Solnomalar (ikkinchi kitob) Kirish



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/69
Sana09.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#761648
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
Bog'liq
2Chr Part

8

BOB 
Shoh Sulaymonning erishgan yutuqlari 

Sulaymon Egamizning uyini va o‘z saroyini yigirma yilda bitirgan edi. 

So‘ngra u 
shoh Xiram bergan shaharlarni qaytadan qurib, Isroil xalqini o‘sha sh
aharlarga 
joylashtirdi. 

Sulaymon Xomat
–Zo‘voga

yurish qilib, u joyni qo‘lga kiritdi. 

U sahrodagi Tadmo‘r 
shahrini va Xomatdagi ombor shaharlarni tuzatib mustahkamladi. 

U yana Tepadagi 
Bayt
–Xo‘ronni va Pastki Bayt–Xo‘ronni qaytadan qurdi, bu shaharla
rni devor bilan 
o‘radi, tambalanadigan darvozalar o‘rnatdi. 

Baalat shahrini, o‘zining hamma ombor 
shaharlarini, hamma jang aravalari saqlanadigan shaharlarni, otliqlari* turadigan 
shaharlarini qaytadan tuzatib mustahkamladi. Bundan tashqari, Quddusda, Lubnonda, 
shohlikning hamma burchaklarida nima istasa, barpo qildi. 

Kan’onda qolib ketgan 


2 Solnomalar 
11 
Amor, Pariz, Xiv, Xet va Yobus xalqlari Isroil xalqidan emasdi. 

Isroil xalqi ularning bu 
yurtda qolib ketgan avlodlarini qirib bitirmagan edi. Sulaymon o‘sha qolib 
ketganlarini 
qarol qilib oldi. Ular bugungacha* bor. 

Lekin Sulaymon Isroil xalqidan birortasini 
qarollik uchun qul qilmadi. Aksincha, ularni shohning sipohlari, a’yonlari, jang 
aravalarining qo‘mondonlari va suvorilarining qo‘mondonlari lavozimiga tayinl
adi. 
10 
Sulaymonning ishboshilari 250 kishi bo‘lib, ular odamlar ustidan nazoratchi edilar.
11 
Sulaymon fir’avnning qizini Dovud qal’asidan unga atab barpo qilgan yangi 
saroyga ko‘chirtirdi. U shunday degan edi: “Mening xotinim Dovud qal’asida ortiq 
yashay 
olmaydi, chunki Egamizning Sandig‘i saqlangan har qanday joy muqaddasdir.”
12 
Sulaymon Ma’bad ayvonining qarshisida qurgan qurbongoh ustida Egamizga 
qurbonliklar kuydira boshladi. 
13 
Bu qurbonliklarni u Musoning talablariga rioya qilgan 
holda, Shabbat kunlarida, yangi oy shodiyonalarida va yilda bir martadan 
nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayramida, Hosil bayramida* va Chayla bayramida 
keltirar edi. 
14 
Sulaymon, otasi Dovud joriy qilgan qoidaga ko‘ra, ruhoniylar va 
levilarning xizmatlarini taqsimlab berdi. Levilar Egamizni madh qilishda va kundalik 
ishlarda ruhoniylarga yordam berardilar. Sulaymon Ma’bad darvozabonlarini ham 
guruhlarga bo‘lib, har bir darvozada ularning har kuni qiladigan ishlarini taqsimlab 
berdi. U bularning hammasini Xudoning odami Dovudning farmoniga muvofiq qildi. 
15 
Shoh Dovudning ruhoniylarga, levilarga, xazinalarga va boshqa narsalarga oid birorta 
ko‘rsatmasi e’tibordan chetda qolmadi.
16 
Shunday qilib, Sulaymon hamma ishni o‘z nihoyasiga yetkazdi. Egamiz uyining 
poydevori qo‘yilgandan boshlab, to uy tamomila qurilib bo‘lguncha bajarilgan hamma 
ish muvaffaqiyatli bo‘ldi. 
17 
Shundan so‘ng Sulaymon Edom yurtidagi Qizil dengiz

qirg‘og‘ida joylashgan Ezyo‘n–
Geber va Elet shaharlariga ketdi. 
18 
Shoh Xiram o‘z 
kemachilari va tajribali 
dengizchilari boshchiligida kemalarni Sulaymonga jo‘natdi. Ular 
Sulaymonning odamlari bilan birga Ofir yurtiga* suzib borib, u yerdan Sulaymonga 960 
pud* oltin keltirib berdilar. 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish