II-BOB.
YURIDIK
SHAXSLARDAN
OLINADIGAN
FOYDA
SOLIG‟INI UNDIRISH VA SOLIQ IMTIYOZLARI HOLATINING
TAHLILI (OLOT TUMAN DSI MA‟LUMOTLARI MISOLIDA)
2.1. Soliq subyektlarini rag‟batlantirishda soliq imtiyozlarining amal
qilish xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilariga beriladigan afzalliklar
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar deb ataladi, ular yoxud
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaslik, kamroq miqdorda to‘lash
imkonni beradi. Imtiyozlar muayyan faoliyat sohalarning, asosan sanoat va
mahalliy ishlab chiqarish mahsulotining raqobatbardoshligini oshirish, eksportga
yo‘naltirilgan va importning o‘rnini bosadigan mahsulotlar hajmini oshirish va
boshqa maqsadlarda beriladi.Soliq to‘lovchilar uchun imtiyozlar quyidagicha
beriladi:
-Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, hamda yig‘imlar to‘lashdan ozod etish;
-Soliq solinadigan bazani kamaytirish;
-soliq stavkasini pasaytirish;
Foyda solig‘ining imtiyozlar amal qilish muddati quyidagicha.
Doimiy muddatga beriladigan imtiyozlar-cheklanmagan amal qilish
muddatiga belginadi. Bunday imtiyozlarning asosiy qismi Soliq kodeksida kel-
tirilgan.
Muayyan muddatga beriladigan imtiyozlar-vaqtinchalik hisoblanadi. Ular
Soliq kodeksida, ayrim qonun hujjatlarda, Prezident qarorlarida va Vazirlar
Mahkamasining qarorlarida belgilanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga
oshirayotgan, hudud infra tuzilmasini rivojlantirishda ishtirok etuvchi yoki
O‘zbekiston investitsiya dasturi qatnashchisi hisoblangan korxonalarga mahalliy
davlat hokimiyati organlari tomonidan qo‘shimcha tarzda imtiyoz berilishi
mumkin.
21
Foyda solig‘ining imtiyozlar foydalanishiga qarab 2 ga bo‘linadi.
Maqsadli imtiyozlar bo‘shagan mablag‘larni muayyan maqsadlarga,
masalan; ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, kengaytirish, xodimlarni
rag‘batlantirish va boshqalarga yo‘naltirish sharti bilan taqdim etiladi. Shuni yodda
tutish kerakki bunday imtiyozlardan foydalanadigan korxonalarda belgilangan
shartlarga rioya qilinmagan taqdirda to‘lanmagan soliq summalari byudjetga
pensiyani hisobga olgan holda undiriladi. Maqsadimiz imtiyozlarda maqsadli
imtiyozlardan farqli o‘laroq biror-bir shart nazarda tutilmagan yani soliq to‘lovchi
bo‘shagan mablag‘lardan o‘z ixtiyoriga qarab foydalanishi mumkin.
Maqsadsiz imtiyozlar –maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan imtiyozlardan
foydalanishda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni tovarlar, ishlar, xizmatlarni
sotish (xarid) qiymatiga hisoblab yozilmaydi va kiritilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |