279
Ekologiya omillari (sharoitlari). Ekologiyaning virus kasalliklariga ta’siri ikki
xil bo‘lishi mumkin, ya’ni a) ekologik omillarni (namlik, temperatura, yorug‘lik,
pH, virusni holati) virus kasalliklarini rivojlanishiga va b)tarqalishiga ta’siri
bo‘ladi.
a) ekologik omillarni virus kasalliklarini rivojlanishiga ta’siri o‘simlik virus
bilan kasallangandan so‘ng tashqi ta’sir patologik jarayonga ta’sir qiladi. Bouden
F. ning aytishicha kasallik simptomlarini tavsiflaganda atrof muxit sharoitlarini
ham ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi. Ularni o‘zgarishi bilan kasal o‘simlikni tashqi
ko‘rinishi butunlay o‘zgarib ketishi mumkin. O‘simlikni o‘stirish sharoiti, unga
virusni yuqish moyilligini, simptomlar hosil bo‘lish muddatini o‘zgartirib
yuborishi mumkin. Bunda virus va o‘simlik orasidagi munosabatlar ham
o‘zgaradi, natijada kasallanish simptomi maxalliy yoki tizimli bo‘lishi mumkin.
Ba’zan kasallik simptomlari yuzaga chiqmasligi va latent shaklda bo‘lishi
mumkin.
b) tarqalishiga ta’siri. Tashqi ta’sir kasllikni tarqatuvchi hasharotlarni
aktivligiga noqulay bo‘lishi mumkin. Natijada kasallik keng masshtabda
tarqalaolmaydi. Tashqi ta’sirni noqulayligi tuproqda virusni saqlanish muddatiga
ham ta’sir etadi. Bu holatlarni tushunib etmaslik olingan natijalarni noto‘g‘ri
talqin qilishga olib keladi. Yu.I.Vlasovning tomat o‘simligi kasalliklariga tashqi
ta’sirni o‘rganish borasidagi ko‘p yillik ishlari bu kasallikni virusini (VTM)
issiqxona sharoitida o‘stirishda temperatura va yorug‘likni ta’sirida har xil
simptomlar hosil bo‘lishini ko‘rsatdi
10.3. Virus infeksiyasini yuqishi Patogenni yuqish va tarqalish mexanizmini bilish mexanizm zanjiridagi bir
zanjir halqasini uzish orqali virus kasalliklariga qarshi kurash choralarini ishlab
chiqishda katta rol o‘ynaydi. L.V Gromashevskiyni (1962) aniqlashicha kasallikni
qo‘zg‘atuvchini bir organizmdan ikkinchisiga o‘tishi uch bosqichdan iborat
bo‘ladi: 1) virusni tashqi muxitga chiqishi, 2) tashqi muhitda bo‘lishi va 3) yangi
organizmga kirishi.
Virusni kasallangan organizmdan tashqi muhitga chiqishi har xil yo‘llarda
amalga oshishi mumkin. Tashuvchi hasharotga virusni kelib tushishi hasharotni
kasal o‘simlikdan oziqlanishi orqali amalga oshadi. Tuproq orqali tarqaladigan
viruslarda esa kasal o‘simlik ildizidan ajralgan eksudatlardan, kasal o‘simlik
qoldiqlaridan, virus kasal o‘simlikdan ularga ishlov berilganda paydo bo‘ladigan
jarahotlar orqali ajralishi mumkin. Bunda yuqumli shira bilan qo‘llar va ishlov
berish asbob-uskunalar infeksiyalanadi. M.I.Goldinning maxsus tajribalarida
tuproq orqali yuqadigan viruslarni kasal organizmidan chiqishi ko‘rsatib berilgan.
TMV bilan kasallangan o‘simlik ildizidan ajralgan ma’lum miqdor virus eritmaga
o‘tadi. Tabiatda viruslarni tarqalishiga yana boshqa birqancha faktorlar ta’sir
qiladi.Bulardan virusning patogenligini, ho‘jayin-o‘simlikni virus yuqishiga
moyilligi (vospriimchivost), agrotexnika omillarini ko‘rsatish mumkin.
I.A.Kartashova o‘zining “Selskoxozyaystvennaya fitovirusologiya” kitobida
Vlasovni yuqorida keltirilgan “tabiiy o‘choqlar” haqidagi fikrlarini qisqacha qilib