Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/180
Sana08.07.2022
Hajmi2,3 Mb.
#758766
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   180
Bog'liq
7909 1076 TDPU IA 6-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON 
107 
Darhaqiqat, adibning barcha asarlarida hayot haqiqati boricha ko‗rsatiladi. 
Buni o‗g‗li Habibulla Qodiriy ham tasdiqlaydi. U o‗zining «Otam haqida» kitobida 
adibning o‗g‗li prototiplarga oid ishonchli taxminlarni ilgari suradi. Adibning 
Usmonboy ismli zamondoshining o‗ziga xos dunyoqarashi, tashqi ko‗rinishlarini 
quyidagicha ta‘riflaydi: «Usmonboyning yurish-turishi, kiyinishi, gap-so‗zi, qiyofasi 
qisman bo‗lsa-da, Yusufbek hoji obrazida aks etganday...», deb yozadi. Yusufbek 
hoji siymosini ayrim qirralarini yana bir shaxsga qiyos qiladi. Bu muallif Abdulla 
Qodiriyning Eshonguzar mahallasidagi tanishi «mulla Alijon ismli domla» deya 
taxmin etadi [8,113-b.]».
Adabiyotshunos Abdug‗afur Rasulov «Badiiylik – bezavol yangilik» nomli
kitobida yozuvchi Abdulla Qodiriyning ijodiga baho berar ekan quyidagilarni aytadi: 
«…Abdulla Qodiriy yangi adabiyotning yetuk san‘atkori. Uning ayni yetilgan pallasi 
Oktabr to‗ntarishi yillariga to‗g‗ri keldi. Menga qolsa, «Uloqda» hikoyasi ulkan 
san‘atkorning tug‗ilgani haqidagi suyunchi-xabar edi. Abdulla Qodiriy har ikkala 
romanida «xalqimiz tarixidagi eng kir davr»ni aks ettiradi. Boshqacha aytganda, 
romanlarda ijtimoiy-siyosiy zimiston tasvirlandi. Tim qora tunning bezagi, quvonchi 
yorug‗ yulduzlardir… 
Abdulla Qodiriy badiiy xarakter yaratish ustasi edi. Yozuvchining bu san‘ati 
tirik odamlar obrazlarini ishonarli ko‗rsata olishida ko‗zga tashlanadi. Hozirgi paytda 
o‗zbek sho‗ro adabiyotining qahramoni masalasi yechilmagan muammo bo‗lib 
turibdi. Qariyb yetmish yildan ziyod vaqt davomida o‗zbek sho‗ro adabiyoti 
qahramon xarakterini yaratishda sun‘iylikka yo‗l qo‗yib keldi [9, 154-155-b.]». 
«Uloqda» hikoyasi buyuk adibning dunyoga kelganidan xushxabardir, deydi 
olim. Asarni sodda, ravon tilda bayon qilinishi o‗quvchini o‗ziga rom qiladi. 
Voqealar rivoji hayotiyligi, obraz va personajlarni ishonchli yaratilganligi bilan ham 
ajralib turadi.
Abdulla Qodiriy qahramonlarining ichki dunyosini yaratishda sun‘iylikdan 
qochdi va tabiiylikni ma‘qul ko‗rdi. Bu bilan kitobxon qalbini zabt etdi. 
Adabiyot darsliklarida Abdulla Qodiriyning hayoti yo‗li haqida gap ketganda, 
dastlab o‗zi yozib qoldirgan avtobiografiyasidan, qolaversa, o‗g‗li Habibullo 
Qodiriyning «Otam haqida» nomli biografik xarakterdagi xotira kitobidan hamda 
badiiy asarlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bir o‗rinda shunday yozadi: «Qodiriy tug‗ilgan yillar yuqorida aytilganidek, 
Qodir bobo oilasida hiyla iqtisodiy tanglik hukm surgan davr bo‗ladi. Qodiriy bobo 
bu vaqtlarda yetmish yoshlardan oshib ancha kuch-quvvatdan qolgan, biror yerdan 
doimiy daromadlari yo‗q, to‗ng‗ich o‗g‗illari Rahimberdi amakim endi o‗n besh 
yoshga kirgan, qo‗llaridan hali biror ish kelmaydi, bog‗ning daromadi esa besh 
jonning (1897-yilda kichik – Qudratulla amakim tug‗iladilar) yillik ro‗zg‗origa 
albatta yetmaydi. Bu davrlar to‗g‗risida dadamning o‗zlari shunday yozadilar:



Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish