Ko`p sathli tizimlar.
Oldingi yondashishni umumlashtirilgani, OT ni sathlar (qatlamlar)
ierarxiyasi sifatida tashkil etishdir. OT funktsiyalari qatlamlarni tashkil etadi, m-n,
fayl tizimi, jarayonlarni va qurilmalarni boshqarish va x.k. Har bir qatlam, faqat
o`zining bevosita qo`shnisi, yuqorisidagi yoki pastdagi qatlamlar bilan aloqa qila
oladi. Amaliy dasturlar yoki OT ning modullari so`rovni, shu qatlamlar bo`yicha
yuqori va pastga uzatish mumkin.
Shu taxlitda qurilgan birinchi tizim, Deykstra va uning talabalari tomonidan
1968 yilda qurilgan bo`lib, THE tizimi deb ataladi.
Tizim 6 ta qatlamdan iborat edi, 0-chi qatlam, protsessor vaqtini taqsimlash
bilan mashg`ul bo`ladi, u jarayonlarni uzilishi bo`yicha yoki vaqt o`tishi bilan
boshqa jarayonlarga o`tkazadi.
1-chi qatlam xotirani boshqargan, u operativ xotira va magnit barobani
sohasini, operativ xotirada joy yetmagan jarayondlar qismlariga (sahifalar)
taqsimlagan, ya’ni 1-chi qatlam virtual xotira funktsiyasini bajargan.
2-chi qatlam operator konsoli va jarayon o`rtasidagi aloqani boshqargan. Bu
qatlam yordamida, har bir qatlam o`zining shaxsiy operator konsoliga ega bo`ladi.
3-chi qatlam yordamida har bir jarayon, aniq qurilmalar bilan ishlash o`rniga
(ularning turli xususiyatlarini hisobga olgan holda) foydalanuvchiga qulay
xarakteristikalarga ega bo`lgan kiritish-chiqarish abstrakt qurilmalarga murojaat
etgan.
4-chi qatlamda, kirish-chiqish qurilmalarini boshqarish, xotira va konsol,
jarayonlar bilan xech qanday aloqasi bo`lmagan foydalanuvchi dasturlari ishlagan.
THE tizimida, ko`p qatlamli sxema ishlab chiqish (tselim razrabotki)
maqsadlariga xizmat qilgan, chunki keyin tizimning hamma qismlari umumiy
ob’ekt moduliga kompanovka qilingan.
Ko`p qatlamlilikning keng umumlashtirilishi MULTICS OT larida amalga
oshirildi. MULTICS tizimida har bir qatlam (xalqa deb ataluvchi) yuqorida
joylashganidan ko`ra imtiyozliroqdir.
Yuqori qatlamdagi protsedura, quyidagi protsedurani chaqirmoqchi bo`lsa, u
mos tizimli chaqiriqni bajarishi lozim, ya’ni chaqiriq bajarilishi oldidan
parametrlari sinchiklab tekshiriladigan TRAP (uzilish) komandasi bajarilshi
lozimdir.
MULTICS da OT, hgpar bir foydalanuvchi jarayonining adres makoni
qismidan iborat bo`lsa ham, apparatura, ma’lumotlar ximoyasini xotira segmentlari
darajasida himoya qiladi. Masalan, ma’lum segmentlarga faqat yozish uchun,
boshqalariga faqat o`qish yoki bajarish uchun ruxsat beradi.
MULTICS da yondoshishning ustunligi shundan iboratki, u foydalanuvchi
tizimi strukturasiga ham kengaytirilishi mumkin. M-n, professor- talabalar
dasturlarini baholash va testlash uchun dastur yozishi mumkin, va bu dasturni
33
n-chi qatlamda ishga tushirishi mumkin, bu vaqtda talaba dasturlari n+1 chi
qatlamda ishlaydi, chunki ular o`z baholarini o`zgartira olmaydi.
Ko`p qatlamli yondashish, UNIX OT ining turli variantlarini amalga
oshirishda ishlatilgan.
Amalda, bunday strukturali yondashish odatda yoxshi ishlaydi, bugungi
kunda u ko`pincha monolit tarzda qabul qilinadi.
Ko`p qatlamli strukturaga ega bo`lgan tizimlarda, bitta qatlamni oib tashlab,
boshqasi bilan almashtirish, qatlamlar orasidagi interfeysning o`ziga xosligi uchun,
murakkabdir. Yangi funktsiyalarni qo`shish va mavjudlarini o`zgartirish OT ni
mukammal bilish ko`p vaqtni talab qiladi. OT lar uzoq yashaydilar va kengayish
va rivojlanish imkoniyatiga ega bo`lishlari kerakligi uchun monolit yondashish
nazardan qoldi va uning o`rniga klient-server modeli va u bilan qat’iy bog`langan
mikroyadro kontseptsiyasi keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |