7. 3. T A D B IR K O R L IK IN F R A T U Z IL M A S I, U N IN G T A R K IB I
VA R O L I
0 ‘zbekistonda tadbirkorlikni tashkil etish, amalga oshirish, rivoj
lantirish, qo‘llab-quvvatlashda tadkbirkorlik infratuzilmasi katta rol
o‘ynaydi. Tadbirkorlik infratuzilmasi - tadbirkorlik faoliyatini tashkil
117
etish, amalga oshirish, rivojlantirishga u yoki bu ko‘rinishda va daraj ada
aloqador bo‘lgan davlat organlari va nodavlat tashkilotlari majmuyidir.
Uning asosiy maqsadi tadbirkorlikka har tomonlama ko‘maklashish va
uni qo‘llab-quwatlash hisoblanadi.
Tadbirkorlik infratuzilmasi turli-tuman davlat va nodavlat m a’muriy,
iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi (7.1- chizma-
ga qarang). Ulardan ayrimlari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyo-
satini amalga oshirish uchun maxsus tashkil etilgan davlat va nodavlat
tuzilmalari bo‘lsa, boshqalari tadbirkorlik sohasiga xizmat ko‘rsatuvchi
korxona, firma, kompaniya, agentlik va boshqa ko‘rinishdagi tashkilot-
lardir. Ularning tashkil etilishi va faoliyat yuritish tartibi, maqsadi va
vazifalari tegishli m e’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab qo'yilgan va
ustavlarida aks ettirilgan.
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga m as’ul bo‘lgan organlar va
tashkilotlarning aynan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida-
gi vakolatlari, majburiyatlari, vazifalari, mas’uliyatlari 0 ‘zbekiston
Respublikasining tegishli qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar
Mahkamasi qarorlarida aniq belgilab berilgan va ularning baja
rilishi - doimiy nazoratda. Shunday organlardan biri 0 ‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997- yil 28- fevraldagi qarori
bilan tashkil etilgan “Kichik va xususiy tadbikorlikni rivojlantirishni
rag‘batlantirishni muvofiqlashtirish Respublika kengashi hisoblanadi.
Uning asosiy vazifalari quyidagilar:
- kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish
davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash;
- davlat boshqaruvi organlari, nodavlat tashkilotlari va bozor in-
fratuzilmasining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
- investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash, shu jumladan,
xorijiy kredit liniyalari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash uchun kredit
resurslaridan foydalanishda ularning kafolatlari va imtiyozlariga rioya
etilishini nazorat qilish;
- investitsiya loyihalarini mablag1 bilan ta’minlash mexanizmini
ishlab chiqish;
- kreditlashning muammoli masalalarini hal qilish va bunda sanso-
larlik, buyruqbo/lik hamda boshqa salbiy holatlami bartaraf etish yuza-
sidan qattiq nazorat o ‘matish;
- mablag‘ bilan ta’minlash uchun qabul qilingan investitsiya loyi-
118
halarini hisobga olish tizimini tashkil etish, ularning amalga oshirilishi-
ni, ajratilgan kredit resurslarining samaradorligini va ulardan maqsadli
foydalanishni muntazam ravishda tahlil qilib borish;
-
shu maqsadlarda monitoring tashkil etish va olib borish va boshqa
lar.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |