TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
126
o‗quvchi bu misralardan shoirning g‗o‗za deganda yurtimizni, tongdan shomgacha
paxta dalasida mehnat qiladigan xalqimizni nazarda tutganligini, tuzumlar qanchalik
o‗zgarmasin o‗zbek xalqi o‗z yurtini tashlab ketmasligi, ozodlikka intilishiga,
shuningdek, salkam bir asr hukm surgan paxta yakkahokimligiga ishora
qilayotganligini ilg‗ab oladi. Abdulla Oripovning ―O‗zbekiston‖ she‘rida o‗zbek
xalqining ko‗p asrlik tarixi, yurtni asrab qolish uchun kechgan shonli kurashlar,
moziy o‗choqlarida toblangan milliy o‗zligi, armonlari va istiqboli tarixiylik va
zamonaviylik bo‗yoqlariga uyg‗unlashgan holda Vatan qiyofasida namoyon bo‗ladi.
Osmon ilmi tug‗ilgan ilk bor, Ko‗ragoniy jadvallarida;
Qotil qo‗li qilich soldi mast,
Quyosh bo‗lib uchdi tilla bosh; Do‗stlar, ko‗kda yulduzlar emas, U – Ulug‗bek
ko‗zidagi yosh
…
[4, 4-b.] misralari orqali buyuk O‗zbekistonning jahon ilm-fani
rivojiga salmoqli hissa qo‗shgan farzandlari fojiasi, shoirning yurt o‗tmishi uchun
chekkan armonlari poetik tasvir ostiga olingan.
Quyidagi parchada esa Vatan butun umri dalada o‗tgan dehqon qiyofasida
ko‗rinadi:
Kech kuz edi, men seni ko‗rdim,
Derazamdan boqardi birov.
U sen eding, o, dehqon yurtim,
Turar eding yalangto‗sh, yayov.
– Tashqarida izillar yomg‗ir,
– Kir, bobojon, yayragil biroz.
Deding: – Paxtam qoldi-ku, axir,
Yig‗ishtiray kelmasdan ayoz.
Ketding, umri mahzanim manim,
O‗zbekiston, Vatanim manim.
[4, 6-b]
―Vatanim manim...‖Abdulla Oripovning ―O‗zbekiston‖nomli she‘rining har
bir bandi mana shu ikki so‗z bilan tugallanadi. Zotan, bu ikki so‗zda iste‘dodli shoir
ijodining butun mohiyati aks etadi.[6, 345-b]
Abdulla Oripov ijodida har bir badiiy tafsil, albatta, Vatan degan muqaddas
tushunchaga borib bog‗lanaveradi. Ijodkor tabiatning betakror mo‗jizalaridan
hayratlangan chog‗da ham bir zumga bo‗lsa ham vatanini, ona diyorini yoddan
chiqarmaydi.
Shoir o‗zini Vatanning , go‗zal tabiatning ajralmas bo‗lagi deb biladi. Shu
bois she‘rlarida tabiatdagi narsalarga murojaat qilib, o‗z sirlarini bayon qiladi.
―Tog‗lar‖ she‘rida ham shu holat ko‗zga tashlanadi:
Eh, siz tog‗lar, dilrabo tog‗lar,Yosh qalbimni maftun etgansiz.
Yoshlik, baxtni kuylagin, deya, Ijodimga ilhom tutgansiz.
Abdulla Oripov ―Bahor‖ she‘rida bahorning go‗zal olamini tasvirlab beradi.
Hayratlanarlisi shundaki, she‘rning so‗nggi misralariga ko‗z yugurtirar ekansiz ―Baxt
kabi axir yagona‖, ―Tetapoya go‗dakday shirin‖ deya ta‘riflanayotgan bahor o‗z
o‗rnini vatan madhiga bo‗shatib beradi:
Bahoring muborak bo‗lsin ushbu dam,
Do'stlaringiz bilan baham: |