Mavzu: Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi. Topshirdi: Raxmonov s tekshirdi: Ramatov j 2022-yil



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
Sana08.07.2022
Hajmi0,79 Mb.
#755983
Bog'liq
falsafa mus 7



Mavzu: 7.
Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi. 
Topshirdi: Raxmonov S 
Tekshirdi: Ramatov J 
2022-yil 


Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi. 
Inson hayotning tezoqarligini yodda tutishi, uning shomini kuzatishi, odamzod 
hayotining bebaholigi haqida o‘ylashi, o‘lim haq ekanligini unutmasligi lozimligi 
haqidagi fikrlarga biz falsafa fani shakllanish jarayonining ilk bosqichidayoq, G‘arb 
falsafiy an’anasida ham, Sharq falsafasida ham duch kelishimiz mumkin. SHundan beri 
o‘tgan ikki yarim ming yildan ko‘proq vaqt mobaynida bu borada deyarli hech qanday 
o‘zgarish yuz bergani yo‘q, zero, avvalgidek, odamzodning hayot yo‘li tug‘ilish 
vao‘lish sanalari bilan chegaralanadi. SHuningdek, birinchi sana doim muayyan, aniq 
bo‘lsa, ikkinchi sana inson umrining oxirgi soniyalarigacha mavhum bo‘lib qoladi. Ayni 
shu sababli hayotning mazmuni muammosi har bir inson qarshisida ertami-kechmi 
ko‘ndalang bo‘ladi va u o‘ziga aniq va uzil-kesil javob topish mumkin bo‘lmagan 
savollarni beradi. «Bu dunyoda nima uchun yashayapman», deb so‘raydi o‘zidan inson 
va agar bu savolga o‘zi javob bermasa, o‘z hayotiga muayyan mazmun baxsh etmasa, 
bu ishni uning o‘rniga hech kim va hech qachon bajarmasligini vaqto‘tishi bilan anglay 
boshlaydi. Abadiyat qarshisida, o‘lim qarshisida har kim, oxir-oqibatda, o‘zi bilan o‘zi 
tanho qoladi. Albatta, jamiyatda inson o‘zini bu darajada yolg‘iz his etmaydi, biroq, 
ekzistensialistlar fikriga ko‘ra, bu hol toki inson boshqalarning ham o‘z hayoti borligi 
va ular ham o‘z hayotining mazmuni va o‘zining vazifasi haqidagi o‘ta shaxsiy 
muammolarni mustaqil echish zaruriyati qarshisida turganini anglab etgunga qadar 
davom etadi. Bundan ekzistensializm falsafasida yolg‘izlik muammosi kelib chiqadi. 
Aslida, mazkur muammo falsafiy antropologiyada ham inson borlig‘i tahlilidagi bosh 
muammolardan biri hisoblanadi. 
Hayotni tark etish bosqichlari. Biologik mavjudot sifatida har bir inson o‘limga 
mahkumdir. Buni qadimgi mutafakkirlar ham yaxshi tushungan. Xususan,o‘z 
muxoliflaridan birining: «O‘ttiz tiran seni o‘limga hukm etdi», degan gapiga Suqrot: 
«Ularni esa, o‘limga tabiat hukm etgan», deb javob bergan. Ammo,odamzod ijtimoiy 
mavjudot sifatida ham o‘limga mahkumdir. Hozirgi zamon fanida o‘lish jarayonining 
to‘rt bosqichi farqlanadi. Bu bosqichlarga organizmda yuz beradigan va uning qarishini 
tavsiflaydigan orqaga qaytarib bo‘lmaydigan biologik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. 
Xususan, 25 yoshdan boshlab va ayniqsa, 45 yoshdan keyin insonda har kuni u 
tug‘ilgan paytga qadar «jamlangan» va boshqa hech qachon yangilanmaydigan o‘n 
minglab nerv hujayra (neyron)lari halok bo‘ladi. Ammo bosh miya qobig‘ida bunday 
hujayralar soni 40 milliardga etadi va shu sababli «qariyotgan normal miya uchun bu 
jiddiy oqibatlarga sabab bo‘lmaydi, chunki unda yana o‘n milliardlab neyronlar normal 
faoliyat ko‘rsatishda davom etadi» . Amalda insonning hayotni tark etishi u odamlardan 
o‘zini olib qochib, jamiyatdan uzoqlashishi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy o‘lim yuz 
berganida boshlanadi. Surunkali giyohvand moddalarini iste’mol qilish, kashandalik, 
ichki likbozlik, o‘z hayotidan doimiy norozilik ijtimoiy o‘limni bildiradi. So‘ngra ruhiy 
o‘lim yuz beradi, bunda inson hayot tugagani va o‘limning muqarrar ekanligini va o‘z 
hayoti davomida hech narsaga erisha olmaganini anglaydi. Miya o‘lishi bilan bosh miya 
faoliyati butunlay to‘xtaydi, organizmning turli funksiyalarini boshqarish barham 


topadi. Bu jarayon fiziologik o‘lim bilan yakunlanadi. Bunda insonning uni tirik 
organizm sifatida tavsiflovchi barcha funksiyalari uzil-kesil to‘xtaydi. 
Suitsid (lot. sui caedere – o‘zini o‘ldirish) – maqsadli ravishda o‘zini hayotdan mahrum 
qilish, odatda, ixtiyoriy va mustaqil ravishda o‘z joniga qasd qilish. Suitsidga 
mukammal ta’rifni fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeym bergan. Uning talqini bo‘yicha, 
shaxs tomonidan o‘zini kutayotgan natija haqida bila turib, sodir qilingan salbiy xatti-
harakatning bevosita yoki bilvosita natijasi bo‘lmish har bir o‘lim holati o‘z joniga qasd 
qilishdir. (Emil Dyurkgeymning 1897 yilda nashr etilgan “Suiqasd” asari suitsidga oid 
adabiyotning klassik namunasidir. Ushbu asarda olim mavjud statistik ma’lumotlarga 
tayanib suiqasd nafaqat psixologik muammo, balki ijtimoiy ildizga ega xatar ekanligini 
isbotlagan.). O‘z joniga qasd qilish jamiyatda, odamlar orasidagi munosabatlarda inson 
o‘zi echa olmagan yoki odatiy, hammaga ma’qul bo‘lgan yo‘l orqali echishni istamagan 
muammolar borligidan, shaxsiy musibat, umidsizlik va tushkunlik bilan bog‘liq tashvish 
mavjudligidan darak beradi. O‘z joniga qasd qilishga ko‘pincha uzoq davom etadigan 
kasallik, ba’zan esa nogironlik ham sabab bo‘lishi mumkin. 
Adabiyotlarda uchraydigan suitsidal harakatning 3 turini ko‘rib chiqamiz: 
▘ Namoyishkorana (demonstrativ)
▘ Affektli
▘ Haqiqiy 
Demonstrativ hatti – harakatlar – bu boshqalar uni qutqarishni ko‘zlab, o‘z joniga qasd 
qilishning bir ko‘rinishidir. Bunda o‘zgalarning diqqatini o‘ziga jalb qilish, o‘ziga 
nisbatan boshqalarda qiziqish uyg‘otish, boshqalarning rahmli bo‘lish hissini keltirish, 
tarafdor (hayrihoh bo‘lish), og‘ir gunohni (aybni) qilib, jazodan qochish, ranjiganlik 
uchun o‘ch olish, adolatsizlik atrofdagilar ranjiganni ayblash holatlari uchraydi. 
SHuningdek, 16 yoshli bir qiz bir nechta aspirin va paratsetamol tabletkalarini qabul 
qilgan. Uning ta’kidlashiga bunga sabab onasi bir yigit bilan do‘stlashishiga qarshi 
bo‘lganligi va uni tushunishni xohlamaslik bo‘lsa, u qizning bu tarzdagi hatti-harakatlari 
og‘ir jarohatlanish natijasida o‘z sog‘lig‘iga suiqasd qilib kasalxonama-kasalxona 
yurishi hayoliga kelmaganida.
Affektiv suitsidial hatti – harakat – yuqori affekt holatida ruy berishi bilan 
xarakterlanadigan xulq–atvor tipi. Affekt holatidagi suitsidial harakatlar 
saxnalashtirilgan (spektakl) shaklida bo‘lishi mumkin, ammo yanada haqiqiy niyatlar 
ham bo‘lishi mumkin, hattoki o‘zoq yillar o‘tsa ham. Affektiv holatlar uzoqqa tuzilishi 
shuni ko‘rsatadiki, suitsidial harakatlarda beqarorlik (ikkilanishlar) kuzatilishi mumkin. 
Bir kuni 14 yoshli qizoloq otasi o‘gay ona bilan yashayotgan xonadonga keladi, agar 
otasi uyga qaytmasa o‘zini o‘ldirishini aytadi, bunga javoban o‘gay ona qizning qo‘liga 
pichoqni ushlatib, hoziroq shu ishni qilishi mumkinligini aytadi. Qiz pichoqni qo‘liga 
olgan holda chap qo‘liga bir necha marta uradi.


Haqiqiy turdagi suitsidial harakatlar – uzoq vaqtlar puxta o‘ylangan, aniq bir maqsadga 
qaratilgan bo‘ladi. O‘smir bu ishni qilishdan oldin, shu ishning xavfsizligini o‘ylab 
qo‘yadi. 
Oiladagi nosog‘lom psixologik muhit va oilaviy tarbiyadagi yo‘l qo‘yilayotgan 
nuqsonlar hamda ta’lim jarayonida kuzatilayotgan nuqsonlar, bolalar va o‘smirlar 
yashayotgan mahallalar hayoti, ularning psixologik muhiti voyaga etmaganlarda xulq 
og‘ishining kelib chiqishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Ma’lumki, ob’ektiv 
shart-sharoitlar va ijtimoiy muhit voqeahodisalari o‘smirning ongi, xohish-irodasiga 
bo‘ysunmagan holda ta’sir etadi va uning ongi, dunyoqarashi, shaxs sifatida shakllanish 
va xulq-atvori mazmunini belgilab beradi. I.P.Pavlovning ta’kidlashicha, inson va 
hayvon xulq-atvori mazmuni nafaqat nerv sistemasining tug‘ma xususiyatlari, balki 
organizmga doimo ta’sir etib turuvchi tashqi ta’sirlar, ya’ni doimiy ravishda berib 
boriladigan tarbiya yoki ta’lim jarayoniga ham ham bog‘liq bo‘ladi. 
«Praksiologiya» (yunon. «praktikos» – «faol») – falsafaning inson faoliyatini 
o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘limlaridan biri. Faoliyat tushunchasi inson borlig‘ining 
tabiati va mohiyatini, uning shaxsiy imkoniyatlari, ijtimoiy aloqalari va 
munosabatlarini, inson ma’naviy dunyosi va moddiy amaliyot jabhasini teranroq 
tushunish imkonini beradi. Inson faoliyati o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, hayvonlar 
faolligidan butunlay farq qiladi. U individ va umuman jamiyat borlig‘ining alohida usuli 
hisoblanadi. 
Faoliyatning atributlari. Inson faoliyati o‘ta rang-barangdir. Yuqorida qayd etib 
o‘tilganidek, faoliyat turlarini tasniflash uchun asos bo‘lib uning inson tomonidan 
o‘zgartiriladigan ob’ekt: tabiat, jamiyat, insonning o‘ziga qaratilganligi xizmat qiladi. 
Faoliyat atributlari (xossalari) faoliyatni motivlashtirish va amalga oshirish 
mexanizmlarini tavsiflaydi. Faoliyat atributlari orasida, avvalo, sub’ektlilik va 
moddiylik qayd etiladi. 
Sub’ektlilik va moddiylik. Faoliyatning sub’ektliligi shu bilan izohlanadiki, u shaxsning 
o‘tmishdagi tajribasi, uning ehtiyojlari va mo‘ljallari, motivlari va maqsadlari
emotsiyalari va irodasini tavsiflovchi xususiyatlari, bilish qobiliyatlari va hokazolar 
bilan belgilanadi. Faoliyatning moddiyligi insondan tashqarida joylashgan va uning 
qo‘li bilan o‘zgartiriladigan tabiat va jamiyat kuchlariga qaratilganini anglatadi. Ammo 
insonning o‘zi, uning o‘z-o‘zini kamol toptirishi, o‘z-o‘zini tarbiyalashi va shaxs o‘z 
oldiga qo‘yadigan maqsadlarga erishishga qaratilgan tegishli harakatlar ham o‘zgartirish 
faoliyatining predmeti bo‘lishi mumkin. Inson faoliyati mehnat qurollari yordamida 
amalga oshiriladi. Uning hayvonlar faolligidan asosiy farqlaridan biri qurollilik 
hisoblanadi. «Quruq qo‘l ham, o‘z ixtiyoriga tashlab qo‘yilgan aql ham katta kuchga 
ega emas, – degan edi F.Bekon. – Ish qo‘lga ham, aqlga ham kerak bo‘lgan qurollar va 
vositalar yordamida bajariladi» . 
Faoliyatni tartibga solish mexanizmlari. Faoliyatni tartibga solishning umumiy 
mexanizmlari qatoriga insonning dunyoga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlari tizimini 


to‘la qamrab oladigan va madaniyat algoritmi bo‘lib xizmat qiladigan rang-barang 
ijtimoiy qadriyatlar va me’yorlarni kiritish lozim. Xulq-atvor, odatlar va an’analarning 
ijtimoiy-madaniy me’yorlari, qoidalarining mavjudligi va rivojlanishi inson faoliyatini 
tartibga solish omili hisoblanadi. Me’yorlar muayyan sharoitda odamlar o‘zini qanday 
tutishi lozimligini belgilaydi va inson faoliyatida bevosita ishtirok etib, ijtimoiy va 
tabiiy sharoitlarga shaxsning moslashuvini ta’minlaydi, ijtimoiy jarayonning 
uzluksizligini ta’minlovchi mexanizm hisoblanadi. Mazmuni, ijtimoiy mustahkamlash 
usullari va ijtimoiy funksiyalariga ko‘ra me’yorlar har xil bo‘ladi. 
Faoliyat maqsadlari, vositalari va usullarini qat’iy belgilovchi qoidalarning butun bir 
turkumi mavjud. Bu qoidalar ijtimoiy amaliyotda yaratilgan narsalar dunyosini va 
odamlar o‘rtasidagi munosabatlar dunyosini o‘zgartirish usullarini mustahkamlashga 
xizmat qiladi. Bular standartlar – muayyan ishni bajarishda qat’iy rioya qilish lozim 
bo‘lgan sifat, shakl va o‘lchamning qat’iy belgilangan namunasi; qoidalar – tegishli 
holatlarda qanday ish ko‘rish lozimligini belgilovchi ko‘rsatmalar; etalonlar – faoliyatda 
mo‘ljal sifatida foydalanish lozim bo‘lgan qat’iy belgilangan, standartlashtirilgan 
qadriyatlardir. 
Inson faoliyatini tartibga solishni ta’minlovchi ijtimoiy me’yorlar tizimida huquq 
normalari va axloq me’yorlari alohida o‘rin egallaydi. 
Huquq va axloq. Huquq – davlat tomonidan belgilangan va uning majburlov kuchiga 
tayanadigan xulq-atvor umumiy normalarining majmui. Axloq ham jamoatchilik fikri, 
ya’ni qilmishni ma’qullash yoki qoralash bilan mustahkamlanadigan xulq-atvor 
qoidalari majmuidir. 
Axloq va huquq normalari o‘zlari muhofaza qiladigan ijtimoiy munosabatlar mazmuni, 
normativ talablarni mustahkamlash usullari, ularning shaxs xulq-atvoriga samarali 
ta’siri darajasiga ko‘ra ajralib turadi. Axloq va huquq normalarining mazmuni o‘rtasida 
jiddiy farq mavjud emas. Masalan, «o‘g‘rilik qilma» – bu ham axloqiy qoida, ham 
huquq normasidir. Ammo huquq normalari o‘z tartibga solish doirasi bilan axloq 
me’yorlari bilan tartibga solina- digan ijtimoiy munosabatlarning ulkan hajmini to‘la 
qamrab olmaydi. Masalan, oilaviy munosabatlar sohasida huquq ota-onaga o‘z 
farzandlarini tarbiyalash majburiyatini yuklaydi, lekin ota-onani bir-birini sevish, bir-
biriga g‘amxo‘rlik qilishga majburlamaydi. Huquq va axloq o‘rtasidagi farqni ular 
ko‘rsatadigan ta’sirning samaradorlik darajasida ham ko‘rish mumkin. Bizning 
nazarimizda, davlat majburlovi kuchiga tayanadigan huquq axloqqa qaraganda 
samaraliroqdir. Ammo, muayyan sharoitda inson uchun huquq axloqiy me’yorlar nufuzi 
qarshisida ojiz bo‘lishi mumkin. Bu hol, shaxsning qadriyatlarga munosabati mazmuni 
bilan, muayyan inson qaysi axloqiy qadriyatlarga tayanishi, shuningdek, u yashaydigan 
muhit, ya’ni individ fikrini qadrlaydigan referent guruhning qandayligi bilan 
belgilanadi. Shu sababli axloqiy yo‘l tanlashda ayrim inson uchun ishlab chiqarish 
jamoasi yoki maktab (talabalar) guruhining nufuzi muhim ahamiyat kasb etishi 
mumkin, boshqa shaxs uchun esa diniy sekta yoki jinoiy guruh a’zolarining fikri 


ustunlik qilishi mumkin. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, axloq jamoatchilik fikriga 
tayanadi. 
Ammo, inson xulq-atvoriga baho berish juda mushkul ish, chunki uning zamirida 
muayyan sabablar yotadi, u muayyan sharoitda sodir etiladi, ob’ektiv oqibatlarga olib 
keladi va maqsadga erishishning muayyan vositalarini tanlashni nazarda tutadi. 
Jamoatchilik fikri shaxs xulq-atvoriga baho berishda ijtimoiy mustahkamlangan axloq 
me’yorlariga amal qiladi, shaxs esa axloq haqidagi o‘z tasavvurlaridan kelib chiqadiki, 
ular umumiy e’tirof etilgan me’yorlardan ancha farq qilishi mumkin. Muayyan 
sharoitda bir individ o‘z vijdonining ovoziga quloq solsa, boshqa bir individ umumiy 
qabul qilingan axloqiy tasavvurlarga qarab mo‘ljal oladi, ya’ni «har qanday vijdonli 
odam» kabi ish ko‘radi. Birinchi yoki ikkinchi individning qilmishini axloqiy deb 
hisoblash mumkinmi? Agar birinchi individ vijdonining ovozi umuminsoniy axloqiy 
tamo yillarga mos kelsa, uning qilmishiga axloqiy jihatdan shubhali, murosasoz va 
qo‘rqoq shaxs, chunki uning qilmishi jamoatchilikning qoralashidan qo‘rqish bilan 
izohlanadi. Sirtdan belgilangan qilmish axloqiy sanalmaydi. Huquqiy majburlov va 
jamoatchilik fikri yoki Tangri la’natidan qo‘rqish emas, balki shaxsning ichki mayli 
axloqiy qilmishning muhim belgisi hisoblanadi. 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish