O zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti


Yevropada o ‘rta asrlarda kolleksiya yig‘ish



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/75
Sana08.07.2022
Hajmi3,68 Mb.
#757456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
muzejshunoslik

Yevropada o ‘rta asrlarda kolleksiya yig‘ish
1. 0 ‘rta asr xazinalarining saqlash tartiblari.
2. Buyuk Karl davridagi xazinalar.
3. 0 ‘rta asrlardagi xususiy kolleksiyalar.
Yevropada o ‘rta asrlar deganda, juda katta davmi tushunish qabul 
qilingan, uning xronologik chegaralari tarqoqligi va aniqlanmaganli- 
gi uchun an’anaviy ravishda ilmiy bahslar predmeti bo‘lib hisoblanib 
kelinadi. Rim imperiyasining qulagan sanasi - 476-yil o ‘rta asrlar- 
ning quyi chegarasi sifatida shartli ravishda qabul qilingan, zamo- 
naviy tarixnavislikda Yevropada Angliyada burjuaziya inqilobi yuz 
bergan XVII asr uning yuqori chegarasi sifatida qayd etiladi. Xorijiy 
tarixchilar XVI-XVII asrlardagi davmi qoida tariqasida yangi davrga 
mansub deb hisoblashadi.
Shuni nazarda tutish kerakki, tarixni bunday umumiy davrlarga 
bo‘lish faqat Yevropa jamiyati rivojining asosiy tendensiyalarini 
o ‘zida aks ettiradi. Xalqlaming madaniyati va milliy o ‘ziga xosligi 
unga o ‘z o ‘zgartirishlarini kiritadi. Shu sababli, o ‘rta asrlar Yevro­
pa tarixiga xronologik jihatdan ikkita bir-biridan tubdan farq qiluv­
chi madaniy davrlar kiradi. G ‘arbiy Yevropada XV asrdan XVII asr 
boshlarigacha bo‘lgan davmi tadqiqotchilar madaniy taraqqiyotning 
mustaqil davri sifatida ajratadilar va uni “U yg‘onish davri” yoki “Re- 
nessans” deb ataydilar. Sharqiy Yevropada esa o ‘rta asrlar madaniyati 
o ‘zining hukmronlik mavqeini saqlab qolgan edi.
0 ‘rta asr madaniyatining chuqur diniy mazmunga egaligi uning 
bosh xususiyati hisoblanadi. U Yevropadagi barcha mamlakatlar va 
xalqlar uchun umumiy bo‘lgan nasroniylik dunyoqarashi ta’siri ostida 
rivojlandi, unda yagona axloqiy normalar, qadriyatlar va hatti-harakat 
namunalari shakllandi. Axloq ilohiy ahdga asoslangan va hech qan-


day asoslashni talab qilmaydigan aniq-ravshan narsa sifatida qabul 
qilinardi. Ilm-fan teologiya (ilohiyotshunoslik) shaklidagina mavjud 
bo‘lib, “Injil” eng asosli va ishonchli ilmiy va falsafiy dalil hisobla- 
nardi. Tabiatshunoslikda umumiy mulohaza yuritish hukmron edi: u 
davrda kuzatishga va tajribaga amalda e ’tibor qaratilmasdi. 0 ‘rta asr- 
lar san’ati to ‘laligicha diniy-cherkov ehtiyojlariga qaratilgandi, o ‘sha 
davr m e’morchiligini va haykaltaroshligini ko‘pincha bejizga “Tosh- 
dagi Injil” deb atashmagan. R ang-tasvir ham asosan Injil sujetlari va 
mavzularini aks ettirardi, unga savodsizlar uchun o ‘qish kitobi sifa­
tida munosabatda bo‘linardi. 0 ‘rta asrlar teatri diniy protsessiyalar va 
misteriyalami taqdim qilardi, bu davrda avliyolarning hayoti haqidagi 
hikoyatlar badiiy asaming eng ommabop janri edi.
0 ‘rta asrlarda antik davming donishmandlik va go‘zallik ideal- 
lari vayron bo‘ldi, ayni vaqtda cherkov otalari va ilohiyotchilar do- 
imo inson tafakkuri dunyo tuzilishining ilohiy sirini bila olmasligini 
ta ’kidlashardi. Cherkov antik davrga xos tanaga sig‘inishni butunlay 
rad qildi; uning o ‘miga zohidlikka sig‘inishni, asketizmni ilgari surdi, 
u tana haqida emas, balki qalb haqida g ‘am xo‘rlik qilishni talab qildi.
Bu madaniyatda badiiy asarlaming antik to ‘plamlariga va tarixiy 
noyob asarlarga o ‘rin yo‘q edi. G o‘zallikka va mukammallikka saj- 
da qiluvchi hayotsevar va hissiyotli antik san’at rad qilindi. U hatto 
o ‘tgan davr yodgorligi sifatida ham qiziqish uyg‘otmadi, chunki o ‘rta 
asrlar kishisi uchun tarix nasroniylikning kirib kelishidan boshlan- 
gan edi. Qadimiy sig‘inish kitoblarida bayon qilingan voqealargina 
o ‘tmish tarix hisoblanardi. Ashyo, agar u nasroniylik aqidasini tas- 
diqlasagina, nasroniylik tarixidagi shaxslar va voqealar bilan b o g iiq
b o ‘lsagina yodgorlik hisoblangan.
Ilk o ‘rta asrlarning alg‘ov-dalg‘ovli davri antik dunyo badiiy 
to ‘plamlarini to ‘zitib yubordi. Yunonlar va rimliklaming ayrim ijod 
namunalari, haykaltaroshlik asarlari “iblisning uyasi” deb hisoblov- 
chi diniy fanatiklar qo‘lida halok bo‘ldi, ayrim asarlar esa sof amaliy 
mulohazalaming qurboniga aylandi. Bronza haykallami eritib, undan


tanga quyishdi, marmami maydalab, kuydirib ohakka, qurilish mate- 
riallariga aylantirishdi19.
0 ‘rta asr kishisi san’at bilan asosan ibodatxonada duchlashardi. 
Davrga xos b o ig a n savodsizlik shunga yordam berdiki, qavmdosh- 
larning ko‘pchiligi cherkov urf-odatlarining tashqi tomoninigina qa- 
bul qilardi. Shu sababli ibodatxonaning moddiy to ‘kinligi ko‘pincha 
diniy marosimlar buyumlari va interyerning sifatli bajarilganligiga 
bog‘liq bo‘lardi. Insonni o ‘sha paytda yorqin va yaltiroq narsa- 
lar o ‘ziga tortardi. Chunki ular Xudo va ilohiy poklanishning ramzi 
bo‘lmish nur sifatida qabul qilinardi. Shu sababli diniy buyumlami 
oltin, kumush, qimmatbaho toshlar, perlamutra, javohir kabi qim- 
mat va kamyob materiallardan tayyorlashga harakat qilishardi. 
Diniy marosimlarni amalga oshirishda ishlatiladigan turli idishlarni 
qoida tariqasida qimmatbaho metallardan tayyorlab qimmatli tosh­
lar bilan bezatishardi, qo ‘lyozmalar, ayniqsa, Injil qo‘lyozmalari 
uchun oltin va kumushdan g ‘iloflar (qoplam alar) tayyorlashardi. 
Diniy marosim liboslarini, ko‘pincha, islom mamlakatlaridan yoki 
Vizantiyadan keltirilgan parcha, duxoba, shoyi kabi qimmatli gazla- 
malardan tikishardi. Mohir ustalar tomonidan bajarilgan ushbu bar­
cha ishlar amaliy-bezak san’atining oliy namunalari hisoblanib, katta 
moddiy hamda badiiy qiymatga ega edi. Shu sababli ularni saqlash 
uchun kuchaytirilgan xavfsizlik choralari talab qilinardi20.
Cherkovlardagi xazinalar oddiy yopiq shkaflarda saqlanishi 
mumkin edi, ammo ko‘pincha ular maxsus xonada saqlanardi. Meh- 
rob yonidagi alohida xona yoki ibodatxonaga tutash boshqa bino, 
rohibxonalarda esa alohida bino ana shunday joy hisoblanardi. Bu 
binolaming cherkov-slavyancha nomi riznitsa 

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish