Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar va geografiya fakulteti 5420100-biologiya yo’nalishi 4-bosqich talabasi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/74
Sana29.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#75311
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74
Bog'liq
namangan viloyatida tarqalgan yirtqich qushlar biologiyasi va ekologiyasi

 

 


 

 

11 



I  ADABIYOTLAR SHARXI. 

1.1. Mavzuning o’rganilishiga doir ilmiy manbalar tahlili.

  

 Markaziy  Osiyoda,  xususan,  Respublikamizda  ornitofaunani      o’rganish 

Nikolay  Aleksandrovich  Zarudniy  tomonidan  amalga  oshirilgan.  U  1881-1889 

yillarda  yuqori  tuzilishga  ega  hayvonlarning  xilma-xilligini  tadqiq  etgan.    1906-

yildan  qushlarning  20  000  dan  ortiq  kolleksiyalarini  to’plagan  edi.  Yig’ilgan 

materiallar  asosida  “Kaspiy  orti  o’lkasi  ornitafaunasi”  ilmiy  asarini  chop  etgan.    

Turkiston o’lkasida ornitologik tadqiqotlarning ikkinchi davri XIX asrning so’nggi 

va  XX  asrning  dastlabki  yillarida  keng  miqyosda  rivojlana  boshlagan.  Bu 

qushlarga  bag’ishlangan  ilmiy  tadqiqotlarning  amalga  oshirish  jarayoni  bevosita 

T.Z.Zohidov,  O.P.Bogdanov,  A.N.Bogdanov  va  boshqa  ornitolog  olimlarning  

faoliyatlari  bilan bog’langandir. 

Olim  O.P.Bogdanovning  O’zbekiston  hayvonlariga  bag’ishlangan  ilmiy 

risolasida    qushlarning  o’nlab  turlari  haqida  ilmiy  ma’lumotlar  o’z  ifodasini 

topgan.  Xususan,  muallif  yirtqich  qushlardan  qora  kalxat,  ilonxo’r,  bo’ktargilar, 

qirg’iylar,  burgut,  tasqara,  miqqiy,  boyo’g’li  kabilarning  yashash  tarzi  va  ayrim 

fe’l-atvor  xususiyatlariga  doir  qiziqarli  materiallarni  havola  etgan  [Bogdanov, 

1983].  O’zbekistonda  qushlarning  tarqalishi,  oziqlanishi,  biologiya  va  ekologik 

xususiyatlariga  doir  keng  qamrovli  tadqiqotlar  E.Shernazarovning  ornitologik 

izlanishlari bilan bog’liq. 

Olimlar biologiya fanlari doktori professor M.X. Axmedov, dotsent J.Oripov 

va biologiya fanlari nomzodi I.Zokirovlarning “Farg’ona vodiysining muhofazaga 

olingan  havonlari”  nomli  qo’llanmasida  vodiyda  uchrovchi  ayrim  yirtqich 

qushlarning biologiyasiga doir ilmiy ma’lumotlar o’z ifodasini topgan. Shuningdek 

J.Oripov  va  M.Y.Xoliqovlarning  “Markaziy  Farg’onaning  umurtqali  hayvonlari” 

ilmiy qo’llanmasida markaziy Farg’ona territoriyasida uchraydigan qushlar haqida 

eng qimmatli ma’lumotlar berilgan.  

Shuni  ta’kidlash  lozimki,  yirtqich  qushlarning  fe’l  atvorlari-etologiyasi, 

biologiyasi  va  ekologik  xususiyatlari  bo’yicha  butun  dunyo  ornitolog  olimlari 




 

 

12 



tomonidan  yirtqich  qushlar  borasida  ko’plab  ilmiy  tadqiqotlar  olib  borilgan. 

Jumladan, A.A.Nasimovich va G.R.Kasparsonlar [1989] kunduzgi yirtqich qushlar 

haqida,  N.  V.Bashenina  [1968]  yirtqich  qushlarning  geografik  tarqalish  

xususiyatlari  to’g’risida,  V.  M.Galushin  [1982]  mazkur  qushlarning  antropogen 

ta’sirlarga  moslashib  borish  jarayoni  xususida,  O.N.Danilov  [1976)]  yirtqich 

qushlarni  Rossiyaning  ayrim  mintaqalarida  tarqalishi    bo’yicha,  G.  P.Dementev 

[1951] yirtqich qushlar va boyo’g’li haqida, G. A.Demenchuk [1979] esa Issiqko’l 

atroflarida tarqalgan yirtqich qushlar biologiyasiga oid ma’lumotlarni bayon etgan. 

Shuningdek, I. V.Jarkov va V. P.Teploe  [1932], A.P.Kuchinlar  [1969] tomonidan 

yirtqich  qushlarning  oziqlanish  xususiyatlariga  doir,  A.  D.Kolesniko  [1979] 

Ukraina  faunasi  yirtqich  qushlari  haqida,  M.  N.Korelov  [1962]  Qozog’iston 

hududida  tarqalgan  yirtqich  qushlar  turkumi  bo’yicha,  Yu.  V.Labutin  [1964]  va 

boshqalarning  yirtqich  qushlar  ekologiyasiga  doir  ma’lumotlari,  M.  Ya.Lavrova, 

Ye. V.Karaseva [1956] aholi yashash punktlarida yirtqich qushlarning tarqalishi va 

ahamiyatiga  doir,  G.  N.Lixachevning  [1957]  qishloq  va  o’rmonlarda  tarqalgan 

yirtqich qushlar ornitofaunasiga bag’ishlangan manbaalar mavjud. 

Qushlarning  tarqalishi,  biologiyasi,  safar  uchishlari,  fe’l-atvor  xususiyatlari, 

oziqlanishi  va  boshqa  jarayonlariga  doir  bir  qator  olimlarning  tadqiqot  natijalari 

o’rganib  chiqilgan.  [Malchevskiy,  1959,  1982;  Naumov,  1973;  Blagosklonov, 

1974;  Vladishevskiy,  1975;  Vorzeva,  1982;  Gavrilov,  1981;  Zubarovskiy,  1977; 

Ivanovskiy,  Usmanskaya,  1981  Kashkarov,  1940;  Osmolovskaya,  1969;  Panov, 

1978, 1983; Pankin, 1979]. 

Yirtqich qushlar ov, estetik, ilmiy hamda iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lganligi 

tufayli  ularni  o’rganish  bir  muncha  keng  bo’lishiga  qaramay,  hozirgi  kunda  bu 

boradagi tadqiqotlar davom ettirilmoqda. 

Adabiyotlar  tahlilidan  ko’rinib  turibdiki,  qushlarni  o’rganish  borasida  bir 

muncha  keng  ishlar  olib  borilgan.  Havola  etilayotgan  bitiruv-malakaviy  ishida 

berilgan  ma’lumotlar  yuqoridagi  ilmiy  manbaalarga  ilmiy-nazariy  hamda  amaliy 

jihatdan  hissa  bo’lib qo’shilishi mumkin. 



 

 

13 




Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish