2
Anker -
qo’zg’almas qurilmaga yoki yerda bekitib, mixlab
tashlanadigan mahkamlash moslamasi.
Arka - ikki tayanch orasidagi egri yopma, har xil materialdan
bo’lishi mumkin.
Armatura - 1) (o’zak) binokorlik qurilmalariga tarkibiy
uyg’unlashgan kuchaytirish unsuri; 2) asosiy jihozlar tarkibiga
kirmaydigan, lekin uning me’yoriy ishlashini ta’minlash uchun zarur
(quvur o’tkazgich, elektrotexnik va b. o’zak) yordamchi moslama va
qismlar.
Bikrlik - qurilmaning shakl o’zgarishiga qarshilik ko’rsatish
qobiliyatini baholovchi tavsifi.