1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi



Download 8,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/319
Sana09.07.2022
Hajmi8,8 Mb.
#763149
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   319
Bog'liq
2 5206354678991819693

nukleokapsid
deb ataladi. 
Kapsid kapsomerlardan tuzilgandir 
(protomerlardan tashkil topgan oqsil
kompleksi). Ba’zi kapsidlar ikkilamchi 
qobiq – peplosdan tuzilgan (peplos o‘zbekcha –yopinchiq, rus tilida – plashch 
bilan o‘ralgan degan ma’noni anglatadi. Ba’zi viruslarda peplos faqat virus 
oqsilidan, boshqa viruslar peplosida esa har xil moddalar (lipidlar, 
glikoproteidlar, fermentlar va h.k.) uchraydi. Har xil viruslarni o‘lchamlari har xil 
bo‘lib, 20 nm dan (pikornaviruslar) to 500 nm (mimiviruslar) gacha va undan 
ham katta bo‘lishi mumkin. Virionlar ko‘pincha to‘g‘ri geometrik shaklga ega
bo‘ladilar (ikosaedr, silindr, ipsimon, to‘g‘nag‘ichsimon va boshqa shakllarda 
bo‘lishi mumkin). Kapsidning bunday tuzilishi uni tashkil qiluvchi oqsillari 
orasidagi bog‘larni bir xilligini ko‘zda tutadi, yani standart bir xil oqsillarni bir 
yoki birnecha turlaridan tuzilgan bo‘lishi mumkin. Ikosaedr
tipida tuzilgan
virionlar strukturalariga misollar: masalan, lipid qobig‘i yo‘q virus – pikornavirus 
bo‘lib uni struktura elementlariga kapsid va nuklein kislota kiradi; qobiqli virus – 
gerpesvirus bo‘lib, u quyidagi virus struktura elementlaridan tuzilgan: kapsid, 


 
 
112 
nuklein kislota, kapsomer, nukleokapsid, virion, lipid qobiq, qobiqning 
membrana oqsillari.
Spiral simmetriya 
asosida tuzilgan minimal viruslar vakili bo‘lgan tamaki 
mozaikasi virusi ham nuklein kislota va oqsildan tashkil topgan. Aralash 
simmetriya asosida tuzilgan bateriofag T-2 ning bosh va dum qismi bo‘lib, uning 
tashqi tomonida: ikosaedr simmetriya asosida tuzilgan bosh qismi, bo‘yin qismi, 
dum qismi, bazal plastinkasi, fibrillari va ichki tomonida: bosh qismida nuklein 
kislota, dum qismida o‘zak va uning ustidagi spiral simmetriya asosida tuzilgan 
oqsil qavat; fibrillarida esa virus ho‘jayin bakteriyaga kirishida asosiy rol 
o‘ynaydigan retseptorlar mavjud. Bakteriya viruslarining bosh qismida yana 
plazmida DNK si bo‘lishi mumkin. Virionlar NaOH ni past konsentratsiyasida 
parchalanib ketadi va uni tarkibiy qismi oqib chiqadi, ustki membranasi soya 
shaklida qoladi. Virionlar osmos ta’sirini sezadi, ya’ni gipotonik eritmada 
o‘lchamlari kattalashadi, gipertonik eritmada esa – kichrayadi. Virionlar o‘ta 
turg‘un bo‘lib, suvsizlikga, o‘ta past temperaturaga chidamli bo‘ladilar. 
1930-35 yillarda Stenli birinchi marta tamaki mozaikasi virusini (VTM ni) 
toza kristall holda ajratib oldi. Shu vaqtdan boshlab genetiklar, bioximiklar, 
biofiziklar, kristallograflar tomonidan virus zarralarining ximiyasi va fizikasi, 
arxitekturasi kabi xususiyatlarini o‘rganish boshlandi. Natijada virion tarkibidagi
nuklein kislotada hujayra ichidagi kechadigan ifeksion jarayonning axborotlari 
“yozilib”- shifrlanib qo‘yilganligi aniqlandi. Bu davrga kelib boshqa viruslarni 
ham o‘rganish va ulardagi molekulyar tuzilish va ular bilan ilgari 
o‘rganilganlarini taqqoslash ishlarini olib borish masalasi qo‘yildi va ularni 
amalga oshirish o‘z navbatida viruslarni toza holda ajratib olish, fizik - kimyoviy 
xususiyatlarini, virus zarrasining elementar tarkiblarini o‘rganishga e’tibor
kuchaydi. 
Olingan natijalar fitoviruslar ham, hayvon va odam viruslari ham, 
bakteriofaglar ham, prokariot va eukariotlar hujayralari tarkibiga o‘xshash 
uglerod, vodorod, azot, fosfor, kislorod, oltingugurt va mineral elementlaridan
tashkil topganligi aniqlandi. Virus zarralari va ular parazitlik qiladigan 
hujayralar kabi bir xil organik materiallardan tuzilganliklari isbotlandi.
Viruslarning kimyoviy tuzilishining analiz qilish, ularning oqsil, nuklein 
kislota, lipoid, uglevod va h.larini kimyoviy tarkiblarini aniqlashda olingan 
natijalar viruslar tabiatini o‘rganishda qimmatli ma’lumotlar berdi. Bir qarashda 
viruslar bir-biriga yaqin va o‘xshash bo‘lib ko‘ringani bilan aslida esa ularni
xilma-hilligi va ular orasida katta tafovut borligi va ular geterogen guruhlardan 
tashkil topganligi isbotlandi. Hujayradagidek nuklein kislotani ikki xili o‘rniga 
viruslarda bir hildagi nuklein kislotani – DNK yoki RNK ni uchratish, eukariot 
va prokariotlar evolyusiya natijasida irsiy axborot faqat DNK molekulalarida 
joylashgan bo‘lsa, RNK esa bu irsiy axborotlarni faqat oqsil sintez qiladigan 
apparatlarga olib kelish funksiyalarini bajaradigan bo‘lsa, viruslarda bu 
funksiyani ikki zanjirli DNK yoki bir zanjirli RNK ham bajarishi mumkin ekan.
Demak, virus bilan kasallangan hujayrada virus DNK-asi matritsasida virusga xos 



Download 8,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish