Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/180
Sana08.07.2022
Hajmi2,3 Mb.
#758766
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   180
Bog'liq
7909 1076 TDPU IA 6-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON 
119 
Tongning ko‗plikda ishlatilishi uning kengliklar quchog‗iga singib ketgan 
holatda tasavvur qilinishini ta‘minlagan bu she‘rda shoirning katta iste‘dodi namoyon 
bo‗ladi. Bu misralar hayot haqiqatiga mos keladigan reallik ekani va ijodkorning 
kayfiyatini eng munosib yusinda aks ettira olishi bilan diqqatga molikdir. Zebo 
Mirzoning har bir she‘ri uchun tabiatni tasvirlash asosiy maqsad emas. U har bir 
she‘rida tabiatning biror bir holatini o‗ziga xos tarzda ifoda etgan bo‗lsa-da, mana shu 
tasvirlarga insonning ko‗ngil holatini muhrlashga intiladi.
―She‘riy asarni anglash, undagi muallif ko‗zda tutgan niyatni, maqsad va 
vazifalarni tushunib yetish, she‘r g‗oyasinig mag‗zini chaqish uni o‗qishdan, yanada 
aniqrog‗i ifodali o‗qishdan boshlanadi‖ [5, 83], -degan ta‘kidlar ancha o‗rinli va 
asoslidir. Shu ma‘noda shoira Zebo Mirzo she‘riyati o‗qirmanda ham, kitobxonda 
ham katta taassurot va huzurbaxsh tuyg‗ularni shakllantiradi va uyg‗otadi: 
Yondi, o‗chdi, so‗nggi chiroq ham, 
Derazaga tikilgan xiyol, 
Sirlarini tunlarga aytdi, 
Yomg‗irlarda ivigan Ayol… 
…Yuzlaringga yuzim bosgali 
Ko‗nglim edi – eng chiroyli taxt. 
Sen chiqmading… 
xabar olmading… 
Eshigingdan yig‗lab qaytdi Baxt… 
Zebo Mirzo sheʼrlarining aksariyatida kuchli obraz, porloq fikr koʻpincha 
soʻnggi bandda beriladi. Lirik qahramon oʻz qismatining g‗amboda ekanligidan nolib 
kelar ekan, tuygʻular junbushi borgan sari pog‗onama-pog‗ona yuksalib 
boraveradi. Shoira Zebo Mirzo faqat oʻz shaxsiy hayoti qobigʻida qolishi mumkin 
boʻlmagan darajadagi ijodkordir. Shoira tasvirlagan qalb kechinmalari tashqi olamda 
ro‗y berayotgan voqelikka munosabat sifatida namoyon bo‗lganligini kuzatish 
mumkin.
Darhaqiqat, ko‗ngildagi muzliklarni eritib, yuraklarga bahoriy iliqlik olib 
kirish – chin shoirning vazifasi. Asl shoir o‗zi uchun yozadi, ammo yozganlari 
qalbiga doir bo‗lgani bois o‗zgalarga ta‘sir qiladi, ularni bezovta etadi va o‗zgartiradi 
[6, 380]. Chinakam iste‘dod hayotning har qanday holatidan go‗zallik topishi, 
turmushdagi har qanday jo‗n narsa zamirida hikmatni ko‗ra bilishdir. Shoira shunday 
yozadi: 
Maysalar titrog‗i kirar jonimga, 
Chayqalar ko‗ksimda olov dengizi… 
Gulladim sochimdan tirnog‗imgacha, 
Men qanday daraxtman, 
Men kimman o‗zi? 



Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish