Kutubxonachi.uz
94
shunday sifat kasb etgandir. Chuqur ajinlar, osilgan qovog‘i, tikilib boqadigan ko‘k ko‘zlari qandaydir
jozibador, ayni vaqtda g‘amgin tuyulardi.
Ko‘rsatuvning dastlabki lahzalarida Entoni Yunger Filofey ingliz tilida yaxshiroq gapira oladimiyo‘qmi
deb ham bezovtalangan edi: odam chet tilda savodli yoza bilsa ham, ayniqsa ko‘pchilik oldida bemalol
gapira olmasligi mumkin-ku! Biroq Filofeyning dastlabki iboralarini eshitiboq Entoni xotirjam bo‘ldi —
rossiyalik samoviy rohib talaffuzini hisobga olmaganda ingliz tilida bemalol gapira olarkan. Suhbat shitob
bilan boshlandi. Uolter Shermet soxta xotirjamlik va jindek mutoyiba bilan dedi; — Salom, birodarimiz
Filofey! Uzr, sizga shunday deb murojaat qilsak bo‘larmikan, a labbay?
— Ha, shunday deyavering, — javob berdi samoviy rohib va qo‘shib qo‘ydi: — Xohlagan kishiga men
birodarman.
— Bordi-yu hamma ham birodarlashishni xohlashmasa-chi? — qochiriq qildi Uolter Shermet.
— Unday bo‘lsa, har kim o‘zi biladi. Hechqisi yo‘q. Lekin meni maqbul ko‘rmaganlar uchun ham men
o‘zimni birodar deb bilaveraman.
— Nima uchun siz bu haqda ishonch bilan gapirasiz? Bu bilan o‘zingizni bizning gunohkor
dunyomizdan ustun qo‘ymoqchi emasmisiz?
— Mening vazifam — menga kim qanday munosabatda bo‘lmasin har bir kishiga hamdard bo‘lishdir.
— Shunday bo‘la qolsin. Biroq uchrashuvimizni shu sohada o‘zaro munosabatlarni aniqlashdan
boshlamaylik, — dedi Uolter Shermet gapga to‘n kiydirishni davom ettirib. — Bundan ham jiddiyroq, siz
tushunsangiz kerak, bundan ham qo‘rqinchliroq narsalar borki, bular bevosita siz bilan, birodar Filofey,
Sizning, orbital stantsiyadagi ilmiy faoliyatingiz bilan bog‘liqdir. Biz matbuot konferentsiyasiga xuddi ana
shuning uchun yig‘ilganmiz. Ha, lekin ishni boshlash uchun ishtirokchilarni tanishtirib qo‘yay. Zalda –
jurnalistlarning eng zo‘rlari yig‘ilgan. Bevosita teleko‘rsatuv bo‘layotir. Men konferentsiyani
boshqaruvchi Uolter Shermetman. Yonimda – Entoni Yunger. U bugun ertalab ommaviy g‘alayonlar
vaqtida halok bo‘lgan futurolog Robert Bork o‘rniga telealoqada ishtirok etmoqda. Kechirasiz, narsalarni
o‘z nomlari bilan aytishga to‘g‘ri keladi: ana shu fojeiy voqealarga xuddi siz sababchisiz. Hali, Entoni
Yunger o‘zini o‘zi tanishtiradi va o‘z fikrini aytadi.
— Rahmat, Uolter Shermet. Men Entoni Yungerni taniyman, — deb uning so‘zini bo‘ldi Filofey, Yunger
tomonga qarar ekan. — Men Entoni Yungerni teletranslyatsiya qilingan saylovoldi mitingidan boshlab
taniyman. Men bexosdan sizning so‘zingizni bo‘ldim, gapirishga ruxsat etasiz, men bu daqiqani, bu
uchrashuvni, siz tilga olgan narsalarni gapirib berish imkoniyatini, odamlarning aqlidroklarida va dillarida
alanga olgan yong‘in yolqinlarining kosmosga qanday yetib borganini hikoya qilib berish paytini kutar
edim. Ha, bu yong‘inni men alanga oldirdim. Ha, shunday. Lekin men mash’alani bid’atchilarni gulxanda
yoqish uchun olib kelgan emasman, men odamlarning dillarini yoritaman deb o‘ylagan edim. Bo‘lmadi.
Hammasi zulmatga aylandi. Endi najot yo‘q deb qo‘rqaman. Mening yoshimda bunday deyish, ehtimol,
soddadillikdir, haqiqat g‘alaba qiladi deb o‘ylagan edim. Yanglishibman. Dillarning yorishishi o‘rniga
hamma joyda alg‘ov-dalg‘ov va g‘ulg‘ulaga sabab bo‘ldim. Bularning hammasini televizorimning
ekranida ko‘rib turibman. Bugun Nyuberida bo‘lib o‘tgan hodisani ham ko‘rdim. Men Robert Bork bilan
televidenie orqali uchrashaman, u bilan so‘zlashaman, deb o‘ylagan edim, lekin bu odamning o‘z
hovlisida vahshiylarcha o‘ldirilishining guvohi bo‘ldim. Ruslar aytganlaridek, be’mani va shafqatsiz isyon
ro‘y berdi. Bu ham mening aybim bilan bo‘ldi! Xudo tomonidan menga yuborilgan hamfikrimning halok
qilinishiga kosmosda turib bevosita sababchi bo‘ldim. Odamlar, men sizlarning oldilaringizda tiz
cho‘kaman! Lekin mening endi tavba-tazarru qilishim bir pul. Halok bo‘lgan Robert Borkni hech nima
bilan tiriltirib bo‘lmaydi, agar shunday qilishning iloji bo‘lsa edi, men o‘zimni hozir qurbon qilishga
tayyorman. Qandi endi...
Savollaringizga javob berishdan oldin men yana bunday demoqchi edim. Ehtimol, zalning barcha
savollariga javob berib ulgurmasligim mumkin, oldindan kechirim so‘rayman. Men ketaman, sizlar
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |