Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
26

Sen kitlarning qirg‘oqqa otilishini nazarda tutyapsanmi?

ha, xuddi o‘shani. Soppa-sog‘, aqli-hushi ham joyida bo‘lgan kitlarning u yo‘q — bu yo‘q, kelishib 
olishganday to‘satdan kechasi qirg‘oqqa yaqin suzib kelib, suv to‘piqdan keladigan sayozlikka bo‘g‘ilib 
o‘lish uchun sakrashadi. Ular o‘sha yerda okeanga qaytib ketishga urinmasdan halok bo‘ladi. Kitlar nima 
uchun, qanday sabablarga ko‘ra shunday qilishadi?

Hay, to‘xta, — deb uning so‘zini bo‘ldi Jessi chehrasi ochilib. — Bu haqda gazetalarda qancha 
marta yozishdi. Xo‘sh, sening o‘sha avstraliyalik do‘sting buning sababini bilarmikin?

Hamma gap shunda-da. Biz u bilan qanday fikrga keldik degin. Bu hodisa turning o‘z jonini 
saqlash biologik qonuniga ziddir. Boshqacha aytganda, tabiatga ziddir. Hayvonot olamida bunaqasi 
yo‘q.

Lekin odamlar orasida xohlaganingcha bor.

Bu butunlay boshqa narsa. Ha, tamomila boshqa narsa. Gap bu haqda ketmayotir. Bu yerda 
butunlay boshqa bir manzara, Jessi.
Robert Bork jim qoldi, o‘rmonlar orasidan tepalikka ko‘tarilib boradigan keng avtomobil yo‘liga nazar 
tashlab, yo‘l yoqasidagi belgilar va tanish manzarani zavq bilan tomosha qilib ketar edi. Bir zum u o‘zini 
juda baxtli sezdi – yo‘lda mashinani Jessi haydab borar ekan u o‘zicha kitlarning ulkan bir sirini xotiniga 
aytib berishini, buni eshitib Jessining lol qolishini, so‘ngra ikkalasi bu kashfiyotga maftun bo‘lib, mavzuga 
takror-takror qaytib, uni atroflicha muhokama qilishlarini ko‘z oldiga keltirdi.
Shuning o‘zi baxt emasmi? Baxt degani dillarning uyg‘unlashib ketishi degan so‘z. Uyga yetib kelgach, 
ayvonda xotini bilan suhbat quradi, Jessi qo‘ygan musiqani miriqib eshitadi (Jessi klassik xalq musiqasi 
desa jonini beradi) va o‘zi xush ko‘rgan oq vinosidan xo‘plab o‘tiradi... Shu on birdan samoviy rohib 
esiga tushib qoldi uning, u bugun kayf-safoga o‘rin yo‘q ekanini tushundi.

Nega jimib qolding, gapir. Bob. Faqat meni gapirtirib qo‘ymoqchimisan?

Yo‘g‘-e. Fikrimni jamlayapman. Sen o‘sha avstraliyalik Kiffer kitlarning o‘zini o‘zi o‘ldirishi 
sabablarini bilarmikin deb so‘rading. Senga nima desam ekan? U boshqalarning yetti uxlab tushiga 
kirmagan fikrni aytmoqda. Bu qandaydir mantiqan to‘g‘ri fikrgina emas, men uni alohida axloqiyfalsafiy 
mushohada degan bo‘lar edim. Ha, ha, shunday. Kulma ham, ajablanma ham. Bu haq gap. Avstraliyalik 
olim dunyoviy ahamiyatga ega fikrini o‘rtaga tashlamoqda. Bilsang kerak, barcha sut emizuvchilar 
orasida kitlar bilan delfinlar aqliy jihatdan eng rivojlangan mavjudotlardir. Afsuski, ular gapira olmaydi, 
bu esa hozircha bizlar bilan ular o‘rtasida yengib bo‘lmaydigan g‘ov bo‘lib turipti.
 

E xudo, sen ma’ruza qilishga odatlanib qolibsan, Robert. Men tushunolmayapman — qanday 
axloqiy-falsafiy mushohada haqida gapiryapsan?

Ana shu g‘alati hodisaning tabiatini birorta olim tushuntirib bera olmadi. Kiffer bo‘lsa mening ko‘z 
o‘ngimda birdan dunyoviy ahamiyat kasb etadigan fikrni o‘rtaga tashladi.

Uning gipotezasining mohiyati nimada ekan?

U hammani hang-mang qoldiradigan xulosaga kelibdi. U kitlarning gala-gala bo‘lib o‘zini o‘zi 
o‘ldirishida dunyoviy aqlning yerdagi hodisalarga aks sadosini ko‘rmoqda.

Bu g‘irt xayolparastlik-ku, Robert!

Bunday dema, aslo bunday deya ko‘rma, azizam. Men bu gipotezaning maftuni bo‘lib qoldim. 
Inson ongning mutlaq hokimidir, demakki dunyo oldida burchdordir, agar biz takomillasha olmas 
ekanmiz, biz o‘n sakkiz ming olamni o‘rgana olmas ekanmiz (bizdan talab qilinadigan narsa ham shu, 
dunyoda biz ana shuning uchun yashaymiz), demak, biz o‘z burchini oqlay olmaydigan tekinxo‘rlarmiz, 
hemirilik maxluqlarmiz. Lekin meni kechir, bir oz chalg‘ib ketdim. Men faqat shuni aytmoqchi edimki, 
bizga, odam bolasiga qancha huquq berilgan bo‘lsa, biz shuncha burchdormiz. Birinchi galdagi 
burchlarimiz: turmushni, hayotni uyg‘unlashtirish, takomillashtirish, bizning barcha orzu-niyatlarimiz
amaliyotimiz shu jumlaga kiradi. Hayotning uyg‘unlashishi! Biroq bu sohada qancha buyuk va ayni 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish