Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/180
Sana08.07.2022
Hajmi2,3 Mb.
#758766
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   180
Bog'liq
7909 1076 TDPU IA 6-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON 
113 
―Qon‖ 
umumturkiy so‗z bo‗lib, ―tirik organizmda yurak faoliyati tufayli 
aylanib yurib hamma organ va xujayralarni oziqlantiradigan, modda almashinishni 
ta‘minlaydigan qizil suyuqlik‖ ma‘nosini bildiradi [10, 596]. Bu so‗z yordamida 
―qonini buzmoq‖, ―qonini so‗rmoq‖, ―qoni qaynadi‖, ―qon kechmoq‖, ―qon 
yutmoq‖, ―qon qilmoq‖
kabi iboralar shakllangan. Ana shunday umumturkiy 
iboralardan Alisher Navoiyning ―Layli va Majnun‖ dostonida 
―qon yutmoq‖, ―qon 
qilmoq‖ 
kabi bir nechtasi qo‗llangan. Masalan, ―qon yutmoq‖ iborasi dostonda ―azob 
chekmoq, mashaqqatga duchor bo‗lmoq‖ ma‘nolarida qo‗llangan. Dostonning X bobi 
sarlavhasi tarkibida qo‗llangan
―qon yutmoq‖ iborasi yana bir umumturkiy ibora 

―ko‗ziga issiq ko‗rinmoq‖ 
bilan bir matn tarkibida kelib, asar bosh qahramoni 
Qaysning ichki olamidagi kechinmalarni ifodalash vositasiga aylangan: 
―Qaysning 
adam majlisidin qutulib, vujud mahdig‗a tutulg‗oni va qon yutmoqdin xo‗rish va ishq 
doyasidin parvarish topqoni va ishq zoti choshnisidin el ko‗ziga shirin azaliy 
haroratidin xaloyiq nazarig‗a isig‗ ko‗rungoni‖.
Tilimizda 
―qon qilmoq‖, ―yuragini qon qilmoq‖, ―yurak-bag‗ri qon bo‗ldi‖ 
singari umumturkiy iboralar polisemantik xususiyatga ega. Bu iboralarning bir 
ma‘nosi ―ruhay azoblanmoq‖ bo‗lsa, yana bir ma‘nosi ―diltang bo‗lmoq, ziq 
bo‗lmoq‖dir [9, 321]. ―Layli va Majnun‖ dostonida esa bu umumturkiy ibora 
―jonlantirmoq, hayot bag‗ishlamoq‖ ma‘nolarida qo‗llangan: 
Layli ishqin tanimda jon qil, 
Layli shavqin yuragimda qon qil. 
Shunisi muhimki, E.Umarovning ma‘lumotlariga qaraganda, shoir lirikasida
―qon qilmoq‖ iborasi 
―qon aylamish‖, ―qon bo‗ldung‖, ―qon qilur‖, ―qonlar qilur‖, 
―qon etmoq‖ 
singari bir qancha leksik va grammatik variantlarga ega bo‗lib,
 
―ruhan 
azob bermoq, qiynamoq, tavbasiga tayantirmoq‖ ma‘nolarida qo‗llangan [2, 126]: 
Ul g‗amza qon qilurga, ul ko‗z vafo qilurg‗a, 
Bedodu zulm bois, nozu itob moni‘. 
Tilimizda ―ko‗z‖ somatizmi asosida yuzdan ortiq umumturkiy iboralar 
shakllangan. Bu haqda A.Isayev, keyinchalik A.Mamatov singari frazeolog olimlar 
maxsus kuzatishlar olib borganlar. Jumladan, A.Isayevning kuzatishlariga qaraganda, 
tilimizdagi 
―ko‗zga ko‗rinmoq‖, ―bo‗yniga olmoq‖, ―tilini tiymoq‖, ―ko‗zi och 
(bo‗lmoq)‖, ―bo‗yin sunmoq‖ 
singari frazeologizmlar qadimgi turkiy tilda ham faol 
qo‗llangan. Qadimgi turkiy tildagi 249 ta iboradan hozirgi kunga kelib u yoki bu 
o‗zgarishlar bilan 54 tasi saqlanib qolgan, boshqalari esa asta-sekinlik bilan 
iste‘moldan chiqib ketgan [6]. Bunday holatni biz Alisher Navoiyning ―Layli va 
Majnun‖ dostoni tilida ham kuzatamiz. Masalan, 
―ko‗z oldiga keltirmoq‖, ―xayol 
qilmoq‖ 
ma‘nolarini ifodalash uchun asarda 
―ko‗zga kiyurmoq‖ 
iborasi qo‗llangan. 
Hozirgi kunda esa bu ibora tilimizda arxaiklashgan: 
Tasvir etibon yuzi xayolin, 



Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish