Oso hukmronligining oxirgi davri
11
Osoning butun faoliyati boshidan oxirigacha “Yahudo va Isroil shohlari kitobi”da
yozib qoldirilgan.
12
Hukmronligining o‘ttiz to‘qqizinchi yilida Osoning oyoqlari
og‘riydigan bo‘lib qoldi. Uning ahvoli juda og‘ir bo‘lishiga qaramay, u kasallik paytida
ham Egamizga yuzini burmadi, faqat tabiblardan yordam so‘radi.
13
Nihoyat, Oso qirq bir
yil hukmronlik qili
b, olamdan o‘tdi.
14
Uni attorlar tayyorlagan turli
–
tuman ziravorlar
bilan to‘la tobutga yotqizdilar. U Dovudning qal’asida, o‘zi uchun qoyada o‘ydirgan
qabrga dafn qilindi. Uning sharafiga katta gulxan yoqdilar.
2 Solnomalar
20
17
–
BOB
Yahudo shohi Yohushafat
1
Yohushafat
otasi Oso o‘rniga shoh bo‘ldi, u Isroildan o‘zini himoya qilish uchun
mudofaani kuchaytirdi.
2
U Yahudodagi hamma mustahkam shaharlarga harbiy
qismlarni joylashtirdi. Yahudo yerlarida hamda otasi Oso qo‘lga kiritgan Efrayim
shaharlarida ko‘plab qo‘nolg‘alar o‘rnashtirdi.
3
Yohushafat otasi Osodan*
o‘rnak olib,
uning ilk hukmronligi yillariga taqlid qilgani uchun Egamiz u bilan birga bo‘ldi.
Yohushafat Baalga sig‘inmay,
4
otasining Xudosiga intildi, Isroil shohlari yo‘llaridan
yurmasdan, Xudoning amrlariga itoat etdi.
5
Shuning uchun Egamiz uning hokimiyatini
mustahkam qildi. Butun Yahudo xalqi Yohushafatga o‘lpon to‘lardi, u katta boylik va
shuhrat topdi.
6
Egamizga itoat qilishdan u zavq olar edi. Shu bois, u Yahudodagi
sajdagohlarni*
yo‘qotdi, Asheraga
* atalgan ustunlarni chopib tashladi.
7
Hukmronligining uchinchi yilida xalqqa ta’lim berish uchun o‘z a’yonlari
Banxayilni, Obodiyoni, Zakariyoni, Natanilni va Mixiyoni Yahudo shaharlariga jo‘natdi.
8
Levilardan Shamayo, Nataniyo, Zabadiyo, Osoyil, Shamiromo
‘t, Yo‘natan, Odoniyo,
To‘viyoxu va To‘doniyo hamda ruhoniylar Elishama va Yohuram ularga hamroh
bo‘ldilar.
9
Ular Egamizning Tavrot kitobini olib, Yahudoning hamma shaharlariga
borishdi va xalqqa ta’lim berishdi.
10
Yahudo atroflaridagi xalqlarga Egamiz q
o‘rquv soldi, shuning uchun o‘sha xalqlar
Yohushafatga qarshi urush qilmadilar.
11
Ba’zi Filistlar Yohushafatga katta miqdorda
kumushni o‘lpon qilib olib keldilar. Arablar ham 7700
ta qo‘chqor va 7700
ta taka olib
keldilar.
12
Yohushafat tobora kuchayib bo
raverdi. U Yahudoda qal’alar va ombor
shaharlar qurdirdi.
13
U yerga ko‘p miqdorda oziq–ovqat to‘pladi. Quddusga tajribali
bahodir jangchilarni joylashtirdi.
14
Bu jangchilar xonadonlari bo‘yicha safarbar qilingan
edilar:
Yahudo qabilasining sipohlariga l
ashkarboshi Adnah edi. Uning qo‘li ostida
300.000 nafar bahodir jangchi bo‘lib, ular 1000 nafar jangchidan tashkil topgan
bo‘linmalarga bo‘lingan edilar.
15
Ikkinchi lashkarboshi Yohuxanon edi, uning qo‘li ostida 280.000 nafar
sipohi bor edi.
16
Uchinchi l
ashkarboshi Zixri o‘g‘li Amasiyo edi, uning qo‘li ostida 200.000
nafar sipohi bor edi. Amasiyo o‘z xohishi bilan Egamizga xizmat qilayotgan edi.
17
Benyamin qabilasining sipohlariga lashkarboshi Elyodax edi. U bahodir
jangchi bo‘lib, qo‘li ostida yoy va q
alqon bilan qurollangan 200.000 nafar sipohi
bor edi.
18
Elyodaxning o‘ng qo‘l yordamchisi Yohuzabad edi, uning qo‘li ostida
qurollangan 180.000 nafar sipohi bor edi.
19
Bu jangchilar shohga Quddusda xizmat qilar edilar. Bulardan tashqari, shoh
mustahkam shaharlarga boshqa harbiy qismlarni joylashtirgan edi.
2 Solnomalar
21
Do'stlaringiz bilan baham: |