2-BOB.
TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI
ISHLARNI TASHKIL ETISH SHAKL VA METODLARI
2.1. Boshlang`ich sinf Tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari ishlarni
tashkil etish mazmuni
Bolani tevarak-atrofdagi tabiat bilan tanishtirish, unda olam tuzilishi
va tabiat hodisalari haqida boshlang’ich tasavvur hosil qilish, ilmiy
dunyoqarash kurtaklarini shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg’otish va
undan oqilona foydalanishni o’rgatish tabiatni o’rganish ta’limi asosida
amalga oshiriladi. Tabiat bo’yicha standart ko’rsatgichlari bolaning tabiat
va undagi hodisalar haqidagi tasavvurga ega bo’lish, ularni farqlay olish,
qisqacha tavsiflab berish, amalda qo’llay olishga o’rgatish bilan
belgilanadi.
Ushbu fan 1-2 sinflarda o’qitiladigan “Atrofimizdagi olam”
kursining davomi hisoblanib, bunda o’quvchilarga tushunarli ravishda tabiat
va jamiyat o’rtasidagi bog’liqlik va ziddiyatlar o’rgatiladi.
O’quvchilar insonlar oldida turgan aniq ekologik muammolarni
biladilar. Bunday muammolarga jonsiz tabiatni va tuproqni ifloslanishdan,
yemirilish va kuchsizlanishdan saqlash; turli tirik mavjudotlar va ularning
vakillarini saqlash; insonlar sog’lig’ini saqlashda tabiatni asrash kiradi.
Tabiatshunoslikni o’qitish bolalarda butun Yer yuzi tabiatini asrab-
avaylash hissini shakllantiradi. O’quvchilar tabiatni asrash yuzasidan olib
borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan alohida ko’nikmaga ega bo’ladilar.
O’quvchilarga o’lkamizning tabiat hodisalari va undagi jismlar haqida
boshlang’ich bilimlar berish; sodda misollar bilan inson va tabiat
o’rtasidagi o’zaro aloqalarni ko’rsatish; tabaitdan foydalanish va uni asrash
bo’yicha inson faoliyati bilan tanishtirish; tabiatni asrash uchun zarur
bo’lgan amaliy ko’nikmalarni hosil qilish va shu asosda tabiatga nisbatan
maqbul dunyoqarashni shakllantirish; o’quvchilarni ekologik, etik, estetik,
mehnat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tabiatshunoslik kursini
o’qitishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Bolalarni o’quv dasturi bo’linmalariga muvofiq yangi bilimlar bilan
qurollantirishgina emas, balki 1-2 sinflarda olgan tabiat haqidagi bilimlarini
chuqurlashtirish tabiatshunoslik kursining vazifasi hisoblanadi.
Tabiatshunoslik fanini o’rgatish jarayonida o’qituvchi quyidagi vazifalarga
e’tibor berishi lozim:
-
jonli va jonsiz tabiat, maktab atrofi va o’z yurtidagi
kishilarning mahnati haqidagi tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish;
-
tabiat va kishilar mehnatidagi mavsumiy o’zgarishlarni
kuzatish;
-
oddiy ilmiy dunyoqarashni shakllantirish maqsadida tabiatdagi
voqelikni bolalar bilan doimiy kuzatib borish;
-
aniq misollar asosida ashyolar va tabiat hodisalari o’rtasidagi o’zaro
aloqani ochib berish, tabiatning odamlar mehnatiga ta’sirini ko’rsatish;
-
tabiatni asrash yuzasidan o’tkazilayotgan tadbirlar bilan
tanishtirish;
-
sanitariya - gigiyena haqidagi bilimlarni shakllantirishda davom
etish.
O’quv jarayonida asosiy o’rinni rollarga bo’lingan o’yinlar, tabiatga
oid bo’lgan badiiy adabiyotlarni o’qish, munozaralar, tabiatni asrash uchun
olib boriladigan amaliy ishlar, o’quvchilar orasidagi tabiatni asrash
haqidagi bilimlarni targ’ib qilish kabilar egallaydi.
Tabiatshunoslik fanini o’rganishda kuzatish, ekskursiya, tajriba, amaliy
ishlar yetakchi o’rin tutadi. Bolalarni kuzatish usullariga o’rgatish, ularning
natijalarini kundalik daftarga belgilash, ular asosida xulosalar chiqarish
davom ettiriladi. Ekskursiyalar o’tkazishga, tabiat ashyolari va voqeligini
tabiiy holatda o’rganishga katta e’tibor beriladi. Bu ko’rgazma asosida
sinfda o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarga ham tegishli. “O’zbekiston
tabiatini asrash” mavzusini o’rganishda o’quvchilar Respublikamiz ekologik
muammolari va tabiatni asrash ishlari bilan tanishadilar.
1986-yildan boshlab maktablarda 4 yillik boshlang’ich ta’limga
o’tish munosabati bilan boshlang’ich sinf uchun atrof olam bilan
tanishtirish bo’yicha dastur hamda “Atrof olam bilan tanishtirish” kursi
bo’yicha o’quv - metodik komplekslar ( darsliklar, metodik qo’llanmalar,
kuzatishlar kundaligi) nashr qilindi. Ushbu dastur va darsliklar
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng uning dastlabki yillariga
qadar amalda bo’ldi.
O’zbekiston respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni hamda
,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ talablari asosida ta’limning maqsadi,
vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari birinchi darajali ehtiyojga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Uzluksiz ta’lim
tizimida davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish
to’g’risida”gi 1998 yil 5 yanvar qarori chiqdi va ushbu qarorga binoan
“Davlat ta’lim standarti to’g’risidagi Nizom” tasdiqlandi. Unda boshlang’ich
ta’lim 4 yillik deb qabul qilindi va 1-2 sinflarda “Atrofimizdagi olam” va
3-4 sinflarda “Tabiatshunoslik” fanlarining o’qitilishi ko’rsatib o’tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |