Tadbirkorlik


 ‘Z B E K IS T 0 N D A T A D B IR K O R L IK N I Q O ‘LLAB-QUVVAT-



Download 9,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/236
Sana09.07.2022
Hajmi9,01 Mb.
#759596
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   236
Bog'liq
Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari

7. 2. 0 ‘Z B E K IS T 0 N D A T A D B IR K O R L IK N I Q O ‘LLAB-QUVVAT-
LA SH D A ST U R L A R I VA U L A R N I A M A L G A O SH IR ISH
0 ‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash ishlarini yo‘lga 
qo‘yish va amalga oshirish maqsadida bir qator davlat organlari va 
nodavlat tashkilotlari tuzilgan, har birining aniq vazifalari belgilab 
qo‘yilgan hamda maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. 1994- yil respublika 
barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri 
bo‘yicha tadbirkorlikni rivojlantirish mintaqaviy (hududiy) dasturlari 
ishlab chiqildi. Respublika bo‘yicha ishlab chiqilgan “0 ‘zbekiston 
Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni 
qo‘llab-quvvatlash” Davlat dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
1995- yil 28- avgustda tasdiqlangan.
Mazkur Davlat dasturi bozor qayta o‘zgartirishlari jarayonlarini 
jadallashtirish maqsadida chora-tadbirlar majmuyini nazarda tutadi va 
respublikada, ayniqsa, qishloqda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivoj- 
lantirishning asosiy maqsadlari, vazifalari, yo'nalishlarini belgilaydi. 
Dasturning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
- aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, boqi- 
mandalik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, tadbirkorlik, 
xususiy biznes bilan faol shug‘ullanish istsgini rag‘batlantirish;
- qishloq xo‘jaligi qayta qurilayotganligi munosabati bilan ishsiz 
qolayotgan kishilarni ish bilan ta’minlash maqsadida qishloqda yangi 
ish o ‘rinlari tashkil etish;
- qishloqda bozor munosabatlari va infratuzilmasini jadal rivojlanti­
rish, raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish;
- xizmatlar hajmini, ayniqsa, bank, auditorlik, konsalting, vosi-
115


tachilik faoliyati bilan bog‘liq ilm-fanni ko‘p talab qiladigan xizmatlar 
hajmini keskin oshirish;
- xo‘jalik yuritish samaradorligini oshirish, ichki bozomi tovarlar 
bilan to ‘ldirishni va ishlab chiqarishning eksportga m o‘ljallanishini 
ta’minlovchi unchalik katta bo‘lmagan, moslashuvchan ishlab chiqa- 
rishlar, kichik va xususiy korxonalami joriy qilish.
Dastur davlatning har tomonlama qo'llab-quvvatlovchi bozor ja ­
rayonlari asosida 0 ‘zbekiston aholisining tashabbusli, yaratuvchi keng 
tabaqalari tomonidan amalga oshiriladi. Dastur quyidagi to ‘rt qismdan 
iborat.
1. Bozor infratuzilmasini hamda kichik biznes va xususiy tadbirkor­
likni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish.
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab- 
quvvatlash chora-tadbirlari.
3. Dastumi amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash.
4. Dasturning bajarilishini tashkil etish.
Mazkur dasturni amalga oshirish maqsadida respublikada va har bir 
viloyatda har yili aniq chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi va bel- 
gilanadi hamda ularning bajarilishi monitoring qilib boriladi.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g ‘risida”gi 
Qonunda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat organlarin- 
ing vakolatlari quyidagicha taqsimlangan va belgilangan.
1. 
Davlat boshqaruvi organlarining tadbirkorlikni qo‘llab-quvvat- 
lash sohasidagi vakolatlari:
- tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to ‘g ‘risidagi qonun 
hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi 
ustidan monitoringni, mavjud muammolami o‘rganishni hamda tadbir­
korlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan m e’yoriy- 
huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
- tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining 
himoya qilinishini ta’minlash;
- tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot 
resurslaridan erkin foydalanishga ko‘maklashish;
- tadbirkorlik subyektlariga o‘z mahsulotlarini ichki va tashqi bo- 
zorlarda sotishga ko‘maklashish;
- tadbirkorlik subyektlariga tegishli xabarlami yetkazish va tu- 
shintirish ishlarini, konsalting, lizing, sug‘urta va boshqa xil xizmatlar 
tizimini rivojlantirishni tashkil etish;
116


- tadbirkorlik subyektlariga kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyor­
lash va malakasini oshirishga ko‘maklashish;
- tadbirkorlikni qoMlab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni 
amalga oshirish.
2. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlikni qo‘llab- 
quw atlash sohasidagi vakolatlari:
- tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va 
amalga oshirish;
- tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini himoya qilishning 
qo‘shimcha kafolatlari va choralarini belgilash;
- tadbirkorlik subyektlari uchun mahalliy soliqlar va yig‘imlar 
bo‘yicha imtiyozlar belgilash;
- tadbirkorlikni qoMlab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni 
amalga oshirish.
3. 
Tadbirkorlikni 
rivojlantirishning 
davlat 
tomonidan 
rag‘batlantirilishi:
- tadbirkorlik sohasiga investitsiyalami (shu jumladan, chet el in- 
vestitsiyalarini), zamonaviy texnologiyalar va uskunalami jalb qilish 
uchun, shuningdek, bozor infratuzilmasini rivojlantirish uchun sharoit- 
lar yaratish;
- eksport-import operatsiyalari, xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarka- 
larda, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni 
amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini kengaytirish 
chora-tadbirlarini ko‘rish;
- tadbirkorlik subyektlari samarali faoliyat yuritishlari uchun ulami 
zarur huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy- 
texnik va boshqa xil axborotlar bilan ta'minlash:
- zooveterinariya xizmati ko‘rsatilishi uchun zarur sharoitlar yara­
tish;
- soliqlar, yig‘imlar va tariflar b o ‘yicha imtiyozlar belgilash va 
boshqalar.

Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish