381
va degenerativ kasalliklardan (multitizimli atrofiya, progressivlanuvchi o‘zak usti
falaji va po‘stloq bazal degeneratsiya) farqlash lozim.
Davlash:
patogenetik mexanizmlarni hisobga olgan holda olib boriladi. Bu
kasallikda dofamin va atsetilxolin o‘rtasida balans buziladi, bunda dofamin
miqdori kamayadi, ATsX aktivligi oshadi.
Parkinsonizmni patogenetik davolash quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha
ta’sir etadi:
1)
ASX neyrotransmitter aktivligini so‘ndirish, bu dofamin bilan ASX
o‘rtasida balansni tiklanishiga olib keladi.
2)
Dofamin miqdorini normagacha ko‘tarilishi.
Hozirgacha parkinsonizm davosida antixolinergik preparatlar qo‘llanilmoqda,
ularning ta’sir mexanizmi ASX aktivligini blokada qilishdan iborat (siklodol,
protsiklodol) lekin bu preparatlarning nojo‘ya ta’siri xushning buzilishi,
ko‘rishning ikkilanishi, og‘izning qurishi ko‘rinishida bo‘ladi. Parkinsonizmni
patogenetik davosida yagona yo‘nalish dofamin darajasini tiklashga qaratilgan.
Shu maqsadda monoaminoksidaza ingibitorlari (MAD-V) tavsiya etiladi. Shu
guruh preparatlardan biri bo‘lib selegin hisoblanadi, bu dofaminni parchalanishini
oldini oladi va parkinsonizmda monoterapiya maqsadida qo‘llaniladi.
Hozirda DOFA – tutuvchi preparatlar keng qo‘llanilmoqda. Levodopa bosh
miyada dofamin rezervini tiklaydi va parkinsonizmda bazis davo ko‘rinishida
qo‘llaniladi. Levodopa GEB orqali o‘tib, dofaminga aylanadi. Levodopani
dekarboksilaza ingibitorlari (IDK) bilan birgalikda qo‘llaniladi, bu uni miya
to‘qimasiga oson o‘tishini ta’minlaydi. DOFA – tutuvchi preparatlarning umumiy
xususiyatlaridan nevrologik buzilishlar diskineziya va distoniya ko‘rinishida va
ruhiy buzilishlar, gallyutsinatsiyalar va xulqiy buzilishlar ko‘rinishida bo‘ladi. IDK
beneserazid ko‘rinishida madopar tarkibiga kiradi, levodopa va benserazidni
optimal nisbati 4:1 tashkil qiladi. IDK siz levodopa pereferik qon oqimida
dofaminni hosil bo‘lishi bilan parchalanadi, bu esa har xil nojo‘ya ta’sirlarni
(ko‘ngil ozish) keltirib chiqaradi.
Madopar quyidagi dori shakllarida chiqariladi: madopar–125, madopar–250,
dispergirlangan madopar. Ko‘p klinitsistlar madoparni, kichik dozada (madopar–
250 1/4 tabletka) tavsiya etiladilar va asta-sekin uni optimal effektgacha
ko‘tarishadi. Ba’zan yaxshi terapevtik effektga erishish uchun, bemorga bir nechta
har hil dorilar tavsiya etish lozim.
Bundan tashqari parkinsonizm davosida yumeks, nakom, sinemet qo‘llaniladi.
Bundan tashqari elektrotutqanoq davo, fotodavo (oppoq rang), LFK qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: