Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/180
Sana08.07.2022
Hajmi2,3 Mb.
#758766
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   180
Bog'liq
7909 1076 TDPU IA 6-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON 
118 
odamlardan mehr-oqibat ko‗rmagach, dala-dashtda yovvoyi hayvonlar bilan 
do‗stlashganidek, Zebo Mirzoning lirik ―men‖i ham tabiat qo‗ynidan panoh topadi. 
Tabiat bilan dardlashgisi, sirlashgisi keladi: 
…Dardsiz nigohlardan, g‗amsiz ohlardan, 
Shu o‗t-o‗lanlarga yaqinman ko‗proq. 
Avliyodek cho‗kka tushib o‗tirgan 
Qoyalar bag‗ridan topaman panoh. 
Shu o‗rinda mumtoz shoirimiz Pahlavon Mahmudning bir ruboiysi yodga 
tushadi. Ruboiyda: 
Ko‗hna qalam tole emas, dog‗ bitar, 
Dard ekaman, bir-bir unib bog‗ bitar
,- deya yozgan edi. Darhaqiqat, asl 
badiiy asar tuyg‗ular tasviridan dunyoga keladi. Har bir ijodkor odamning haqiqiy 
bepayon olami – uning o‗zidir. Bu cheksiz olam haqida mulohaza qilishning cheki-
chegarasi yo‗q. Ammo teran mushohadali, iste‘dod egalarining bu borada 
aytadiganlari juda ko‗p. Bu kabi qalb egalari daryolar bilan so‗zlashadi, qushlar bilan 
tillashadi, daraxtlar bilan dardlashadi. Demak, shoiraning qoyalar, daraxtlar, 
maysalarni diliga yaqin olishi bejiz emas, chunki ularning bag‗ri to‗la dard, lirik 
qahramonga ―dardsiz oh‖lardan ko‗ra yaqin. Shoiraning tabiatga ko‗chgan iztirobi, 
dardlari ham meva tugadi. She‘rning quvvati ham mana shunda. Shoira yozadi: 
Ko‗zim tushsa kuyadi oftob, 
Qo‗lim cho‗zsam, to‗kilar dilim. 
Aytsam, gunoh aytmasam azob, 
Bu qanday dard, 
Bu qanday o‗lim? 
Bu ishq dardi. Uning otashi shunday kuchliki, yaqinlashsa oftobni kuydiradi. 
Uning g‗am shulasi dilni shunday iztirobga soladiki, bunga dosh berolmagan ko‗ngil 
oh uradi. Bu oh o‗tidan butun olam yonadi. Bu o‗tda lirik qahramon ham qaqnus 
misol kuyadi. Mana shu xil kuyib-yonishdan haqiqiy oshiq-mashuqlik yuzaga keladi. 
Bunday fikrlarni muhabbatning mohiyatini qalban his qilgan, hamda butun vujudidan 
o‗tkaza olgan ijodkorgina ayta oladi. Bu kabi ijodkor sifatida Zebo Mirzoni e‘tirof 
etishimiz mumkin. Haqiqiy shoir tilsiz narsalarga zabon baxsh etadi, ko‗z 
ilg‗amaydigan, ko‗rinmaydigan narsalarni ko‗rsata biladi. Zebo Mirzo shunday 
ijodkor bo‗lganligi uchun ham uning she‘rlaridagi kenglik, soddalik, obrazlilik 
insonga xos belgilar bilan yanada mukammallashadi va bu hol she‘rxonga huzur 
beradi, dunyosini boyitadi: 
Tuni bilan yoqqan yomg‗irlar 
Yuvib o‗tdi tonglar yuzini. 
Men izladim o‗zim uchun sir 
Bo‗lgan baxtning yorug‗ yuzini… 



Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish