Davlat xaridlarini rejalashtirish
Davlat xaridlari davlat buyurtmachisining o‘z oldida turgan vazifalarni hal
etishni ta’minlaydigan haqiqiy talablari va ehtiyojlarini samarali qanoatlantirish
uchun davlat xaridlarini o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi va zarurligi, tovarni
(ishni, xizmatni) tanlashning, uning iste’mol xususiyatlari (tavsifi), sifat
ko‘rsatkichlarining va qiymatining asoslanganligi hisobga olingan holda amalga
oshirilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2014 yil 14 noyabrdagi 74-son
buyrug‘iga ilova “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning
xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish
tartibi to‘g‘risida”gi nizom muvofiq budjet tashkilotlari xarajatlarni qoplash uchun
budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan tashqari boshqa daromad manbalari mavjud
bo‘lganda, mazkur ko‘rsatilgan mablag‘lar bo‘yicha ham daromadlar va xarajatlar
smetalarini tuzadi.
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlar smetalarini,
daromadlar va xarajatlar smetalarini, shuningdek shtat jadvallarini normativ-
huquqiy hujjatlar asosida mustaqil ravishda tuzadilar.
Umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari va tibbiyot
muassasalarining xarajatlar smetalari, daromadlar va xarajatlar smetalari hamda
shtat jadvallari markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan
tuziladi, ro‘yxatga olinadi, shuningdek tegishli jamlanma smetalariga va shtat
jadvallariga umumlashtiriladi.
Xarajatlar smetalari, daromadlar va xarajatlar smetalari, shtat jadvallari,
shuningdek jamlanma xarajatlar smetalari va shtat jadvallari bir moliya yili
muddatiga, mavsumiy yoki yil mobaynida tuzilgan tashkilotlar bo‘yicha esa,
ularning mazkur moliya yilidagi faoliyat ko‘rsatish davriga tuziladi va amal qiladi.
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari budjet
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaqtinchalik xarajatlar
smetasi asosida amalga oshiriladi.
Xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlarni hisoblab chiqarish iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlantirish dasturlari ko‘rsatkichlariga va tejamkorlikning qat’iy rejimini hisobga
olgan holda mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Xarajatlarni hisoblab chiqarishda:
belgilangan tartibda tasdiqlangan ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ularga taqdim etilgan
budjet sohasidagi vakolatlari doirasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga;
belgilangan
tartibda
tasdiqlangan
budjet
tashkilotlari
xarajatlarining
normativlariga;
tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlari va
tariflariga amal qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |