chiroyli, issiq, sovuq, mazali,yaxshi, toza
) ona tilidagi
tarjimasi orqali o‘zlashtiriladi.
Yangi so‘zlar o‘yin jarayonida bolaning kundalik hayotida qiladigan harakatlari,
buyumlar bilan harakatlarni bildiruvchi so‘zlari, o‘qituvchining bolalarga,
bolalarning bir-biriga qilgan iltimos, buyruqlari orqali o‘zlashtiriladi va lug‘atiga
kiritiladi.
Bolalarning topshiriq va buyruqlarni tushunib, ularni bajarish bilan bog‘liq
bo‘lgan, tinglangan ertak va hikoyalar, topishmoqlar, yodlangan she’r, ashula va
21
qo‘shiqlar, tomosha qilingan multfilmlar vositasida tanishgan so‘zlari ularning
passiv lug‘atini tashkil etadi. Bu lug‘atning hajmi faol lug‘atga nisbatan ancha katta
bo‘ladi. Yangi so‘zlarni o‘rganish jarayonida bolalarning nutq tajribasida
uchramagan, ko‘pincha o‘zbekcha turmush tarziga oid bo‘lgan narsa va hodisalar
haqida tushuncha va tasavvurlar shakllanadi (masalan, xontaxta, nimcha, sumalak,
navro‘z kabi). So‘z ustida ishlash jarayonida yana quyidagilarga e’tibor berish zarur:
- har xil ish turlarini tashkil etishda ma’no jihatdan o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan bir guruh so‘zlardan kerakli so‘zni tanlashga
o‘rgatish;
- yangi so‘zlarni eshitib tushunib, faol qo‘llashni muayyan
izchillikda amalga oshirish;
- bolada o‘zbekcha so‘zlarni tushunish, shuningdek, o‘z
fikrini, niyatini bildirish maqsadida ushbu so‘zlarni turli vaziyatda qo‘llash
ehtiyojini uyg‘otish.
Nutqning tovush madaniyati nutq madaniyatining ajralmas bir qismidir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqning tovush madaniyatini atrofdagi
kishilar bilan muloqotda bo‘lishlari natijasida egallaydilar. Nutqning tovush
madaniyati deb, nutqning fonetik va orfoepik jihatdan to‘g‘riligi, so‘zlashgan vaqtda
to‘g‘ri ishlatish, nutqning mazmundorligiga qarab uning ifodaliligi, ovoz kuchi va
nutq suratini tartibga solish tushuniladi. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash
ona tilidagi tovushlarning aniq artikulyatsiyasini, ularni to‘g‘ri talaffuz etishni, so‘z
va jumlalarni to‘g‘ri va aniq talaffuzini, to‘g‘ri nafas olish va chiqarishni,
shuningdek, yetarli balandlikdagi ovozni, odatdagi nutq sur’atini, ifodalilikni,
intonatsiya vositalarini (mantiqiy pauzalar, urg‘u, nutqning ritmi va tempi,
xushohanglik) shakllantirishni o‘zida mujassamlashtiradi. Nutqning tovush
madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni eshitish qobiliyati asosida shakllanadi va
rivojlanadi. Bolalarda to‘g‘ri, jarangdor nutqni rivojlantirish bilan bir qatorda,
tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal etishi kerak:
1. Bolalarda nutqni eshitish qobiliyatini va uning asosiy komponentlarini:
eshituv diqqatini (eshitish orqali u yoki bu tovushni va uning yo‘nalishini
22
aniqlash malakasi), fonematik eshitishni, temp va ritmni idrok etish
qobiliyatini tarbiyalash.
2. Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish.
3. To‘g‘ri nafas olish va chiqarish ustida ishlash, ya’ni qisqa nafas olib, uzun
havo oqimini chiqarish qobiliyatini tarbiyalash. Bu jumlalarni erkin talaffuz
qilish imkonini beradi.
4. Muloqot shartlariga mos ravishda ovoz balandligini
boshqara olish qobiliyatini tarbiyalash.
5. Ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni
shakllantirish.
6. Har bir tovush, so‘z va jumlalarning aniq, ravshan
talaffuzini shakllantirish, ya’ni ravon gapirishni tarbiyalash.
7. O‘zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari (talablari)
asosida so‘zlar talaffuzini rivojlantirish.
8. Nutqning odatdagi (normal) tempini shakllantirish, ya’ni
so‘z va jumlalarni o‘rtacha tempda (nutqni tezlatmay ham,
sekinlashtirmay ham) tinglovchilarga uni aniq idrok qilishlari
uchun imkoniyat yaratgan holda gapirishga o‘rgatish.
9. Nutqning intonatsion ifodaliligini tarbiyalash, ya’ni mantiqiy pauza, urg‘u,
xushohanglik, temp, ritm va tembr yordamida his-tuyg‘ularini va kayfiyatini,
fikrlarini aniq ifodalash qobiliyatini tarbiyalash.
Tarbiyachi nutqning asosiy buzilishlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi
kerak. Masalan, duduqlanish, ming‘irlab (manqalanib) gapirish. Bu tarbiyachilarga
nutq buzilishini ogohlantirish va uning oldini olish, bolani mutaxassis – logopedga
yuborishlari uchun zarurdir. “Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi”da yuqorida
bayon etilgan vazifalar har bir yosh guruhida ularning yoshi va ruhiy holatlarini
hisobga olgan holda bayon etilgan
23
XULOSA
Nafaqat o‘zbek tilshunosligi, balki jahon tilshunosligida lug‘atlar dastlab
maktablar uchun yaratilgan o‘quv qo‘llanmalari hisoblangan, ya’ni ilk lug‘at
namunalari aslida maktab uchun yaratilgan ibtidoiy o‘quv qo‘llanmalari bo‘lgan.
Keyinchalik lug‘atchilik rivoji bilan ularning qamrovi kengaygan.
Bugungi zamonning murakkab manzarasi ta’lim oldida ham qator
muammolarni keltirib chiqardi. Axborot manbalari shu qadar rang-barang va
takomillashganki, ta’lim jarayonida o‘qituvchi eng qulay, eng zamonaviy, eng
24
qiziqarli, eng oson usul bilan ma’lumotni yetkazmasa, ko‘zlangan natijaga erishishi
qiyin.
Globallashuv davri, texnika asrida o‘quvchining diqqatini jalb qilish oson
kechmaydi. Shu bois jahon tilshunosligida leksikografiyaning o‘quv lug‘atchiligi
tarmog‘i eng rivojlangan sohaga aylandi.
Ta’limiy maktab lug‘atlari o‘quvchining yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga mos
tuzilib, e’tiborini o‘ziga jalb qila oladi, u kerakli ma’lumotni tez va qulay topish
vositasi hisoblanadi.
Shuningdek, u o‘quvchining doimo yonida bo‘la oladigan beminnat
yordamchisi, so‘z zahirasini boyitadigan manba, to‘g‘ri yozish, to‘g‘ri talaffuz, so‘z
tanlash mahoratini oshiradigan bebaho xazinadir. Lug‘at beradigan yordamni
o‘quvchi ota-onasi, o‘qituvchisi va boshqa kishisidan ham olishi mumkin, biroq
ularning hech qaysisi bolaning lug‘atchalik boy doimiy hamrohi bo‘la olmaydi.
Ona tili ta’limida o‘quvchining lug‘at boyligi, so‘z zahirasini tekshirish, imlo, badiiy
asarlarda qo‘llangan tarixiy so‘zlar, dialektizmlar va shunga o‘xshash tilimizda
mavjud leksemalardan xabardorlik darajasi, umuman, nafaqat yozma, balki og‘zaki
savodxonligini aniqlash bosh mezonlardan hisoblanadi.
O‘z va o‘zlashma qatlamga mansub shakldosh so‘zlarni ajratish (palata, palla,
oqibat, rasta, banda, sandal, pilla va h.), ular orasidagi ko‘chma ma’nolarga ega
bo‘lgan shakldosh-ko‘p ma’noli so‘zlarni farqlash (kech, palla, band, pand,
oqlamoq, bitmoq), talaffuzdosh so‘zlarni yozuvda va talaffuzda farqlash (nufuz-
nufus, yod-yot, bod-bot), ma’nodosh so‘zlardagi ma’no nozikliklarini aniqlash,
juftliklardagi imlosi buzilgan qismni topish (aksiz-aksis, xat-hat, Damas-Damaz) va
boshqa shu kabi topshiriqlarni bajarish samaradorligi o‘quvchining o‘z ona tilisi
lug‘at boyligini qay darajada o‘zlashtirgani, o‘z ustida mustaqil ishlashi bilan
belgilanadi. Bunda esa unga axborot banklari – lug‘atlar yordamga keladi.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |