TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
Intuitiv tafakkur jarayonlarini esa qadamba-qadam izohlash, tushuntirib berish
har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Bunda shaxsning intellektual salohiyati,
shaxsiy imkoniyatlari, mazkur muammoga tegishli bo‘lgan nazariy ma’lumotlar bilan
qurollanganlik darajasi, amaliyot va tajriba muhim rol o‘ynaydi. Muammo yechimi
qadamba-qadam tahliliy xulosalarga asoslangan holda emas, balki his etish, ichki
tuyg‘u va shu sohaga oid aqliy salohiyat evaziga tezkorlik bilan topiladi va analitik
(deduktiv yoki induktiv) usullar bilan isbotlanadi.
Matematik tafakkur konkret, abstrakt yoki abstrakt tafakkurning analitik,
mantiqiy, fazoviy tafakkur ko‘rinishlari yoki funksional, yoki intuitiv bo‘lsa ham
ularning mohiyati, asosini matematik nazariy bilimlar tashkil etadi. Nazariy
bilimlarni egallash, nazariya va teoremalarni isbotlash, asoslash, bir, ikki, uch
o‘lchovli fazolarni qurish, ularda geometrik obyektlarni ifodalash, turli koordinatalar
sistemalarini kiritish, algebraik amallar va ularning xossalarini o‘rganish, algebraik
amallarning umumiy xossalariga asoslangan matematik strukturalar, uzluksizlik,
cheksizlik, ketma-ketlik tushunchalarining tatbiqiy xususiyatlaridan foydalangan
holda matematik tushunchalarni hosil qilish va ularni masala yechish amaliyotiga
tatbiq qilish jarayonida matematik tafakkurning turli ko‘rinishlari bir-biridan ayro,
mustaqil holatda shakllanmaydi, rivojlanmaydi, balki fikrlash jarayonida ularning
birortasining
ustuvorligi
bilan
xarakterlanadi
xolos.
Matematik
tafakkur
formalarining rivojlana borishi bilan insonda o‘zini o‘rab turgan atrof-olam, muhitni
yanada teranroq his etish, anglash, unda sodir bo‘layotgan voqe’lik va hodisalar,
jarayonlar, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarining mohiyatiga yetish, o‘z-
o‘zini anglash, muammoli vaziyatlardan to‘g‘ri yechim topish orqali chiqib ketish,
yashashda “men” konsepsiyasini yarata olishga oid shaxsiy sifat va fazilatlar ham
shakllana boradi.
Oliy o‘quv yurti ta’lim tizimida bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini
tayyorlashga qaratilgan o‘quv reja tarkibida talabalarni nazariy matematik bilimlar
bilan qurollantirish, egallangan bilimlarni amaliyotga joriy etish orqali ularni
mustahkamlash, matematik madaniyat tarkib topishi orqali umum va kasbiy
madaniyatni yuksaltirish uchun bir qator funksional imkoniyatlar mavjuddir
2
.
O‘quv rejada matematik ta’lim uchun ajratilgan ma’ruza, amaliy va seminar
mashg‘ulotlarini talablar darajasida, innovatsion, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni
ta’lim amaliyotida qo‘llash, didaktik talablarga rioya qilish, ma’ruza materiallarini
tarixiy, fan kishilarning ijodiy faoliyatlarini, fanning insonparvarlik xususiyatlari
bilan boyitgan holda o‘tish, amaliy mashg‘ulotlarga puxta tayyorlangan holda
2
“Умумий ўрта ва ўрта махсус касб ҳунар таълимининг давлат таълим стандартлари”. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар
маҳкамасининг 2017 йил 6 апрелдаги 187-сон қарори.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |