AUTOBIOGRAPHIC INSTRUCTIONS CREATIVE PERSONALITY
Ubaydullayev N.X. - Teacher of the Samarkand regional branch of the
Center for Training and Advanced Training in the basics of office work in the
state language at the Tashkent State University of Uzbek Language and
Literature named after Alisher Navoi
Annotation.
The history, origin and development of memoirs and
autobiographical works in Uzbek literature go back a long way. This genre has
always brought clarity to problematic situations. Autobiographical works are also
relevant in modern literature and meet all the requirements of the rules of literature.
In ancient times, scholars wrote on manuscripts, stone inscriptions, and pottery to
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
105
pass on information about their lives and works from generation to generation. That's
why a lot of information has come down to us through their work.
Key words:
autobiographical work, realistic work, creative, personal image,
memoir, memory, memoirs, biographical work, textbook, problem-based learning,
contemporary thought.
Adabiyotshunos olim Bahodir Karimov «Abdulla Qodiriy va germenevtik
tafakkur» nomli ilmiy monografiyasida «Badiiy asar va biografik ma‘lumot»
salavhasi ostida yozgan qaydlarida ijodkor tarjimayi holiga quyidagicha ta‘rif beradi:
«Yozuvchi va shoirlarning, umuman, san‘atkorning tarjimayi holini-biografiyasini
asarlaridan, ayni chog‗da asarlarini tarjimayi holidan ayricha tasavvur etish mushkul.
Zotan, dunyo adabiyotshunosligida masalaning shu jihatini bo‗rttirib, uni muayyan
tizim holatiga keltirgan biografik metod ham bor… Biroq voqea-hodisalarning badiiy
talqinida ijodkorning ruhiy kechinmalari, hayotiy tajribalari in‘ikos qiladi-ki, bu
haqiqatni hech kim inkor eta bilmaydi. Yozuvchi biografiyasi esa qaysidir yo‗sinda
uning asarlarida o‗z ifodasini topadi. Va qaysidir darajada san‘at asarining
originalligini tahmin etadi. Yozuvchi hayotidagi o‗zgarishlar, ruhiy kechinmalar,
dunyoqarashidagi silkinishlar fonida badiiy asarni talqin qilish o‗zining ijobiy
samarasini beradi, albatta [1, B.183-184]».
2015-yil umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining 5-sinfi uchun chiqarilgan
―Adabiyot‖ darsligida [2,B.133-141] Abdulla Qodiriyning «Uloqda» hikoyasi
o‗quvchilar hukmiga havola etilardi. 2020-yilda chop etilgan ―Adabiyot‖ darsligida
[3,B.93-109] esa, milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi, bolalikning beg‗ubor
xotiralaridan hikoya qiluvchi ushbu asar olib tashlandi. Bunga nima sabab bo‗ldi,
bizga qorong‗u. To‗g‗ri, ko‗p qavvatli binoda yashovchi o‗quvchi «Uloqda»
hikoyasini tasavvur qilmasligi mumkin, biroq bobolarimizdan bizga meros qilib
qoldirgan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, milliy an‘analarimiz haqidagi asarlarni
ko‗rgazmali qurollar, video lavhalar orqali namoyish etishga intilsak, bolada aniq
tasavvur paydo bo‗ladi. Bu usul darsning sifat va samaradorligini oshirishga xizmat
qiladi. Bizningcha, ushbu hikoya darslik mundarijasidan o‗rin olgani ma‘qul edi.
Nega bu haqda so‗zlayapmiz? Chunki, Abdulla Qodiriyning hayot yo‗lini
o‗rganishda «Uloqda» hikoyasini o‗rni beqiyos. Asar voqeasidagi lavhalar to‗qima
emas, o‗zi o‗nib-o‗sgan jonajon mahallasidagi odamlar haqida bilgan, ko‗rganlarini
qalamga oladi. Yozuvchining bolalik xotiralari qayd etilganligi bilan ahamiyatlidir.
Habibulla Qodiriyning yozishicha, 1936-yilda otasi «Uloqda» hikoyasini qayta
nashrga tayyorlarkan, sarlaha tagiga «Bu hikoya 1915-yilda yozilgan edi. Bolalik
davrimni yodgori bo‗lgani uchun ortiqcha o‗zgartirishlar kiritmadim[4,19-b.]» degan
izoh qoldiradi. Bundan ko‗rinadiki, yozuvchi ko‗rganlarini bo‗rtirmasdan aniq, real
voqelikka tayanib ish ko‗rgan. Asar personajlari ham o‗zi tanigan bilgan insonlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |