Gruntdagi devor - yer osti va chuqurlashtirilgan inshootlar tik
devorlarini hamda tuproqni o’pirilishdan to’xtatib qoluvchi xandaqlar
bentonit loy (suspen-ziya) qorishmasi himoyasida o’rnatiladigan
sizishga qarshi qoplama tiklash usuli.
Gumbaz - fazoviy qurilma, bino va inshootlarning qavariq egri
sathli qubba shakliga ega tom yopmasi. Silindrsimon, tutash,
qubbasimon gumbazlar mavjud.
Hajmdor blok - qurilayotgan uy-joy, jamoat yoki ishlab chiqarish
binosi-ning hajmining, avvaldan tayyorlanadigan qismi (santexkabina,
xona, xonadon, maishiy xona va b).
Do'stlaringiz bilan baham: |