1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi



Download 8,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/319
Sana09.07.2022
Hajmi8,8 Mb.
#763149
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   319
Bog'liq
2 5206354678991819693

 
 
55 
kimyoviy usullardan foydalanib virus zarralarini yuqumliligi, antigen 
xususiyatlari, xullas uning nativ holati saqlangan holda ajratib olishdir. 
3.3. Viruslarning toza preparatlarini olish. Virus preparatini olishda 
dastlabki o‘simliklar yordamida qilinadigan tayyorgarlik ishlari 
 
Viruslarni preparativ miqdorda ajratib olish uchun virus to‘plagich 
o‘simlikda ajratiladigan virusni miqdori etarlicha to‘planganligini bilib, uning 
bargidan shirasini ajratib olib undagi to‘plangan yuqumli virus miqdorini 
aniqlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ba’zi virus bilan kasallangan 
o‘simliklarning 1 kg dan 1 - 3 gr toza virus ajratib olinsa, ba’zilaridan 3-5 mg 
gina ajratib olish mumkin, bu birinchi navbatda virusning hujayrada to‘planishiga 
bog‘liqdir. Uning uchun virusning oxirgi suyulish miqdorini (OSM) aniqlash
kerak bo‘ladi. 
Virus hujayrada ko‘p to‘plangan hollarda suyulish darajasi 10
-6
- 10
-7
ni 
tashkil qilsa (TMV), ba’zi vaqtlarda 10
-2
- 10
-3
nigina tashkil etadi. (M. jo‘xorining 
pakana chiziqli mozaikasi virusi) (5 -jadval). 
Tamaki mozaikasi virusining tomat shtammini (TMV —TSh) oxirgi 
suyulish miqdorini (OSM) aniqlash uchun shu virus bilan kasallantirilgan 
o‘simlik barglaridan 50—60 g 0,05 M fosfat buferi ishtirokida (olingan virusli 
material vazniga teng miqdorda 1:1 nisbatda bufer olinadi va suyultirilgan vaqtda 
hisobga olinishi kerak) havonchada ezib maydalanadi. So‘ngra 3—4 qavatli 
dokadan suziladi va bu virusli suyuqlik sentrifugada 10 minut davomida minutiga 
5-6 ming aylanish tezligida aylantiriladi. Cho‘kma usti suyuqligidan qator 
probirkalarga 10
-1
, 10
-2
, 10
-3
, 10
-4
, 10
-5
, 10
-6
, 10
-7
marta suyultirilgan virus 
eritmalari tayyorlanadi hamda 
N. glutinosa
yoki 
N. sylvestris
barglarining korund 
sepilib tayyorlangan o‘ng tomoniga 4-5 tomchi tomizilib ohista barmoq bilan 
surtiladi. Bargning chap tomoniga esa suyultirilmagan o‘simlikning shirasi 
tomiziladi va surtiladi. Har biri suyultirilgan probirkadagi virusli eritma 5-6 
bargga yuqtiriladi. Etiketkalar bog‘langandan so‘ng nam kamera hosil qilingan 
eksikatorga osib qo‘yiladi. Eksikatorga bakteriyalarga qarshi 3-4 tomchi 
xloroform tomizib qo‘yiladi. 
Kasallik alomatlari 48-72 soatlardan so‘ng paydo bo‘lganidan so‘ng 
natijalar hisobga olinadi, ya’ni hosil bo‘lgan nekrozlar soni hisoblanadi. Nazorat 
va tajribadan olingan nekrozlar ayrim — ayrim qilib jadvalga tushiriladi, 5-6 
bargning o‘ng tomonidan olingan nekrozlarning o‘rtachasi hisoblanadi

Natijalarni grafik ravishda tasvirlash uchun ordinata o‘qiga nekrozlar soni 
kontrolga nisbatan foiz hisobida, absissaga esa suyulish darajasi qo‘yiladi. 
Olingan natijalar nuqtalari birlashtirilsa suyulish darajasi oshishi bilan, egri chiziq 
0 ga intiladi. Olingan natijalardagi eng oxirgi kasallik alomatlari hosil bo‘lgan 
suyulish miqdori shu virusning oxirgi suyulish darajasi deb hisoblanadi. 
Suyulish darajasi har bir virusni identifikatsiya qilishda ahamiyatga ega 
bo‘lib, ularni virus turiga va shtammiga qarab har xil bo‘ladi (5-jadval). Virus 
mazkur metod bilan aniqlanganda maksimal OSM ni ko‘rsatsa bu virus
to‘plagich o‘simlikda virus miqdorini yuqoriligidan dalolat beradi. 



Download 8,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish