231
Aminoglikozidlar gentamitsin gematoensefalik to‘siqdan kattalarda yaxshi
o‘tmaydi, bolalarda esa likvorga so‘rilishi maksimal holda bo‘lib, 5 mg/kg sut.
vena ichiga har 8 soatda yuboriladi.
Kanamitsin – 15mg/kg/sut har 12 soatda yuboriladi. Ortiqcha ta’siri:
quloqda shovqin, eshitish pasayishi, vestibulyar buzilishlar, nefrotoksik ta’sir,
allergik reaksiya.
Eritromitsin – sutkada kattalarga 4-8 g, bolalarga 40-50 mg/kg vena ichiga
har 6 soatda yuboriladi.
III avlod sefalosporinlari (seftriakson, sefotaksim, seftizoksim, seftazidim)
ham gemato ensefalitik baryerdan yaxshi o‘tadi. Seftriakson – kattalarga 4-6 g/sut
har 8-12 soatda, bolalarga 80-100 mg/kg/sut har 6 soatda.
Sefotaksim – 12 g/sut har 4 soatda yuboriladi.
Shuningdek: Dezintoksikatsiya maqsadida gemodez, reopoliglyukin,
reoglyuman, albumin, polidez. Bunda gemodezni dezintoksian effekti 15-20 min.
keyin bilinadi va 4-6 soat saqlanadi. Og‘ir hollarda
yiringli meningitlarda
likvorosorbtsiya qilinadi.
Nafas olishni og‘ir buzilishlarida IVL qilinadi. Gipovolemiya holatida
suyuqlik yuborishni me’yordagidan 2/3 qismga kamaytiriladi, chunki miya
shishishi mumkin.
DVS sindromida gepprin qilinadi. Miya shishishida glyukokortikoidlarni
qilish to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatma bo‘lib, gidrokortizon 1000 mg, prednizolon –
250 mg, deksametazon 40 mg/sut gacha.
Uoterxaus-Frideriksen sindromini oldini olish
uchun kortikosteroidlar
deksametazon 3 mg/kg vena ichiga tomchilab yuboriladi.
Qonning kislotali-ishqoriy balansini yaxshilash uchun metabolik atsidozda
4% gidrokarbonat natriy – 200 ml vena ichiga tomchilab yuboriladi, metabolik
alkolozda esa 4% kaliy xlorat–50-100 ml yuboriladi.
Shuningdek kardiotonik
moddalar (korglikon, strofantin) qilinadi. Psixomotor qo‘zg‘alishda va og‘riqda
seduksen, dimedrol, analgin qilinadi.
Zamburug‘ chaqiruvchi meningitni davolashda asosiy dori bo‘lib
amfoteritsin V hisoblanadi. Preparat 5% glyukoza eritmasida 1 kg vaznga 1 mg
miqdorida vena ichiga tomchilab yuboriladi. Dorini dozasini sekin-asta oshirish
mumkin. Odatda 7-10 davomida umumiy hajmi 2-6 g miqdorida davolash kursi
o‘tkaziladi.
Yangi zamburug‘ga qarshi doriga flukonazolni tavsiya etish mumkin.
Uning
dozasi 400 gr bir sutkasiga, bolalarga esa 1 kg vaznga 3-6 mg hisobida yuboriladi.
Bu preparat amfoteritsinga qaraganda toksik ta’siri kam.
Yangi dorilardan diflyupan, ankotillarni ichish uchun ham tavsiya etish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: