yilda dollar kursi sun'iy pasaytirilishi va boshqa davlatlar valyutalarining kursi dollarga nisbatan sun'iy oshirilishi
natijasida "dollar tanqisligi" yuzaga keldi. AQShdan tashqarida yuzaga kelgan "dollar tanqisiligi"ni oldini olish
maqsadida Amerika hukumati tomonidan Yevropa mamlakat-lariga moliyaviy yordam ko'rsatildi. Boshqacha
qilib aytganda, Yev-ropaga moliyaviy yordam berilishi, dollar kursini sun'iy pasaytirilishi natijasida AQSh toiov
balansi profitsitini qisman moliyalashtirishga xizmat qilgan.
Bretton-Vuds tizimida Amerika hukumatiga shunisi aniq bo'ldiki, ushbu tizim doirasida dollar
inflyatsiyasini oshirilishi javobgarlikka olib kelmas edi. Shu nuqtai nazardan,
urushdan keying davrda
inflyatsiyani rag'batlantirilishi AQShda davlat siyosatiga aylandi.
1950 yillar boshida dollar inflyatsiyasi natijasida xalqaro savdo oqimi o'z yo'nalishini o'zgartirdi. AQShda
pul taklifi va kredit hajmi ortib borishi natijasida, aksariyat Yevropa mamlakatlari (G'arbiy Germaniya,
Shveytsariya, Fransiya, Italiya) ning valyutalari yanada mustahkamlandi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo'lgan
Buyuk Britaniyada esa mamlakatdan dollarni chiqishini oldini olish maqsadida funtni 2, 40
dollargacha
devalvatsiya qilindi. Yevropa va Yaponiyada ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishi AQSh to'lov balansida
kamomadni yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Inflyatsiyani cheklashda oltin tanga standartining klassik
yondashuvchanligi o'zining xususiyatini butunlay to'xtatishi bilan birga, Bretton-Vuds tizimining qoidalari G'arb
davlatlariga doimiy dollar zaxiralarini ko'paytirishni va buning asosida milliy valyuta taklifi va kredit hajmini
oshirishni talab etgan.
Shu tariqa 1950-1960 yillarga kelib, G'arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiya dollar zaxirasini oshirib
borish siyosati samarasiz ekanligi hamda yangi tizim tashkil etilganda dollar kursi sun'iy baholanganligidan
sarosimaga tushdi. Chunki dollaraing sotib
olish qobiliyatining tushishi, G'arb davlatlarida dollarga bo'lgan
ehtiyojni pasaytirdi.
Bretton-Vuds tizimi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti uchun "tuzoq" sifatida qaraldi va qarama-
qarshiliklar ortdi. Fransiya nomidan Oltindeviz standartini yoqlab va amaldagi tizim qoidalariga qarshi fikrlar
bilan davlat moliyaviy maslahatchisi de Gollya Jak Ryueff chiqdi. Amerika siyosatchilari va iqtisodchilari yuzaga
kelgan qarshiliklarga e'tibor bermay, Yevropa dollarni "tayanch valyuta" sifatida qabul qilganligini ta'kidladi.
Ularning fikriga ko'ra, Yevropa aynan Bretton-Vuds tizimini amal qilishi natijasida iqtisodiy tanglikdan chiqish
muammosini hal etgan. Davlatlar o'rtasidagi keli-shuvga asosan boshqa mamlakatlarda dollarning inflyatsiya
darajasi ortishidan qat'iy nazar, AQSh yanada pul taklifini oshirish huquqiga ega edi.
Yevropada oltinning bir unsiyasi uchun 35 dollarga teng bo'lgan miqdori saqlanib qolingan edi. 1950
yillarda Yevropada dollar
massasini ortib ketishi, uning oltinga va Yevropaning "qattiq" valyutalariga nisbatan
qadrsizlanishiga hamda Amerikadan oltinni chiqib ketishiga sabab bo'ldi. Buning natijasida AQShning oltin
zaxiralari 25 mlrd. dollardan, 9 mlrd. dollargacha kamayib ketdi. Yevropa mamlakatlari hukumatlari va Markaziy
banklarining dollarni oltin bilan so'ndirish talabini qondirilmasligi oqibatida Bretton-Vuds tizimining izdan
chiqish xavfi tug'ilgan edi. Lekin, Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan ushbu salbiy
holat ham AQShni pul
taklifini oshirishdan qaytarmadi. Shu tariqa 60 yillaraing oxirida Yevropada 80 mlrd dollardan ortiq "yevrodollar"
nomini olgan pullar paydo bo'ldi. Yevropada muomalada bo'lgan dollarni oltin bilan so'ndirish talabini to'xtatish
maqsadida AQSh siyosiy bosim o'tkaza boshladi. 1930 yilda oltindeviz standartining inqirozga yuz tutishida ham
Buyuk Britaniya va Fransiya o'rtasida shunday vaziyat yuzaga kelgan.
Ta'kidlash joizki, iqtisodiy qonunlarni aylanib o'tish, AQSh inflyatsiyani hisobga olmagani kabi,
mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu tariqa 1968 yilda Amerika tomonidan taklif
etilgan "abadiy va buzilmas" Bretton-Vuds tizimi yemirila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: