Solnomalar (ikkinchi kitob) Kirish



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/69
Sana09.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#761648
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69
Bog'liq
2Chr Part

Yahudo shohi Yohayiqim 

Yohayiqim yigirma besh yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n bir yil hukmronlik 
qildi. 
U Egasi Xudoning oldida qabih ishlar qildi. 

Bobil shohi Navuxadnazar* Yahudoga 
hujum qildi. U Yohayiqimni Bobilga olib ketish niyatida zanjirband qildi*. 

Egamizning 
uyidagi bir qancha idishlarni Bobilga olib ketib, ularni Bobildagi saroyiga* 
qo‘
ydi. 

Yohayiqimning boshqa ishlari, uning qilgan jirkanch qilmishlari, hamma 
kamchiliklari “Isroil va Yahudo shohlari kitobi”da yozilgan. Uning o‘rniga o‘g‘li 
Yohayixin shoh bo‘ldi.
Yahudo shohi Yohayixin 

Yohayixin o‘n sakkiz

yoshida shoh bo‘lib, Quddusda uch oy va o‘n kun hukmronlik 
qildi. U Egamizning oldida qabih ishlar qildi. 
10 
O‘sha yili bahorda shoh Navuxadnazar 
Yohayixinni hibsga olib, Bobilga olib ketdi. U bilan birga Egamizning uyidagi 
qimmatbaho idishlarni ham olib ketdi. Yohayixinning o‘rnig
a amakisi* Zidqiyoni Yahudo 
va Quddus ustidan shoh qilib tayinladi. 
Yahudo shohi Zidqiyo 
11 
Zidqiyo yigirma bir yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘n bir yil hukmronlik qildi. 
12 

Egasi Xudoning oldida qabih ishlar qildi. Egamizning so‘zlarini ayon qilgan Yer
emiyo 
payg‘ambarga bo‘yin egmadi.
Quddus qulaydi 
13 
Shoh Navuxadnazar Zidqiyoga Xudoning nomi bilan sadoqat ontini ichdirgan 
bo‘lsa ham, Zidqiyo Navuxadnazarga qarshi isyon ko‘tardi. U qaysarlik qilib, Isroil 
xalqining Xudosiga 

Egamizga tavba qilishdan bosh tortdi. 
14 
Bosh ruhoniylarning 
hammasi omma qatorida o‘zga xalqlarning jirkanch odatlariga taqlid qilib, Xudoga o‘ta 
bevafo bo‘ldilar. Shu yo‘sin, ular Egamizning O‘zi muqaddas qilgan Quddusdagi uyni 
bulg‘adilar. 
15 
Ota

bobolarining Xudosi 

Egamiz O‘z
xalqi va maskaniga rahm qilib, 
ularning oldiga qayta
–qayta payg‘ambarlarini jo‘natdi. 
16 
Lekin ular Xudoning elchilarini 
haqorat qilib, Xudoning so‘zlaridan nafratlandilar, payg‘ambarlarni masxara qildilar. 
Oxiri Egamiz O‘z xalqidan shu qadar g‘azablandik
i, ular najotsiz qoldilar. 
17 
Egamiz ularga qarshi Bobil* 
shohini tortib keldi. Bobil shohi Ma’badda ularning 
yoshlarini qilichdan o‘tkazdi, na yosh erkakka, na ayolga, na keksaga, na xastaga shafqat 
qildi. Xudo Yahudo xalqining hammasini Bobil shohining q
o‘liga bergan edi. 
18 
Bobil 
shohi Xudoning uyidagi kattayu kichik buyumlarni, jamiki xazinani, shoh va uning 


2 Solnomalar 
48 
a’yonlari xazinalarini, xullas, hamma narsani Bobilga olib ketdi. 
19 
Xudoning uyiga esa o‘t 
qo‘ydi, Quddus devorini buzib tashladi, barcha hashamat
li binolarni yondirdi, 
Quddusdagi hamma qimmatbaho ashyolarni yo‘q qilib tashladi. 
20 
Qilichdan omon 
qolganlarini esa Bobilga surgun qildi. Fors shohligi qaror topgunga qadar Yahudo xalqi 
Bobil shohiga va uning avlodlariga qul bo‘lib qoldi. 
21 
Yurt 
bo‘m–bo‘sh cho‘lga aylandi. 
Yerga dam berilmagan yillarning* 
soni to‘lguncha, yetmish yil davomida tashlandiq 
bo‘lib yotdi. Shunday qilib, Egamizning Yeremiyo payg‘ambar orqali aytgan so‘zlari

amalga oshdi. 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish