Metall zarralarini keramika bilan bog’lanishi
Keramikani metallashda bo’ladigan fizika-ximiyaviy protsesslarga metall qoplamalaridan
foydalana boshlangan vaqtdan boshlaboq katta e’tibor berib kelingan. Dastlab steatitni
kukunsimon temir va molibden bilan metallashning shart-sharoitlari ishlab chiqilgan edi.
Bu ishlarning avtori Pulfrix metallni keramika bilan ulash uchun metallashtiruvchi qatlamda
metall oksidlari yetarlicha miqdorda bo’lishi, bunda pechning atmosferasida vodoroddan
tashqari kislorod ham yetarli miqdorda (0,25%) bo’lishini ta’minlagan holda erishish
mumkin deb ko’rsatgan edi[20]. Bunda hosil bo’lgan oksid tez eriydi va sirt bo’ylab oqib,
bog’lanishlarga yordam beradi. Bundan tashqari shishasimon fazaning keramika sirtida
suyulishi hisobiga ham bog’lanish zo’rayadi deb hisoblanadi. Sovish protsessida bu
shishasimon faza to’la kristallanadi va metall zarralari kristall ichida qoladi. Keramikaning
MnO2, ZrO2, BaO, CaO komponentlari bunday rekristallanishga yordam beradi. Metalning
keramika bilan mustahkam yopishishida diffuziya protsesslari va qovishish protsesslari
katta rol o’ynaydi, bunda yopishish mustahkamligi kuydirish temperaturasiga bog’liq
bo’ladi deb faraz qilinadi. Temperatura shunday tanlanadiki, bunda keramikada aralashish
protsesslari juda tez o’tsin, biroq yumshash temperaturasiga borib yetmasin va pufaklar
hosil bo’lmagan holda, metall erimagan xolda qorishsin. Metallning keramika bilan
qo’shilishining fundamental nazariyasini yaratishga birinchi marta 1953 yilda Pinkus urinib
ko’rdi. U yuqori giltuproqli keramikani molibden — marganets bilan metallash xolini
o’rgandi. U Pulfrixning keramikaga metallning qo’shilishi uchun metall qoplamada biror
miqdorda metall oksidi bo’lishi kerak degan birinchi shartiga qo’shilgan xolda, metallni
oksidlash uchun kislorod keramika sirtida bo’lishi kerak deb hisoblagan edi. Ana shu
jihatdan Pinkus kislorodning paydo bo’lish yo’llarini analiz qildi.
1) Termodinamika qonunlariga muvofiq metall bilan keramika komponentlari orasida
ximiyaviy reaktsiya bo’lishi mumkin emas, chunki bunday reaktsiyalar bo’lishi uchun katta
miqdorda erkin energiya sarflanishi kerak. Shuning uchun kislorodni bunday yo’l bilan hosil
qilib bo’lmaydi.
2) Kislorod manbai metallovchi qoplamaga molibden oksidi ko’rinishida kiritilishi mumkin.
Biroq molibden oksidining qo’llanishining shunday kamchiligi borki, uning hosil bo’lish
tezligi keramika bilan o’zaro ta’sirlanish tezligidan kichik bo’ladi.
3) Pulfrix tomonidan tavsiya qilinganidek, pech atmosferasini rostlash mumkin. Bu
metallovchi qoplama sirtida molibden uch oksidi hosil bo’ladi, uni butun qoplama shimib
oladi va keramika sirtiga borib yetadi. Biroq bunda keramika sirtida uning yetarli miqdori
hosil bo’lgunicha qoplama qalinligida uning miqdori ortiqcha bo’lib qoladi, deb fikr
qilinadi.
4) Biltts va Erlix qumtuproqni vodorod atmosferasida 1300°C dan yuqorigacha qizdirishda
kremniy oksidi hosil bo’lishini aniqladilar. Bunda ishtirok etayotgan metallar protsesni
kuchaytiradi. Vodorod muhitida magniy oksidining tiklanishi esa avvaldan ma’lum.
5) R. A. Ornaning termodinamik hisoblariga asoslanib (bu hisoblarda 1600°C temperaturada
vakuum va vodorodda MgO, SiO2, A12O3 larning dissotsiatsiya darajasi aniqlangan)
Pinkus shunday xulosaga keldi: keramika sirtida kerak bo’lgan kislorodning asosiy manbai
dissotsiatsiyalanuvchi qumtuproq bo’lishi kerak. Pinkus keramika tarkibiga kiruvchi
oksidlarning dissotsiatsiyasi hisobiga hosil bo’lgan kislorod keramika sirtining har bir
kvadrat santimetrida 0,3 — 0,6 mg molibden oksidi bo’lishi uchun yetadigan miqdorda
ekanini hisobladi. Hosil bo’lgan molibden oksidi faqat 3% korund bilan reaktsiyaga kirishib,
alyuminiy molibdat A12(MoO4)3 hosil qiladi. Bu hisoblar egri shliflarni petrografiya
usulida o’rganishda tasdiqlandi. Giltuproqning havo va vodorodda molibden ok¬sidi bilan
o’zaro ta’sirini o’rganib, Pinkus shunday xulosaga keldi, yuqori giltuproqli keramikani
metall molibden bilan vodorod muhitida metallashda temperatura keramikaning ba’zi
komponentlari dissotsiatsiyalanishi uchun yetarli darajada yuqori bo’lmagunga qadar metall
bilan keramikaning qo’shilishi ro’y bermaydi. Bunday qo’shilish uchun shishasimon faza
bo’lishi kerak degan Pulfrix shartini Pinkus tasodifiy va kerak emas deb hisoblaydi.
Shunday qilib, Pinkusning fikriga ko’ra, metallovchi qoplamaning keramika bilan
mustahkam yopishishi uchun quyidagi shartlar kerak: a) molibdenning oksidlanishining
darajasi rostlanib turishi; b) metall oksidi bilan keramika orasida o’tuvchi qatlam hosil
bo’lgani holda himiyaviy o’zaro ta’sir bo’lishi; v) o’tuvchi qatlamning struk¬tura va
xossalari metalldan keramikaga qadar uzluksiz o’zgarishi, kontakt zonasida kuchlanishlar
yuzaga kelishiga yo’l qo’ymasligi kerak. Binobarin, Pinkusning fikriga ko’ra, yuqori
giltuproqli keramikani metallashda faqat ximiyaviy o’zaro ta’sirgina o’rinli bo’ladi.
Mo—Mn metallash xolida Mn oksidlanadi va marganets oksidi Al2O3 yoki SiO2 bilan
o’zaro ta’sirlashib, MnAl2O4 marganets alyuminata va molibdenni keramika sirti bilan
bog’lovchi silikat shlaki hosil qiladi. Pinkus o’z nazariyasiga asoslangan xolda yuqori
giltuproqli keramikani molibden oksidi bilan metallashning yangi usulini tavsiya qildi.
Kera¬mika sirti molibden oksidi bilan qoplanadi va tiklovchi atmosferada kuydiriladi,
buning natijasida keramika sirtida metall qoplama hosil bo’ladi. Tiklangunga qadar
molibden oksidi Al2(MoO4)3 birikma hosil qilishi mumkin, bu birikma qisman
parchalanadi va metall molibdengacha qayta tiklanadi. Bu birikma metall va keramika
orasida bog’lovchi bo’lib xizmat qiladi. Bunday usul keyinchalik qator olimlar tomonidan
tavsiya qilingan edi, ular keramika sirtiga yupqa maydalangan suyuqlikda suspenziyalangan
metall karbidi surtish (W, Co va xokazo) va uni vodorod atmosferasida yoki kreking -
ammiak atmosferasida mustahkam-metall karbidi qatlami hosil bo’ladigan darajada yuqori
temperaturada kuydirishni tavsiya qildilar, bu metall karbidi qisman yoki batamom shu
atmosfera¬dagi metallga aylanadi.
Pinkus nazariyasi yuqori giltuproqli keramikani metallashtirish usullari to’g’risida ilmiy
ishlar olib borgan qator olimlar tomonidan davom ettirildi. Avtorlar molibden-mar¬ganets
texnologiyasini bayon qilib, marganetsning oksidlanishiga vodorod atmosferasidagi suv
bug’lari yordam beradi deb qayd qiladilar. Hosil bo’lgan oksid giltuproq va qumtuproq bilan
reaktsiyaga kirib marganets alyuminat yoki silikata hosil qiladi. Avtorlar metallning
keramikaga vakuumbop-zich holda ulanishi faqat kislota va asos oksidlari o’zaro
ta’sirlashgan xoldagina ta’minlanadi deb umumiy xulosaga keladilar.
Keyingi vaqtda o’ziga bir qancha tarafdorlarni jalb qilgan yana bir nazariya bor. Bunda
avtorlar shishasimon fazaning keramikadan metallovchi qatlamdagi bo’shliqlarga ko’chishi
tufayli metallning keramikaga yopishishi ta’minlanadi degan fikrni ilgari suradilar. Bu
nazariyani ular tarkibida 6% shishasimon fazasi bo’lgan AD-94, shishasimon fazasi juda
kichik (atigi 1%) bo’lgan AD-99 keramika va shishasimon fazasi mutlaqo bo’lmagan
sapfirni metallash misolida bayon qiladi¬lar. Giltuproqning molibden va marganets bilan
o’zaro ta’sirini tekshirish shuni ko’rsatdiki, molibden giltuproq bilan reaktsiyaga kirmaydi,
marganets esa giltuproq bilan shpinel hosil qiladi. Payvandlarning mustahkamligini
tekshirish shuni ko’rsatdiki, AD-94 keramika AD-99 ga qaraganda mustahkamroq payvand
hosil qilar ekan, shu bilan birga AD-99 keramika holida metallovchi qoplamaning kuydirish
temperaturasi ortgani sari payvandlar mustahkamligi ortib borar ekan. Holbuki, AD-94
keramikada esa bu narsa kuzatilmaydi. Bundan avtorlar payvandning mustahkamligi
tsement rolini o’ynovchi shishasimon fazaning ko’chishiga bog’liq degan xulosaga
keladilar.
Olimlar metallovchi qoplamada shishasimon fazaning ortiqcha xolda bo’lishi kelgusi
payvandga to’sqinlik qilib salbiy rol o’ynaydi, degan xulosaga keldilar. Ular metallovchi
qoplamaga shishasimon fazaning yopishqoqliginn oshiruvchi yoki uni kristallanishini
ta’minlovchi qo’shimchalar, masalan CaO kiritishni, shishasimon fazasi bo’lmagan
keramikani metallashda esa, metallovchi qoplamaga bunday fazani hosil qiladigan
qo’shimchalar qo’shishni tavsiya qiladilar. Tekshirishlarda keramikadagi shishasimon
fazaning miqdori va tarkibi bilan pasta eritmasining
tarkibi orasida yopishish
mustahkamligiga ta’sir qiladigan chambarchas bog’lanish bor ekanligi aniqlangan. Masalan,
B-17 va UF-46 keramikalarni metallash¬da yopishish mustahkamligi pastaga vismut oksidi
kiritganda, T-80 va T-150 keramikalarni metallashda esa tarkibida titan bo’lgan shisha
kiritganda ancha oshgan. Metall va keramika yopishishining mustahkamligi keramikaning
sirti avvaldan silliqlanganda susayadi. Keramika sirti tirnalganda mustahkamlik yanada
pasayadi va bunday pasayish turli materiallar uchun turlicha bo’ladi. Biroq bu
kuzatishlardan avtorlar yopi¬shish mustahkamligi va sirtning g’adir-budirligi orasida
bevosita bog’lanish yo’q degan xulosaga keladi. Bir qator ishlarda metall va keramikaning
o’tish qatlami kontakt zonalarining tabiati tadqiq qilingan. Metallashda keramika
shishasimon fazasining qarama-qarshi yo’nalishda diffuziyalanishi, shu bilan birga uning
ayrim
komponentlari
boshqalariga qaraganda metallga
osonroq diffuziyalanishi
eksperimentlarda aniqlangan. Faqat bunday o’zaro diffuziyalanish hisobiga emas, balki
kontaktlashuvchi materiallarning ximiyaviy o’zaro ta’siri tufayli xam kontakt zonasi hosil
bo’lishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |