish maqsadida likvidli valyutalarda zarur
miqdordagi valyuta pozitsiyalarni taminlashga xarakat qiladi, bunda asosiy e'tibor amalga oshiriladigan hisob-
kitoblarni belgilangan muddat va miqdorda toiab berishga qaratiladi.
Xalqaro bank amaliyotidan maiumki, xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirayotgan banklar "nostro"
hisobvaraqalari bo'yicha tegishli valyutada daromad olish, shuningdek, ushbu mablag'lami jahon ssuda kapitali
bozorlarida valyutali aktivlarga joylashtirish maqsadida tegishli qoldiqni saqlashga harakat qiladi.
Xalqaro hisob-kitoblarda banklarning faoliyati tegishli mahalliy va xalqaro miqiyosdagi huquqiy xujjatlar
asosida tartibga solinadi. Xalqaro joriy valyuta operatsiyalardan dunyoning etakchi mamlakatlari milliy valyutasi
toiov vositalari vazifasini bajaradi. Birinchi jahon urushiga qadar runt sterlingda muomalaga chiqarilgan veksellar
(trat-tallar) xalqaro hisob-kitoblar bo'yicha operatsiyalaming 80 foizini bajardi.
Mamlakatlar o'rtasida mehnat taqsimotining kuchayishi va ulaming iqtisodiyotini rivojlanishida o'zaro
mutanosiblikning vujudga kelishi bois, angliya font sterlingi xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi 1948 yilda 40
foizga, 1999 yilaming boshida esa 5 foizga tushib qoldi.
AQSh dollarining tashqi savdodagi ulushi 1982 yilda 78 foizga etdi, 2000 yillarning boshida evro, yaponiya
iyenasi, shvetsariya franki va boshqa etakchi mamlakatlar milliy valyutalari xalqaro to'lov vositasi sifatida
foydalanila boshlandi, natijada AQSh dollarining xalqaro savdodagi ulushi 55 foizga tushdi.
Ta'kidlash joizki, mamlakatlar o'rtasida amalga oshiriladigan ayrim hisob-kitoblarda 1970 yildan SDR
(spetsialnie prav zaimstvovaniya), 2000 yildan so'ng evro faol qo'llanila boshlandi.
Xalqaro hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida oltinni toiov vositasi sifatidagi roli nafaqat ichki hisob-
kitoblardan, balki xalqaro toiovlami amalga oshirishdan ham siqib chiqarildi. Oltin standard eng rivojlangan
davrda ham xalqaro hisob-kitoblarda undan toiov balan-sining passiv qoldig'ini toiashda foydalanildi. Oltin
standartining bekor qilinishi va sariq metallga kredit pullarni almashtirish to'xtatil-gandan so'ng xalqaro
majburiyatlarai oltinga to'lash zaruriyati yo'qoldi.
Biroq, ta'kidlash joizki, mamlakatlar o'rtasida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik buzilganda jahon pulini
bajarayotgan milliy valyutalarga nisbatan ishonchning yo'qolishi natijasida xalqaro hisob-kitoblarda oltindan
foydalanish hollari amaliyotdan maium.
Masalan, ikkinchi jahon urushi davrida xalqaro hisob-kitoblar-ning asosiy qismi oltin slitkalarda amalga
oshirilgan. Urushdan keyingi davrda (1950-1958 yillarda) ayrim ko'p tomonlama hisob-kitoblar dastlab 40
foizgacha, 1955 yilda 75 foizgacha oltin bilan toiangan.
Zamonaviy sharoitda mamlakatlar o'zining toiov balansi barqarorligini ta'minlash maqsadida oltin
zaxiralarini dunyoning etakchi valyutalariga sotadi. Bu o'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, oltin xalqaro hisob-
kitoblarda to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etmasdan, oltin bozorlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishga
erishmoqda.
Xalqaro hisob-kitoblarning holati va rivojlanishiga qator omillar ta'sir etadi. Xususan, mamlakatlar
o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, valyuta qonunchiligi, xalqaro savdoni tashkil etishning qonun va qoidalari,
shuningdek, moliya-kredit tizimining rivojlanganlik darajasi shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |