O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/107
Sana07.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#755537
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   107
Bog'liq
O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to

Ijtimoiy hayot.
Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor berilmoqda. 
O’zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga 
munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb 
belgilangan edi. Bozor munosabatlariga o’tishning ilk davridan boshlab aholini 
oldindan ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rib borildi. Shu 
maqsadda miqdori muntazam o’zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar, 
stipendiyalar, kompensatsiya to’lovlari tarzidagi pul to’lovlari keng qo’llanildi. 
Mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam oladi. 
Bunday to’lovlar miqdori 2000-yilda 187,8 mlrd. so’mni tashkil etdi. 
Faqat 2000-yilning o’zida aholining kam ta’minlangan qismiga fuqarolarning 
o’zini o’zi boshqarish organlari-mahalla yig’inlari orqali 54,2 mlrd. so’m miqdorida 
nafaqa, ko’mak va boshqa turdagi yordamlar berildi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turar joylar, 19,5 ming o’rinli 
kasalxonalar, 95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 805,9 ming o’rinli maktablar, 
15,3 ming o’rinli akademik litseylar, 126,5 ming o’rinli kasb-hunar kollejlari qurilib 


207 
foydalanishga topshirildi. 
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va gazlashtirish bo’yicha keng qamrovli 
dasturlar amalga oshirilmoqda. 1991-2000-yillarda 22,6 ming km. suv quvurlari va 
54,1 ming km. gaz tarmoqlari yotqizildi. Aholining uy-joylarini gazlashtirish darajasi 
46,2 foizgacha, ichimlik suvi bilan markazlashgan holda ta’minlash esa 64,2 foizdan 
77,6 foizgacha ko’tarildi. 
Yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. 2009-2012-
yillarda mamlakatimizning 159 ta qishloq tumanida namunaviy loyihalar asosida 900 
dan ortiq yangi uy-joy massivlari barpo etildi, 33 ming 500 dan ziyod yakka 
tartibdagi uy-joy foydalanishga topshirildi. 2013-yilning o’zida esa 10 mingta ana shu 
tipdagi uylar qurildi.
Respublikada aholiga tibbiy va ijtiomiy xizmat ko’rsatishning rivojlangan tizimi 
bunyod etildi. Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika muassasalarining soni 3 
mingdan 4,8 minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. Qishloq joylairda 1600 ta vrachlik 
punktlari ochildi. 
Aholiga 81,5 mingdan ortiq shifokorlar turli ixtisosliklar bo’yicha malakali tibbiy 
yordam ko’rsatmoqda. 
1994-yilda aholining dori-darmonga bo’lgan ehtiyoji Respublikada ishlab 
chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo’g’i 4,5 foizga qondirilar edi. 2003-yilga kelib, 
katta miqdorda sarmoya jalb etilganligi hisobidan, bu ko’rsatkich 25 foizgacha o’sdi. 
2013-yilning o’zida Respublikamizda 146 ta yangi zamonaviy tibbiyot muassasalari 
ishga tushirildi.
2012-yilda Toshkentda o’tkazilgan Ona va bola salomatligiga bag’ishlangan 
xalqaro ilmiy konferensiyada qayd etilgan ma’lumotlarga ko’ra mustaqillik yillarida 
aholining o’rtacha umri 66 yoshdan 73,5 yoshga uzaygan.Onalar o’limi 2 baravar, 
bolalar o’limi esa 3 baravarga kamaygan.
Keyingi yillarda ham davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga 
yo’naltirilgan xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va 2014-yilda umumiy 
xarajatlarning 60 foizini tashkil etdi. 
2014-yilga kelib mamlakatimizdagi har uch oilaning bittasiga shaxsiy yengil 
avtomobil, har 100 oilaga o’rtacha 80 ta muzlatkich, 146 ta televizor (ba’zi oilalarda 
2-3 tadan) to’g’ri kelmoqda. Har bir oila 3-4 tadan uyali telefonlarga ega. 
O’zbekiston dunyoda o’z xalqining sog’ligi haqida eng ko’p qayg’uradigan 
davlatdir. 1997-yil yurtimizda “Inson manfaatlari yili”, 1998-yil “Oila yili”, 1999-yil 
“Ayollar yili”, 2000-yil “Sog’lom avlod yili”, 2001-yil “Onalar va bolalar yili”, 
2002-yil “Qariyalarni qadrlash yili”, 2003-yil “Obod mahalla yili”, 2004-yil “Mehr 
va muruvvat yili”, 2005-yil “Sihat-salomatlik yili”, 2006-yil “Xomiylar va 
shifokorlar yili”, 2007-yil “Ijtimoiy himoya yili”, 2008-yil “Yoshlar yili”, 2009-yil 
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, 2010-yil “Barkamol avlod yili”, 2011-yil 


208 
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”, 2012-yil “Mustahkam oila yili”, 2013-
yil “Obod turmush yili”, 2014-yil “Sog’lom bola yili”, 2015-yil “Keksalarni 
e’zozlash yili” deb e’lon qilinib maxsus davlat dasturlari asosida xalqimizga munosib 
turmush sharoitlari yaratib berilmoqda.
Bir so’z bilan aytganda mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv tizimi 
tubdan o’zgartirildi, xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi tizimi 
yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy 
tanazzul davridan o’tib oldi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi
iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi zarur shart-sharoitlar vujudga keldi. Xususiy 
mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida 
ko’p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi, odamlarimizning tafakkuri, hayotga 
bo’lgan munosabati tubdan o’zgarmoqda. Turmush darajasi, oilasining farovonligi 
o’ziga bog’lik ekanligini tushunib yetayotgan odamlar tobora ko’payib bormoqda. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish