Tadbirkorlik


Tadbirkorlik omillari - tadbirkorlik faoliyatida bevosita ishtirok etuvchi



Download 9,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/236
Sana09.07.2022
Hajmi9,01 Mb.
#759596
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   236
Bog'liq
Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari

Tadbirkorlik omillari - tadbirkorlik faoliyatida bevosita ishtirok etuvchi
resurslar va unga bevosita ta’sir qiluvchi kuchlar.
Tadbirkorlik ruhi - jamiyatda va alohida shaxslarda shakllangan tadbirkor­
lar va tadbirkorlikka munosabatlari, tadbirkorlikni m a’naviy qo‘llab-quwat-
lash tizimi.
Tadbirkorlik subyektiv shart-sharoitlari - jamiyat tomonidan yaratiladigan
tadbirkorlik uchun zarur imkoniyatlar.
Tadbirkorlik tashqi muhiti - tadbirkor nazoratida bo'lmagan, y a ’ni tadbir­
korga b og‘liq b o‘lmagan komponentlar majmuyi.
I ll


VII BOB. 0 ‘Z B E K IS T 0N D A TADBIRKORLIKNI
Q O ‘L L A B -Q U W A T L A SH TIZIM I
7 .1 . TADBIRKORLIKNI Q O ‘LLAB-QUVVATLASH
ZARURIYATI VA YO ‘NALISHLARI
Tadbirkorlik jamiyatning tarkibiy qismi bo‘lib, mamlakatning ijti- 
moiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Uning roli esa rivoj- 
lanish darajasiga bog‘liq. Tadbirkorlik qanchalik rivojlangan bo‘lsa, 
uning jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta ’siri shunchalik 
kuchli va roli shunchalik yuqori bo‘ladi. Lekin uning rivojlanishi dav­
lat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga muhtoj. Shuning uchun barcha 
mamlakatlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash u yoki bu ko‘rinishda 
amalga oshiriladi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash zaruriyati bir qa- 
tor holatlardan kelib chiqadi. Tadbirkorlik subyektlarining asosiy qismi 
nisbatan kichik bo‘lib, ularning resurslari va, demak, o‘sish hamda 
kengayish imkoniyatlari cheklangandir. Shuning uchun ular, asosan, 
kichik-kichik partiyali mahsulot ishlab chiqarishga moslashadilar. 
Bunday kichik miqyosda ishlab chiqarishda ommaviy ishlab chiqa­
rishga nisbatan xarajatlar ko‘proq, mahsulot tannarxi esa yuqoriroq 
bo‘ladi. Bu esa mahsulot raqobatbardoshligi va foydaning nisbatan 
pasayishiga olib keladi. Ular oladigan joyda kerakli darajada o‘sish 
va kuchli raqobat strategiyasini amalga oshirish imkonini bermaydi. 
Ular qo‘llab-quwatlanmagan taqdirda, ko‘pchiligi sinib ketishi turgan 
gap. Mamlakatda ayrim resurslar cheklanganligi tufayli tadbirkorlik 
subyektlari ulardan foydalanishda davlat yordamiga muhtoj. Bundan 
tashqari, tadbirkorlik subyektlari texnika va texnologiyani olish hamda 
qo'ilashda. yangilarini joriy etish, mutaxassislar bilan ta’minlanish va 
boshqa masalalarda davlat ko‘magiga tayanadilar. Shunday qilib, tad­
birkorlik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa, u yetarli darajada 
rivojlana olmaydi va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy tizimida o'ziga mu- 
nosib o‘rinni egallay olmaydi.
112


Shuning uchun 0 ‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash 
siyosati, tizimi, mexanizmi shakllantirilgan va ular amalga oshirib 
kelmoqda. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati - bu tadbirkor­
likni qo‘llab-quvvatlashning nazariy asoslari, konsepsiyasi, dasturlari, 
amalga oshirish mexanizmi, yo'llari, yo'nalishlari, vositalari, usullari, 
chora-tadbirlari majmuyidir. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimi
- bu tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati, dasturlari, mexanizmi 
va ularni amalga oshirishni tashkil etishni ta’minlashga m as’ul davlat 
organlari va nodavlat tashkilotlari majmuyi hisoblanadi.
Tadbirkorlikni davlat tomonidan qoTlab-quvvatlash quyidagi asosiy 
yo'nalishlarda amalga oshiriladi.
1. Tadbirkorlikka oid m e’yoriy-huquqiy bazani yaratish va takomil- 
lashtirib borish. 0 ‘zbekistonda tadbirkorlikning m e’yoriy-huquqiy ba- 
zasi, asosan, yaratilgan va takomillashtirib borilmoqda. Tadbirkorlikka 
oid bir qator qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qaror­
lari qabul qilindi va ularning qatori kengayib bormoqda. Faqat ulaming 
haqiqiy ijrosini ta’minlash va nazorat qilish lozim.
2. Tadbirkorlikning rivojlanishini tashkiliy ta’minlash. Bu yo‘nalish 
qo‘llab-quwatlash davlat organlari va nodavlat tashkilotlarini aniqlash 
va tuzish, markaziy va mahalliy organlarning shu sohadagi vakolatlari 
va vazifalarini aniq belgilash, tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab- 
quvvatlash davlat dasturi va mintaqaviy dasturlarini tuzish va amalga 
oshirishni tashkil etish hamda boshqa tashkiliy tadbirlami o ‘z ichiga 
oladi.
3. Tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quwatlash. Bunday qo‘llab- 
quvvatlash sarmoya to ‘plash, investitsiyalami jalb qilish va amalga 
oshirishga ko‘maklashish, imtiyozli kreditlar berishni tashkil etish va 
uni kafolatlash, soliq imtiyozlari berish, bojxona to ‘lovlaridan to ‘liq 
yoki qisman ozod qilish, to'lovlarni kechiktirish, tezlashtirilgan amor- 
tizatsiyani joriy qilish, sug‘urta ishlariga ko‘maklashish va boshqa 
yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Respublikada tadbirkorlikni kredit­
lar yordamida qullab-quvvatlash salmoqli o ‘rinni egallaydi va u tez 
sur’atlar bilan о ‘sib bormoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkor­
likni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar 2001 - 2008- yil- 
larda 7,3 barobarga oshib, 171,5 mlrd so‘mdan 1255,0 mlrd so‘mga 
yetdi (7.1- chizm aga qarang) (m anba: 0 ‘zbekiston R espublikasi 
Prezidenti I. A. Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,
113


0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” 
nomli asarini o‘rganish bo‘yicha o ‘quv qo‘llanma ( - Т.: 0 ‘zbekiston, 
2009) m a’lumotlari asosida tayyorlangan).
7

Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish