Xalqaro vaziyatning o‘zgarishi.
XXI asr bo‘sag‘asida jahon taraqqiyotining
mazmuni tubdan o‘zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan - SSSR va AQSH
yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi.
Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi
xavfi ostida yashardi.
XX asrning 90-yillariga kelib, sotsialistik dunyoning yetakchisi bo‘lgan ulkan
imperiya - SSSR parokanda bo‘ldi, sotsialistik sistema halokatga uchradi. Varshava
Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi.
Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan, mustaqil
O‘zbekiston davlati tashkil etildi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi.
Xalqaro vaziyatda tub o‘zgarishlar sodir bo‘lsa-da, dunyo tinchligiga tahdid
soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon
bo‘lmoqda:
• Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy – iqtisodiy notenglik
va ziddiyatlar yanada o‘sdi. Mamlakatlar o‘rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg‘or
texnologiya, erkin sarmoyalarni to‘plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta.
Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar
mavjud.
• Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o‘rtasida milliy-etnik va
diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy
mojarolar tufayli 30 milliondan ortiq odam o‘zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa
mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo‘lgan;
• Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayirmachilik va diniy
ekstremizm tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida
vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar
o‘rtasida «haqiqiy» va «soxta» dindorlik belgilari bo‘yicha qarama-qarshilik
chiqarishga, millatlarni parchalashga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizat-
siyalar o‘rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga
urinmoqdalar;
• «Sovuq urush» siyosatiga chek qo‘yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi
kamaygan bo‘lsa-da, bu turdagi ommaviy qirg‘in qurollarning ko‘p miqdorda
saqlanayotganligi, yadro quroliga ega bo‘lgan davlatlar sonining ko‘payib
borayotganligi dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda;
215
• Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanayotganligi, nosog‘lom ekologik
vaziyat, jumladan, Markaziy Osiyoda Orol dengizining qurib borishi bilan bog‘liq
ekologik tanglik insoniyat boshiga xavf solib turibdi;
• Tobora kuchayib borayotgan korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik,
yashirin qurol oldi-sotdisi insoniyatni tashvishlantirmoqda.
Bularning barchasi dunyo hali ham ilgarigidek mo‘rt bo‘lib turganligidan
dalolat beradi. Bizni qurshab tugran olam g‘oyat murakkab va muammoli bo‘lib
keldi, hozir ham shunday bo‘lib qolmoqda.
Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari
xalqaro munosabatlarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy
tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo‘lib qoldi. Hatto,
ayrim olingan mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish
ham jahon hamjamiyatining vazifasiga aylandi.
Davrimizning muhim xususiyati aholi talab-ehtiyojlarining g‘oyat darajada
o‘sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning
aholisi talablari, ehtiyojlarini to‘liq qondirib bo‘lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat
uchun ham boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik
qilish obyektiv zaruriyat bo‘lib qoldi.
Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
ham boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bo‘linmasdir. Shu bois,
barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog‘langan, o‘zaro aloqadadir.
O‘zbekiston xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish nuqtayi nazaridan va o‘z
taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay geografik-strategik imkoniyatlarga ega.
Qadim zamonlarda Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk ipak yo‘li
O‘zbekiston hududi orqali o‘tgan. Bu yerda savdo yo‘llari tutashgan, tashqi aloqalar
hamda turli madaniyatlar tutashib bir- birini boyitgan. Bugungi kunda ham Yevropa
va Osiyoni bog‘laydigan yo‘llar Markaziy Osiyodan, uning o‘rtasida joylashgan
O‘zbekistondan o‘tmoqda:
• Markaziy Osiyoda geografik-siyosiy jihatdan markaziy o‘rin tutgan O‘zbekiston
ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta’minlash,
hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga ega.
• O‘zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida
joylashgan.
• Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqada
yetakchi o‘rinda turadi.
• Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral xomashyo zaxiralari va strategik
materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini
ta’minlashga qodir.
216
• O‘zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o‘zini neft, gaz,
rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega.
• Yurtimizning jahonga mashhur boy ma’naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat
sivilizatsiyasida salmoqli o‘rin egallab, dunyoning ma’naviy va siyosiy jarayonlariga
ta’sir o‘tkazish salohiyatiga ega.
O‘zbekistonda qulay imkoniyatlar bilan bir qatorda geografik-siyosiy jihatdan
qiyinchiliklar tug‘diruvchi omillar ham mavjud. Jumladan:
• O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Qrim havzasining neft va
gazga juda boy konlari joylashgan yarim xalqaning strategik markazida joylashgan.
Shu bois, bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‘pgina yirik
davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari o‘zaro to‘qnashmoqda;
•
Yana
bir
noqulaylik
shundan
iboratki,
O‘zbekiston
etnik,
demokratik,
iqtisodiy
va
boshqa
muammolar
yuki
ostida
qolgan
mamlakatlar bilan chegaradoshdir;
• Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda kommunikatsiyalar
nomaqbul
ravishda
shakllantirilgan.
Janubiy
yo‘nalishda
transport
kommunikatsiyalari amalda rivoj topmagan. O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa
olmaydigan, buning ustiga dengiz bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan
mamlakat. Bir necha davlatlar hududidan o‘tadigan olis yo‘llar, O‘zbekistonning iqti-
sodiy aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishni qimmatlashtirib, mahsulotlarning
raqobatga bardosh berishiga salbiy ta’sir etadi;
•
Suv
resurslarining
cheklanganligi,
ekologik
muammolar,
Orol
fojiasi ham mamlakatimiz uchun noqulay omildir.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekistonning milliy manfaatlariga
mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo‘lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo‘shilish,
xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy
aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko‘ndalang bo‘lib turardi. Bu
osongina yechiladigan vazifalar emas edi. Masalaning murakkabligi shundan iborat
ediki, Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi
savdoni tashkil etish Moskva, markaziy hokimiyat tomonidan olib borilar edi.
Respublikalar esa, jumladan, O‘zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, to‘g‘ridan
to‘g‘ri aloqa qilolmaydigan yopiq mamlakat edi. Shu bois, davlatimiz tashqi siyosat
yuritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan
kadrlarga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar tayyorlovchi birorta ham
o‘quv yurti yo‘q edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni
shakllantirishni talab qilmoqda edi.
Prezident Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot
yo‘li» va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalari nazariy va
amaliy jihatdan puxta asoslab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
217
17-moddasida tashqi siyosat qoidalari qonunlashtirildi va u jahondagi ko‘plab
mamlakatlar bilan hamkorlik jarayonlari ortga qaytmasligining huquqiy kafolati
bo‘lib xizmat qilmoqda.O‘zbekistonni xalqaro huquq subyekti sifatida belgilaydigan,
respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan
qonunlar qabul qilindi. «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy
prinsiplari to‘g‘risida»gi, «Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining
kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar
hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko‘lamli
hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi.
Tashqi aloqalarni ta’minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi.
Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari shular
jumlasidandir. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O‘zbekiston Respubli-
kasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi va boshqa
universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis
kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo‘li asos qilib olindi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan
iborat:
- mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiq- lik,
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
- davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;
- boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
- nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
- kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
- inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish;
- ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof
etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;
- davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash
maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;
- tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
- davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, davlat milliy
manfaatlarining ustunligi;
- tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar
asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan
uzoqlashmaslik.
Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan
tinchliksevar tashqi siyosati uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini
ta’minladi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi nufuzli
218
davlatlar tan oldi, ularning 130 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnika-
viy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda 45 mamlakatning elchixonasi,
yigirmaga yaqin xalqaro tashkilot va moliyaviy muassasa vakolatxonalari faoliyat
ko‘rsatmoqda. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar huzurida
O‘zbekistonning 46 diplomatik va konsullik vakolatxonalari ochilgan va faoliyat
ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish-irodasi va taklifiga ko‘ra 1992-yil 2-
martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot - Birlashgan Millatlar Tashkilotiga
a’zo bo‘ldi. 1993-yil 24-avgustda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi va ish
boshladi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining
1993-yilda bo‘lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27-sentabrda qilgan
ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va yosh, navqiron davlat sifatida namoyon
etdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va
hamkorlik masalalari bo‘yicha BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini
chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va
boshqa masalalar bo‘yicha bir qator takliflar o‘rtaga qo‘yildi.
O‘zbekiston rahbariyati va BMT rahbarlarining sa’y-harakatlari natijasida
O‘zbekiston BMTning Xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot
assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi bo‘yicha oliy qo‘mitasi, Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi,
Aholi joylashish jamg‘armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat
taraqqiyoti tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan
muassasalarga a’zo bo‘ldi.
O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995- yil 15-16-sentabr
kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan
Toshkent kengash-seminari bo‘lib o‘tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat
va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligini ta’minlash,
mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli
tizimini barpo etish masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash
yakunida qabul qilingan Bayonot jahon xalqlarini, xususan, Markaziy Osiyo
xalqlarini, turli siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, iqtisodiy
va ekologik hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi.
O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri
Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida o‘z
ifodasini topdi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining
48-sessiyasi minbaridan turib so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan
xoli zonaga aylantirish g‘oyasini ilgari surgan edi. O‘zbekistonning bu tashabbusi
xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
219
1997-yil 15-16-sentabr kunlari Toshkentda
Do'stlaringiz bilan baham: |