Shoh Sulaymonning boyligi
14
Sulaymon jang aravalari va otlarni to‘pladi. Uning 1400
ta jang aravasi va
12.000 ta oti* bor edi. Sulaymon bularning bir qismini jang aravalari saqlanadigan
shaharlarga va bir qismini Quddusga
—
o‘zining yoniga joylashtirdi.
15
Uning
hukmronligi davrida Quddusda oltinu kumush ko‘chadagi toshday ko‘p edi. Sadr
yog‘ochlari ham xuddi Yahudo qir etaklarida o‘sadigan oddiy shikamora–
anjir
daraxtiday* serob edi.
16
Shohning savdogarlari Misrdan* va Quvedan Sulaymon uchun
otlar olib kelishardi. Ular otlarni Quvedan sotib olishardi.
17
Misrdan keltirilgan har bir
jang aravasi uchun 600 kumush tanga*, har bir ot uchun 150 kumush tanga*
to‘lashardi.
So‘ng bularni barcha Xet shohlariga va
Oram shohlariga sotishardi.
2 Solnomalar
3
2
–
BOB
Ma’bad qurilishi uchun tayyorgarlik
1
Sulaymon Egamizga atab Ma’bad va o‘zi uchun shohona saroy bunyod etishga qaror
qildi.
2
Sulaymon 70.000 nafar yuk tashuvchini, qirlarda tosh kesadigan 80.000 nafar
sangtaroshni va bular ustidan nazoratchi qilib 3600 kishini yolladi.
3
Sulaymon Tir* shohi Xiramga shu xabarni yetkazdi:
“Bir vaqtlar siz otam Dovudga saroyini qurish uchun sadr yog‘ochlarini
jo‘natganingiz kabi, menga ham sadr yog‘ochlarini jo‘nating.
4
Men Egam Xudoga
atab bir uy qurmoqchiman. U yerda xushbo‘y tutatqilar tutatiladi, doimiy
ravishda muqaddas nonlar nazr qilinib, xontaxta ustiga teriladi. Ertalab va
kechqurunlari qurbonliklar kuydiriladi, shuningdek, Shabbat kunlarida, yangi oy
shodiyonalarida va Egamiz Xudo belgilagan bayramlarda kuydiriladigan
qurbonliklar keltiriladi. Isroil xalqi bularga doimo, avlodlar osha rioya qiladi.
5
Men qurmoqchi bo‘lgan uy hashamatli bo‘ladi, chunki Xudoyimiz boshqa
xudolardan buyukdir.
6
Lekin kim Unga bir uy qura olar?! U osmonga, hatto falak
toqiga ham sig‘maydi–ku! Men kim bo‘libmanki, Unga uy qura olsam?! Faqat
Unga qurbonliklar keltirish uchun bir joy tayyorlay olaman, xolos.
7
Shunday ekan, menga mohir bir ustani yuboring. U o‘ymakorlikdan tashqari,
oltin
, kumush, bronza va temirga ishlov bera oladigan, safsar, qizil va ko‘k
matolar to‘qiy oladigan bo‘lsin. U Yahudo va Quddusda, otam Dovud saralagan
mohir ustalarim bilan birga ishlaydi.
8
Menga Lubnondan sadr, sarv va sandal yog‘ochlarini jo‘nating. Siznin
g
xizmatkorlaringiz Lubnon daraxtlarini kesishga usta ekanini bilaman. Mening
odamlarim sizning odamlaringiz bilan birga ishlaydilar.
9
Ular men uchun katta
miqdorda yog‘och tayyorlab berishsin. Men qurmoqchi bo‘lgan uy ulkan va
hashamatli bo‘lishi kerak.
10
Men yog‘och kesadigan xizmatkorlaringizga ish haqi
qilib 200.000 tog‘ora
*
yanchilgan bug‘doy, 200.000 tog‘ora arpa, 40.000 ko‘za
*
sharob va 40.000 ko‘za zaytun moyi yuboraman.”
11
Shundan keyin Tir shohi Xiram maktub orqali Sulaymonga shunday javob berdi:
“Egamiz O‘z xalqini sevgani uchun ular ustidan sizni shoh qildi.”
12
Xiram yana shu gaplarni aytdi:
“Yeru ko‘kni yaratgan Isroil xalqining Xudosi —
Egamizga hamdu sanolar
bo‘lsin. U shoh Dovudga dono, aqlli, fahm–farosatli o‘g‘il ato qilibdi. Shu o‘g‘il
Egamizga atab Ma’badni va o‘zi uchun saroyni bunyod qiladi.
13
Sizga Xurom ismli aqlli, mohir bir ustani yuboryapman.
14
Uning onasi
—
Dan qabilasidan, otasi esa
—
Tirlik. Uning o‘zi oltin, kumush, bronza, temir, tosh
va yog‘ochga ishlov beradigan mohir ustadir. U safsar, ko‘k, qizil matolarni va
mayin zig‘ir matosini ham to‘qishni biladi, shuningdek, turli o‘ymakorlik ishlarini
bajara oladi, har qanday naqshni sola oladi. Xurom sizning ustalaringiz va
otangiz bo‘lmish xo‘jayinim Dovud yetishtirgan ust
alar bilan birga ishlaydi.
2 Solnomalar
4
15
Janobi oliylari! O‘zingiz aytgan bug‘doy, arpa, zaytun moyi, sharobni
qullaringizga yuboring.
16
Sizga kerak bo‘ladigan har qanday daraxtni biz
Lubnondan kesib beramiz, yog‘ochlardan sol qilib, dengiz sohili bo‘ylab Yaffaga
*
q
adar keltirib beramiz. Siz o‘sha yerdan yog‘ochlarni Quddusga olib ketaverasiz.”
Do'stlaringiz bilan baham: |