1.2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‟ining byudjet
daromadlari tarkibidagi ahamiyati
Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
sharoitida
tadbirkorlik
subyektlari
faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy va samarali shakli – bu
mamlakatning soliq siyosatidir.
Respublikamizda davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai sifatida
bilvosita soliqlardan keng foydalanilayotgan bo‘lsada, borada, soliq siyosatining
amalga oshirilishida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish mexanizmlarini
soddalashtirish
(ixchamlashtirish),
soliqlarning
rag‘batlantiruvchi
rolini
kuchaytirish, soliq imtiyozlari va preferensiyalarni joriy etish orqali ishlab
chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish hamda modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik jihatdan qayta jihozlash, respublika eksport salohiyatini oshirish,
iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb qilishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati beqiyos bo‘lib hisoblanadi.
Birinchidan, foyda solig‘i obyektini imtiyozlar orqali tartibga solish soliq
to‘lovchining o‘ziga bog‘liq qilib qo‘yilganligi, korxonalarni mahsulot ishlab
chiqarish hajmini o‘tgan yildagiga nisbatan oshirishga sifatli mahsulot (tovar)
ishlab chiqarishga undaydi. Qo‘lga kiritilgan va korxona balansidagi foydani
noo‘rin sarflashni qisqartiradi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaytim beradigan xo‘jalik
tarmoqlariga investitsiyani yo‘naltirishga qaratadi, uni tez ishga solishga imkoniyat
tug‘diradi.
Ikkinchidan, foyda solig‘i korxonalarning mablag‘larini uy-joy qurilishiga
sarflashga va ularni eksport hajmini oshirishdan foyda olishga qiziqtiradi. Chunki,
bunday foydaning soliqdan ozod etilishi korxonaning moliyaviy ahvolini
mustahkamlaydigan to‘lov qobiliyatini kuchaytiradi.
Uchinchidan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha
belgilangan imtiyozlarga amal qilish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini
kamaytirishga, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish sohalarida
16
sifat o‘zgarishlarining ijobiy tomonga siljitilishiga erishish mumkin bo‘ladi va
byudjet daromadlarini oshirishga qulay shart-sharoit yaratiladi.
iqtisodiyotda tarkibiy qayta o‘zgarishlarni chuqurlashtirish va diversifi-
katsiyalash,bunda foyda solig‘i stavkasini pasaytirish orqali xo‘jalik yurituvchi
sub‘ektlarning investitsion faoliyatini rag‘batlantirishga imkoniyatlar yaratish va
foyda solig‘i bazasiga qayta qo‘shiluvchi xarajatlar tarkibini ixchamlashtirishga
asosiy e‘tibor qaratilmoqda.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |