O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/107
Sana07.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#755537
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107
Bog'liq
O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to

Ma’naviy merosning tiklanishi. 
Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va 
taraqqiyotinig muhim sharti va kafolatidir. Biron-bir mamlakat o’z ma’naviy 
imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, 
xalqning milliy ruhini uyg’otmay va mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot 
darajasiga ko’tarila olmaydi. Shuning uchun ham jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish 
O’zbekiston taraqqiyotining ustivor yo’nalishi deb belgilandi. 
Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga 
duchor bo’lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy 
ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo’lgan. Ayniqsa, Rossiya 
mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz 
oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko’plab 
masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. 
O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda 
boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini 
yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va 
yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo’nalishlari belgilab 
olindi. 
Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga 
oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa 
qo’shgan bobolarimiz – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, 
Xo’ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, 
Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab ajdodlarimizning milliy va 
ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mamlakat 
bo’yicha nishonlandi, ruhlari shod etildi, asarlari nashr etildi. Ularning ma’naviy 
merosi bugungi kunda xalqimizga yangi jamiyat qurishda ma’naviy kuch-qudrat 
bag’ishlamoqda, jamiyatimizni ma’naviy yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 


209 
Tarixiy xotiraning tiklanishi. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, 
ajdodlar tarixini bilish, milliy axloqiy qadriyat hamda an’analar va muqaddas 
dinimizning o’rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o’z tarixini bilmay, asrlar osha 
yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o’z 
kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu bois mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan 
xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o’quv maskanlarida Vatan 
tarixini o’qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.
O’zbek xalqi va o’zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini 
xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I.A.Karimovning bir guruh 
tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo’lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 
1998-yil 27-iyulda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 
tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida»gi qarorida belgilab berildi. 
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o’rganish masalalari 
Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish