O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/107
Sana07.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#755537
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   107
Bog'liq
O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to

Badiiy adabiyot.
Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik 
tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari 
tiklandi. Badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi 
aqidalar hukmronligi illatlaridan ozod bo’ldi. 
Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, 
barkamol insonni tarbiyalash, milliy o’zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu 
bo’lib qoldi. 
Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Xurshid Davron kabi 
ijodkorlaming tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug’ bobokalonlarimiz Amir 
Temur, Mirzo Ulug’bek, Z.M.Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va 
milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. Xalqaro Sholoxov 
mukofoti laureati To’lepbergen Qayipbergenovning «U dunyoga, bobomga xat» 
asari, Shukrulloning «Kafansiz ko’milganlar» romanida, Nazar Eshonqulovning 
«Qora kitob» povestida, O’tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», Tog’ay 
Murodning «Otamdan qolgan dalalar» singari asarlarda mustabid sovet davrida xalq 
boshiga solingan behad kulfatlar, g’am-alamlar haqqoniy tasvirlangan. 
Tohir Malikning «Shaytanat» (4 kitob), Hojiakbar Shayxovning «Tutqin 
odamlar» asarlarida insonni iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat 
ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh 
qilinadi, ularga nisbatan nafrat tuyg’ulari tarannum etiladi. 
Omon Muxtorning «To’rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, Barat Boyqobulovning 
«O’zbeknoma» tarixiy-falsafiy dostoni, Abduqhhor Ibrohimovning «Biz kim, 
o’zbeklar ... » badiiy-tarixiy asari, Azim Suyunning «Oq va qora», A.Qutbiddinning 


213 
«Izohsiz lug’at» she’riy asarlari zamonaviy o’zbek adabiyotining yorqin ifodasidir. 
Me’morchilik va amaliy san’at.
O’zbek xalqi me’morchiligi mohiyat e’tibori 
jihatidan buyuk bunyodkorlik san’atidir. Mustaqillik yillarida me’morchilik san’ati 
yanada rivojlanib, takomillashib bormoqda. Me’morchilikda ikki asosiy tamoyil 
ko’zga tashlanadi. Ulardan biri sharqona me’moriyatning an’anaviy qonun-
qoidalariga rioya etishdir. Bu tamoyil Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston 
saroyi, Oliy Majlis, Senat, Toshkent shahar hokimiyati binolari timsolida o’z aksini 
topgandir. 
Me’morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O’zbekistonning jahon hamjamiyatidan 
munosib o’rin olish sari intilishini namoyish etuvchi jahon me’morchiligining eng 
yaxshi yutuqlaridan foydalanishda namoyon bo’lmoqda. Bunday binolar jumlasiga 
«Meridian», «Afrosiyob» (Samarqand), «Buxoro» «Interkontinental», «Sheraton» 
mehmonxonalari, «O’zekspomarkaz», Milliy bank, Markaziy bank, «Toshkentplaza» 
savdo markazi, Respublika birja markazi, banklararo moliyaviy xizmatlar Markazi, 
O’zbekiston Davlat konservatoriyasi va boshqa binolarni kiritish mumkin. 
Toshkent shahri ko’rkiga ko’rk qo’shib turgan «Oloy», «Chorsu», «Otchopar», 
«Yunusobod», «Mirobod», «Parkent», «Qo’yliq» va boshqa bozor binolari, 
shuningdek, «Yunusobod» tennis markazi, «Jar» sport markazi, “Bunyodkor” 
stadioni singari zamonaviy inshootlar barpo etildi. 
O’zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadallik 
bilan olib borildi. Bunga Toshkent, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva 
shaharlarida qayta tiklangan o’nlab binolar, obidalar misol bo’la oladi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish jarayonida yuzlab 
akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi. 
Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san’ati jadal o’sdi. Haykaltarosh I.Jabborov 
va K.Jabborovlar tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali, Samarqand 
va Shahrisabzda Amir Temur haykallari, Farg’ona va Quvada al-Farg’oniy (1998), 
Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999) yaratildi. Haykaltarosh 
R.Mirboshiyev ijodiga mansub «Z.M.Bobur» (1993, Andijon), «Abdulla Qodiriy» 
(1994, Toshkent), «Cho’lpon» (1997, Andijon), «Ona» (1999, Jizzax shahri) kabi bir 
qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999-yilda Termizda «Alpomish» haykali va 
majmua-kompozitsiyasi (A.Rahmatullayev va boshqalar) bunyod etildi. 
O’zbekistonda qadimdan amaliy san’at o’ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. 
Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik, yog’och 
o’ymakorligi, naqqoshlik, kashtachilik, zardo’zlik, gilamdo’zlik, bezakchilik kabi 
amaliy san’at turlari tiklandi va yangi ma’no-mazmun bilan rivojlanib bormoqda. 
Mustaqillik sharofati bilan dizayn san’ati ham jadal rivojlanmoqda. Tasviriy san’at, 
rassomchilik san’atining rivojida 1997-yilda tashkil etilgan O’zbekiston Badiiy 
akademiyasi va «Tasviriy oyina» respublika ijodiy uyushmasi muhim rol o’ynadi. 


214 
O’zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiyev, Bahodir Jalolov va boshqalar xalqimiz 
ongida milliy g’urur, Vatanga sadoqat tuyg’ularini uyg’otuvchi qator san’at asarlari 
yaratdilar. Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzo portretlari shular 
jumlasidandir. Tasviriy va miniatura san’ati yangi ma’no-mazmun bilan boyidi. 
Shahar ko’chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o’rnatildi, binolarning 
devorlari odamlarga huzur-halovat, zavq bag’ishlaydigan naqshlar bilan bezatildi. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish