8
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim
tizimlarida kimyo fanini o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni,
2019-yil 8-maydagi PQ-4312-sonli “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori, 2019-
yil 6-sentabrdagi PF-5812-sonli “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-sonli
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonlari, 2025-yilgacha O‘zbekiston sanoatining rivojlanishi
konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvarda
Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-sonli “Kimyo va
biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2020-yil 23-sentabrda
(O‘RQ-637-son) tasdiqlandi. Uning maqsadi fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish,
professional ta’lim olishning huquqiy asoslarini va ta’lim sohasidagi davlat siyosatining
asosiy prinsiplarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan
iborat konstitutsiyaviy
huquqini ta’minlashdan iborat.
2. Konsepsiya maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida
kimyo ta’limini rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi, jumladan:
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni
belgilash tajribasidan
milliy xususiyatlarni va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan
holda takomillashtirish;
kimyo ta’limi me’yoriy hujjatlarini ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan
xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash;
kimyo ta’limi bo‘yicha umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim tizimlari bitiruvchi-
lariga qo‘yiladigan malaka talablarini uzviyligini ta’minlash hamda amaliyotga tatbiq
etish;
kimyo ta’limining
mazmuni va mohiyatini, shuningdek, o‘qitishning yangi aspektdagi
metodikasini ishlab chiqish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini
bosqichma-bosqich
tatbiq etish;
maktabgacha, umumiy o‘rta, professional, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimlarida
kimyo ta’limining o‘zaro integratsiyasini ta’minlash va bitiruvchilarni kasb-hunarga
o‘rgatish orqali hayotga tayyorlash ishlarini tashkil etish;
kimyo ta’limining mazmuni, mustaqil hayotda qo‘llash imkoniyati bo‘lgan kimyoviy
savodxonlik, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini
shakllantirish;
kimyo ta’limini tashkil etishning zamonaviy shakl, metod va vositalari asosida dual
tizimli o‘quv modullarini ishlab chiqish;
ta’lim
jarayoniga milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bitiruvchilarni
tarbiyalashning samarali metodikasini keng joriy etish;
kimyo ta’limi jarayoniga axborot texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligi va natijaviyligini ta’minlashda
innovatsion
pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish;
kimyo ta’limining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va samaradorligini
oshirish;
9
globallashuvning kuchayib borishi jarayonlarida erkin fikrlash va fikrlar har xil
bo‘lgan sharoitda to‘g‘ri qaror qabul qilish, yurt ravnaqi va vatanparvarlik tuyg‘usidan
kelib chiqqan holda o‘quvchi shaxsi, uning
intilishlari, qobiliyati va qiziqishlarini
rivojlantirish;
kimyo ta’limi me’yoriy hujjatlarida nazarda tutilgan kompetensiyalarga asoslangan
baholash mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: