Bunday qurilmalar hali kam, ammo texnika tez rivojlanmoqda va
siz kompyuteringizga yangi PCI-E tezkorroq qurilmalami ulashingiz
mumkin, masalan grafika bilan ishlash uchun PCI Ekspress slotlari
bitta asosiy plataga ikkita video karta o'rnatish imkonini beradi.
Kompyuter shinasining ishlash tezligi, fizik aloqa kanali orqali
bir soniyada uzatiladigan ma’lumotlar hajmi bilan belgilanadi. Shinalar
uchun ishlash tezligi o'lchov birligi M Hz da o'lchanadigan chastota
hisoblanadi. Shunday qilib, 66 MHz chastotali PCI shinasi 264 Mbayt/s
o'tkazish qobiliyati bilan ishlash imkonini beradi. Zamonaviy plata
lami PCI shinasi chastotasi 533 M Hz qiymatgacha, PCI-E shinasiniki
esa 1066 M H z qiymatgacha yetadi.
CO M , LPT, GAME va VGA portlari. Asosiy plataga qanaqa
portlar o'rnatilganligi bilan albatta tanishib chiqing (1.7-rasm).
1.7-rasm. COM, LPT, GAME va VGA portlari.
Birinchi navbatda bu an’anaviy:
COM (К О М ),
LPT (El Ре Те),
GAM E (Gaym ) va VGA (Vi Ji Ey) portlaridir.
Bu portlar kompyuterga periferiya qurilmalarini ulash uchun
mo'ljallangan. Odatda, bu portlaming bo'linmalari kompyuter tizim
bloki orqa qismining maxsus joyiga o'matiladi. Zamonaviy platalarda
ushbu portlar plataning orqa qismiga o'matiladi.
Odatda, bitta plata tarkibida:
— ikkita 9 kontaktli COM1 va COM2 ketma-ket port, (dastlabki
modellarda 25 kontaktli COM2 portlar ham mavjud bo'lgan);
— bitta LPT parallel port,
— bitta G AM E port mavjud bo'ladi.
14
COM portlar:
— «sichqoncha»;
— modemlar;
— LPT port — printer va skanerlarni;
— G AM E port esa o'yin qurilmalarini ulash uchun mo'ljallangan;
Do'stlaringiz bilan baham: |