lipoproteinlar
dir. Glikoproteinlarni borligi virionda uglevod qismini borligini
ko‘rsatadi. Ular oligosaxaridlarni mannoza tipiga kiradi, galaktoza, N-
atsetilglyukozamin yoki neyramin kislota bo‘lishi mumkin. Glikoproteinlar
odatda virus zarrasini tashqarisida bo‘ladi va uchta funksiyani bajaradi: virionni
hujayra retseptorlari bilan bog‘lanishini ta’minlaydi (yopishtiruvchi oqsil
funksiyasi), fuzion aktivlikga ega (membranalarni biri-biri bilan qo‘shilishini
ta’minlaydi), viruslarni antigen hususiyatlarini aniqlaydi. Shu bilan birga, virus
glikoproteini
nostruktura
oqsilari
ham
bo‘lishi mumkin, g‘adir-budir
endoplpazmatik retikulyumni membranasida integral shaklda bo‘lib, ochiq
joylarga virus qismlarini transport qilishini ta’minlaydigan translokaza
funksiyasini bajarishi mumkin.
Virus lipoproteinlari atsilirlangan oqsil bo‘lib, odatda miristin(S
14
)
kislotasi bo‘ladi. Yog‘ kislotalarini qoldig‘i, oqsil bilan birikib lipofil yakor
funksiyasini bajaradi.
Viruslarni oqsil-fermentlari virus tarkibiga kirishi yoki nostruktura oqsillari
bo‘lishi mumkin va hujayrada virus genomini ekspressiyasidan so‘ng paydo
bo‘lishi mumkin Eng to‘la nabor fermentlar bilan ta’minlangan virion bu chechak
virusinikidir. Virusni hujayraga bog‘liq bo‘lmagan holda replikatsiyasini
ta’minlashi mumkin. Ammo mayda oddiy izometrik pozitiv RNK-genomli
viruslar virionida umuman fermentlar bo‘lmasligi mumkin.
Funksional aktiv oqsillar birinchi navbatda replikatsiyani murakkab
mexanizmlarini ta’minlaydigan - nuklein kislota almashinishi fermentlari,
translyasiyadan keyingi va oqsillarni modifikatsiyalovchi, virusni hujayraga
kirishida qatnashuvchi fermentlardir.
Viruslar molekulyar biologiyasida ishlatiladigan ba’zi atamalarni keltirish
keyingi qism materiallarini tushunishni engillashtiradi. SHu sababli ba’zi
atamalarni shu erda keltiramiz.
Birinchi guruh fermentlar, bular juda ham ko‘p
bo‘lib, ularga hujayra fermentlarini analoglari va virus-spetsifik fermentlar kiradi.
DNK-mute DNK-polimeraza – DNK matritsasida DNK sintezini amalga
oshiradi (chechak viruslari).
DNK-mute RNK-polimeraza – DNK matritsasida mRNK sintezini amalga
oshiradi (chechak viruslari).
RNK-mute RNK-polimeraza – RNK matritsasida RNK sintezini amalga
oshiradi. Trankriptaza va replikaza funksiyalarini bajaradi. 1970 yilda Baltimor
tomonidan vezikulyar stomatit virusida aniqlangan. Virion tarkibiga kiradi yoki
RNK-tutuvchi viruslarda NS-oqsili vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |