1-mavzu: Kirish. Qoraqalpog`iston tarixı fanining maqsadi, vazifalari, uni urganish predmeti va manbalari



Download 141,13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.07.2022
Hajmi141,13 Kb.
#762144
Bog'liq
1 mavzu maruza



1-mavzu: Kirish. Qoraqalpog`iston tarixı fanining maqsadi, vazifalari, uni 
urganish predmeti va manbalari. 
1. Qoraqalpog`iston tarixi fani va o’ni o’rganishning ahamiyati 
2. Qoraqalpog`iston tarixi fanining dolzarb muammolari 
3. Qoraqalpog`iston tarixin o’rganish manbalari 
Tarix fani turli xalqlar qanday yashaganligini, ularning hayotida qanday 
voqealar bo’lganligi, odamlar hayoti va nima uchun o’zgarib hozirgiday bo’lib 
qolganligini o’rgansa, Qoraqalpog`iston tarixi esa shu ona zaminimizda o’tmishda 
yashagan xalqlarning hayoti va ularning rivojlanish jarayonida sodir bo’lgan 
o’zgarishlar, voqealarni to’laligicha o’rganadigan fandir. Yurtboshimizning bu 
haqidagi fikrlari katta ahamiyatga egadir. «Hozir, O’zbekiston deb ataluvchi 
hudud, ya`ni bizning Vatanimiz, nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi 
beshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk 
tuproqdan allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar 
yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari ana shu zaminda 
yaratilgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshoatlari shu 
kungacha fayzini, mahobatini yo’qotmagan, osori atiqalarimiz qadim-qadimdan 
yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, 
me`morchilik va 
shaharsozlik san`ati yuksak bo’lganligidan dalolat beradi». 1997 yili 
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo’qarg’i Kengesi sessiyasida Prezident shunday 
degan edi: «Qoraqalpoq xalqi jahonga o’zining milliy madaniyati, o’zgacha 
san`ati, klassik adabiyoti, ruxiy baholiliklari, dasturi va urf-odatlari bilan 
ma`lumdur». 
Bizning ongimizdan tashqarida va bizning ongimizga bog`liq bo’lmagan 
holda mavjud bo’lgan borliq voqealik Qoraqalpog`iston tarixi fanining o’rganish 
ob`ektidir. Qoraqalpog`iston tarixi faqat turli bilimlar tarzidagi fan emas, balki bir 
necha asrlar davomida to’planib kelgan o’zaro ichki qonuniyatlar bilan chambarlas 
bog`langan bilimlar tizimi sifatidagi fandir. Shu ma`noda u o’zining o’rganish 
ob`ekti va predmetiga ega bo’lgan mustaqil fandir. 
Qoraqalpog`iston tarixi fanining dolzarb muammolari yechimini kutayotgan 
va aniqliq kiritilish lozim bo’lgan masalalar talaygina. Hususan Vatanimiz 
hududida eng qadimgi davrlardan boshlab yashayotgan aholi va ularning 
joylashuvi bu aholining qo’shni qabilalar va elatlar bilan turli munosabatlari 
qadimgi aholining hozirgi qoraqalpoq xalqi paydo bo’lishiga ta`siri, qoraqalpoq 
xalqi tarixining paydo bo’lishining xronologik doirasi shular jumlasidandir. 
Undan tashqari, dastlabki qoraqalpoq davlatchiliging paydo bo’lishi va 
rivojlanishi ham muhim masaladir. Ayniqsa, mahalliy qadimgi aholining 
o’troqlashuvi va bu jarayon natijasida dastlabki aholi manzilgohlarining paydo 
bo’lishi dastlabki manzilgohlar rivojlanib ilk shaharlarga aylanishi, dastlabki 
shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma`muriy markazlar sifatida 
rivojlanishi va nihoyat ushbu jarayonlarga asos bo’lgan omillar muhimdir.


Qoraqalpog`iston Respublikasi hududlaridagi dastlabki Kerder davlat 
uyushmasining o’zaro va qo’shni davlatlar bilan turli aloqalari, ularning tarixiy-
geografik hududi va chegaralari ham ancha munozarali mavzu hisoblanadi. Hozirgi 
kunda o’lkamiz hududlari va bu erdan chetda bitilgan o’rta asrlarga oid yozma 
manbalarni o’rganish bo’yicha turli ishlar amalga oshirilgan bo’lishiga qaramay bu 
yo’nalishda ham qilinadigan ishlar nihoyatda ko’p. 
Vatan tarixini o’rganishda manbalarning ahamiyati beqies bo’lib, bular 
moddiy va yozma manbalardir. Tariximizning eng qadimgi, ya`ni yozuvsiz 
zamonlarga oid davrini o’rganishda arxeologik, antropologik va etnografik 
manbalar yordamga keldi. Bu manbalar topilmalardan iborat bo’lib, o’larga 
qadimgi manzilgohlar va shaharlar xarobalari, mozor-qo’rg`onlar qoldiqlari, 
turmush va xo’jalikda ishlatiladigan buyumlar, jangovor va mehnat qurollari, turli-
tuman ashyolar kiradi. Yozma manbalar esa, eng qadimgi bitiklar, yozuvlar va 
kitoblardan iboratdir. Moddiy va yozma manbalar ma`lumotlarni solishtirib, 
qiyoslab tarixni talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Vatan tarixini eritishda nazariy-metodologik asoslarni bilish katta ahamiyatga 
ega. Ilmiy, tarixiy metodlar tarixni yoritishning asosiy kaliti hisoblanadi. 
Birinchidan, Qoraqalpog`iston tarixining yaxlit kontseptsiyasini yaratish, buni 
amalga oshirish uchun bir butun tarixiy jarayonni nisbatan mustaqil bo’lgan 
bo’laklarga, ya`ni davrlarga bo’lish va ularni chuqur tahlil qilish lozim. Eng asosiy 
vazifalardan biri yangi yozilgan tarixni o’rganishni tashkil qilishdir. Haqiqatdan 
ham mustaqillik yillarida to’plangan qancha tarixiy hujjatlarni ilmiy asosda 
umumlashtirish vaqti keldi. Bu borada bir qancha ilmiy harakatlar ham bor. Ammo 
o’larni yanada jadalroq, qat`iyroq amalga oshirish davr talabidir.
Ilmiylik bilan bir qatorda holislik turadi. Bunda har bir tarixiy voqea 
hodisalarni tahlil qilayotganda, xolis, haqqoniy ravishda o’rganish yoki 
tarixshunoslikning hoxish-irodasidan tashqarida, voqea hodisalar qanday sodir 
bo’lgan bo’lsa, shundayligicha yoritish ko’zda tutiladi. Har bir tarix yozuvchi 
sifatida o’zining mulohazalari va boshqa his-tuyg`ulari bilan atrofni o’rab turgan 
muhit bilan uzviy ravishda bog`liq. Bu bog`liqlik unga o’z ta`sirini o’tkazadi. 
Xolislik talab etadigan qoidalar shundan iboratki, ushbu yo’nalishda tarixiy-
madaniy taraqqiyotni (tarixning turli davrlarida) o’rganish jarayonida bo’lib o’tgan 
yoki ushbu taraqqiyot bilan bog`liq bo’lgan voqea-hodisalarni hech bir 
o’zgarishlarsiz qanday bo’lib o’tgan bo’lsa o’sha holatda tahlil va talqin etish, 
tekshirish va xulosalar chiqarib yaxlit holga keltirish o’ta muhimdir. Bu holatda 
aniq manbaviy asoslarga tayanish, tarixiy jaraenlarni o’zaro chambarlas 
bog`liqligini assoslash lozim bo’ladi. Bu jarayonda hududlar o’rtasidagi rivojlanish 
jarayonini o’zaro taqqoslash, qiyoslash faqat ijobiy natijalar berishi tabiiydir. 
Qoraqalpog`iston tarixini o’rganishning metodologik asoslaridan yana biri bu 
voqea va hodisalarni dialektik tarzda o’rganishdir. 
Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqealar 
umumiy va o’zaro bog`lanishda, uzliksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi 
deb ta`lim beradi. 
Bu metod Qoraqalpog`iston tarixini o’rganishda uni to’laligicha, voqea-
hodisalarni bir-biri bilan bog`liklikda, ayrim tarixiy voqealarni o’rganuvchi 


fanlarni ham bir butinlikdi, uning bo’laklarini ajratib olmaslik va voqea-hodisalarni 
doimo o’zgarishda, rivojlanishda o’rganishni taqozo qiladi. Biroq bir davr haqida 
fikr-mulohaza yuritilayotgan bo’lsa, ana shu davrning o’ziga hos xususiyatini 
anglab olib, uni ko’rsatishni talab qiladi. Dialektik metodga asoslanib, tarixiy 
jarayonni umumiylik va alohidalik qoidalardan kelib chiqqan holda tushunish 
lozim. 
Unda tashqari dialektik metod Qoraqalpog`iston tarixini avolla o’rta Osiyo, 
qolaversa, jahon xalqlari tarixi bilan bog`lik holda o’rganishni taqoza etadi. Chunki 
mavjud bo’lgan har bir xalq, millat yoki elat faqat o’ziga xos xususiyatlari bilan 
butun insoniyat taraqqiyotida umumiy bog`lanishdadir. 
Haqiqatan ham, qoraqalpoq xalqining siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy va madaniy 
rivojlanishi jahon tarixiy taraqqiyotining ajralmas qismidur. Chunki eng qadimgi 
davrlardan boshlab yaqin o’tmishga qadar o’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, 
Yettisuv, Eron, Afg`oniston, Shimoliy Hindiston kabi hududlar o’rtasida yagona 
iqtisodiy va madaniy makon mavjud edi. 
Qoraqalpog`iston tarixini o’rganishda tarixiylik metod ham alohida o’rin 
egallaydi. Bu metod tarix jarayonida sodir bo’lgan voqea hodisalarni o’rganishda 
ketma-ketlikni talab qiladi. Bir voqea-hodisa bilan boshqasini sabab-oqibatli 
bog`lanishi ham ko’rsatiladi. Tarixiylik voqea-hodisalarni qay tarzda sodir 
bo’lganligini, jamiyat rivojlanishda ayrim shaxslar va ularni roli to’g`risida to’g`ri , 
haqqoniy fikr yuritishga o’rgatadi. 
Tarixiylik metodologiyasi xalqning o’tmishiga, hozirgi zamon va kelajagiga 
yagona tarixiy jarayon sifatida o’tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon 
kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qarashni talab qiladi. Bo’lib 
o’tgan tarixiy madaniy jarayonlarni, ajdodlarimiz qoldirgan ulkan merosni 
qanchalik chuqur va har tomonlama o’rgansak, anglab yetsak hamda keng targ`ib, 
hozirgi zamonni shunchalik tushunib, kelajakni yorqin tassavur etamiz. 
Ma`naviyatini tiklash, tug`ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam 
sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta tarixiy xotira kerak. 
Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat`iy nazar, jamiyatning 
har bir a`zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan urish, har xil 
aqidalar ta`siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni xushyorlikka 
tayyorlaydi. Komil insonni tarbiyalashda Vatan tarixini xolisona va haqqoniy 
o’rganish naqadar muhim. 
Har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda Qoraqalpog`iston 
tarixining o’rni kattadir. Komil inson tushunchasiga yurtboshimiz yana shunday 
ta`rif beradilar: “Komil inson deganda biz avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay 
oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga iborat bo’ladigan bilimli, ma`rifatli 
kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab 
bo’lmaydi, u har bir narsani aql mantiq tarozisiga solib ko’radi, o’z fikiri, 
xulosasini mantiq asosida ko’rgan kishi yetuk odam bo’ladi”. 

Download 141,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish