Tarixiy tafakkur ehtiyoji
O’zlikni anglash, eng avvalo, o’tmishni o’rganishdan, tarixni bilishga
extiyoj
sezishdan
boshlanadi.
Darhaqiqat,
o’zini
anglayotgan,
o’zini
tushunayotgan har bir odam qanday oilada dunyoga kelgani, o’z ajdodlari kimlar
bo’lgani, ota-bobolari nimalar bilan shug’ullanishgani va qanday umr
kechirishganini bilib olishga intiladi. Ularning fazilatlari va meroslari bilan
faxrlanib yashaydi.
O’z naslu nasabini bilish, kelib chiqishini o’rganish kishining hayotda
omonat yo tasodifiy emasligini tushunishga imkon beradi. Shu bilan birga atrof
muxit, uni o’rab turgan olam xususida o’ylashga undaydi.
Darhaqiqat,
olamni
tadqiq
etish
tafakkurimizni
boyitishning,
dunyoqarashimizni kengaytirishning yagona yo’li. Olamni anglash hissi
insonning o’zligini anglashga, o’zligini tushunishga, olam va odam haqida
o’ylashga da’vat etuvchi beqiyos qudrat. U jami insonga xos bo’lgan idrok va
irodani uyg’otadigan mo’’jizaviy kuchdir. Biz olamni qanchalik keng va chuqur
anglasak, inson va insoniyat olamiga shunchalik ko’proq qiziqamiz, uni
tushunishga, mohiyatini anglashga, inson va hayot, insoniyat va mavjudot
o’rtasidagi munosabatlarni o’rganishga, xullaski, insoniyat tarixi bilan qiziqishga
harakat qilamiz.
Ana shu xulosalarning aksi sifatida biz olamni qanchalik unutsak, o’zimizni
shunchalik unutamiz. Bunday hodisa kishilik tarixida-turli davrlarda turli
holatlarda yuz bergan. U odamzodni hayotni tushunish, olamni anglash va o’zini
11
oliy mavjudot sifatidagi qadriyatini idrok etish orqali butun insoniyat tarixini
anglashga da’vat etadi. Bunday noyob ma’naviyruhiy extiyoj komillik va
etuklikka intilish xissini uyg’otadi. Ana shu ichki tuyg’u insonning o’z o’tmishiga,
o’tmishdoshlariga va ajdodlariga, ular qoldirgan merosiga qiziqish bilan
qarashini taqozo etadi. Bunday ma’naviy-ruhiy ehgiyoj uning tarixiy
xotirasi
chuqurlashishiga, tarix falsafasining paydo bo’lishiga, shu falsafa va tafakkur
orqali o’zining hayotdagi o’rnini aniq belgilab olishiga imkon yaratadi.
Istiqbolini ko’ra olishga rag’batlantiradi.
Hayotda abadiy yashaydigan mavjudot yo’q. Jamiki mavjudotning ibtidosi
va intihosi bor. Ana shu ibtido va intiho o’rtasidagi voqelik hayot tarixiga
aylanadi. Aslini olganda hayotda faqat abadiyat va unga daxldor bo’lgan
tafakkurgina boqiydir. Zamonlar, jarayonlar, hodisa va voqealarning bari
o’tkinchi. Biroq, ularni bir-biri bilan bog’lab, hayot shajarasini davom ettirib
turgan oliy xilqat – inson mavjud ekan, hayot abadiyati tarix va tafakkur
abadiyatiga aylanadi. Shuning uchun ham vaqg o’tkinchi, tarix esa abadiydir.
Shuning uchun ham tarixni tafakkurdan ajratib bo’lmaydi.
Darhaqiqat, voqealar, jarayonlar shaklan o’zgaraveradi, yangi hodisalar,
yangi voqealar hayot mazmunini o’zgartiraveradi. Turmush tarzini va, hatto,
aqidalarni ham yangilaydi. Biroq yaxlit abadiyatga aylangan hayot va insoniyat
shajarasi tarix abadiyatini va uzluksizligini so’zsiz ta’miilaydi. Shu zaylda
hodisalar, voqealar va jarayonlar bir-birini inkor etib, bir-birini rad qilib davom
etaveradi. Tarixning yaxlitligi, bir butunligi ana shu qarama-qarshiliklarni
to’laligicha ifoda etishida! Tarix falsafasi uning konkret voqelik va hayot
falsafasi bilan uzviy bog’likligida!
Tarixiy tafakkur, tarixiy xotira ana shu tarzda shakllanadi. Rad etib
bo’lmaydigan, soxtalashtirilmaydigan mutlaq haqiqatga, oliy qadriyatga
aylanadi. Inson qalbi va ongiga esa o’z o’tmishini o’rganishga qiziqishning paydo
bo’lishi orqali ta’sir etadi.
Prezident Islom Karimov «O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi.
Isbottalab bo’lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur», –
der ekan, bu bilan tub islohotlarni amalga oshirish zarur bo’lib qolgan bir
sharoitda insonni uyg’onishga, o’zligini anglashga da’vat etmoqda. Ayni
o’zlikni anglash insonning o’z o’tmishi va ajdodlariga qiziqishidan
boshlanishini uqtiryapti.
Masalaning yana ham muhimroq tomoni shundaki, inson tafakkuri va
ongini yangilash kabi tozarish jarayoniga davlatning o’zi homiylik qilmoqda.
Unga sharoit yaratib bermoqda. Istiqlol davrida inson, nihoyat, tarixga
ma’naviyat mezoni, milliy uyg’onish omili sifatida qaramoqda.
Jamiyatni bir holatdan ikkinchi bir holatga o’tkazish, mavjud turmush
tarzini sindirib tashlab, butunlay yangicha sharoitni vujudga keltirish eng
avvalo ong va tafakkur bilan bog’liqligini alohida uqtirar ekan, Prezident Islom
Karimov «Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib
qoladigan yagona kuch– ma’rifatdir», degan edi. Ana shu kontseptsiya Islom
Karimov siyosatining va bosh islohotchilik vazifasini bajarayotgan davlatimiz
strategiyasining asosini belgilaydi.
12
Taraqqiyot tamoyillari, tsivilizatsiya ehtiyojlari shunday. Biz o’tmishda
yashamasligimiz, uni takrorlamasligimiz, aksincha, uni o’rganishimiz, tadqiq
etishimiz va aniq xulosalarga kelib yashashimiz kerak. Ayni ana shu xulosalar
asosida istiqbolimizni belgilashimiz, o’zimizni ham, jamiyatni ham ma’naviy
jihatdan kamolotga etkazishimiz darkor. Biz o’tmishni tiklash, tarix haqiqatini
o’z o’rniga qo’yish orqali tafakkurimizni boyitamiz, tushunchalarimizni
kengaytiramiz, hayot falsafasi orqali islohotlar falsafasini, islohotlar mohiyatini
chuqurroq anglay boshlaymiz. Natijada o’z-o’zimizni isloh qilamiz, o’z-o’zimizni
yangilaymiz. Va nihoyat, ana shu jarayon orqali jamiyaxni yangilaymiz,
hayotni yangilaymiz. Uning mazmunini boyitamiz. Zotan, milliy istiqlol
mafkurasining, davlatimiz olib borayotgan keng miqyosli islohotlarning oliy
qadriyati ana shunda!
Biz Vatanimiz tarixi va xalqimiz o’tmishini o’rganish orqali bugungi kun
uchun mas’ullik tuyg’usini shakllantiramiz. Taraqqiyotning yangi davri ostonasida
turganimizni va xalqimizning buyuk kelajagiga asos solishga mas’ul
ekanligimizni, daxldorligimizni tushuna boshlaymiz. Yana bir haqiqat bor:
o’tmish uni anglagangagina xizmat qilishini, kelajak esa uning haqiqiy
bunyodkorigagina tegishli ekanligini anglamog’imiz kerak. Xuddi ana shu
haqiqatni anglash uchun tarixiy tafakkur, tarixiy xotira zarur deb o’ylaymiz.
Tarixning haqiqiy falsafasi, uning aql-zakovatimiz va ongu shuurimizga ta’siri
xuddi ana shu g’oya bilan belgilanadi.
Yangilanishlar davri hamisha o’tmishga qiziqishning beqiyos darajada
o’sishidan boshlanadi. Ayni o’tmishga qiziqish odamni istiqbolga intilishga, uni
aniq yo’nalishga sola bilishga da’vat etadi. O’tmish voqealari, tarixiy hodisalar
bugungi xulosalarimizni tiniqlashtiradi, ertangi kunimizning, rejalarimizning
asosini va haqiqatini ko’rsatib beradi. Ana shu nuqtai nazardan biz bugun
tarixnavislik
va tarixshunoslikdagi solnomachilik,
quruq
raqambozlik,
bayonchilik illatlaridan butunlay qutulishimiz darkor. Tarixiy obidalarning
ro’yxati, ularning qurilgan vaqti, shaharlarning nomlariyu jug’rofiy hududlari
bilan kifoyalanmay, ana shu zamin va unda asrlar mobaynida yashagan xalq
dahosi, uning qudrati va bu qudratning paydo bo’lish omillarini o’rganmog’imiz
kerak. Zotan, buyuk kashfiyotlar, olamshumul ixtirolar, afsonaviy shaharlar,
qudratli siyosatu dongdor davlatlar to’satdan paydo bo’lmaydi. Ularning yuzaga
chiqishi uchun yillar tugul, asrlar mobaynida tajriba to’planadi, tafakkur
shakllanadi. Tarixshunosliqda ana shu evolyutsion jarayon, xalqning ijtimoiy-
ma’naviy dinamikasi hisobga olinmog’i kerak. Demak, insonning tarixida keskin
burilish yasagan, jahon tsivilizatsiyasiga quchli ta’sir o’tkazgan tafakkur
kengliklarini, uning taraqqiyot jarayonlarini o’rganishimiz zarur. Biz bugungi va
kelgusi avlodni xuddi ana shunday yo’l bilan tarbiyalashimiz darkor. Uning voqea
va hodisalarga munosabatini ongi orqali, tafakkuri orqali va eng muximi, qalbi
orqali o’tkazishimiz kerak. Toki yosh yuraqda va murg’ak tafakkurda tarix
haqiqati abadiy qolsin, uni ezgulikka da’vat etib tursin. Buning uchun har bir
voqea moxiyati, tarix falsafasi, hayot mantig’i mushtarak holda o’rganilmog’i
kerak.
13
Jamiyatni yangilash, eng avvalo, inson tafakkurini oqibatida paydo
bo’lgan, kurakda turmaydigan «aqida»lardan qutulamiz. O’tmishga, bugunga va
istiqbolga kengroq qarashga, uni yaxlitligicha, butun yaxshiligiyu yomonligi, oq
va qora tomonlari bilan bir butunligicha qamrab olishga erishamiz. Natijada eng
adolatli, eng asosli va keng qamrovli xulosalar chiqaramiz. Mustamlakachilik
davri talabi
hamda sof
ilmiy
haqiqatdan
uzoqlashgan tarixnavislik
kontseptsiyasi va metodologiyasining zang bosgan temir qobiqlaridan chiqib
ketish, har qanday soxta doiralarni sindirib, hayotga bo’lgan munosabatlarimizni
kengaytirish imkoniga ega bo’lamiz. Tushunchalar, g’oyalar, qarashlar va
yondashuvlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni mustahkamlash chinakam
madaniyat, chinakam milliy ravnaq ehtiyoji ekanligini anglamog’imiz zarur.
Tarixni tadkziq qilish va yozishda biz o’z milliy psixologiyamiz,
an’analarimiz va milliy mushohadamizdan kelib chiqamiz. Shu bois o’zbek xalqi
tarixini yozgan boshqa millat vakili bo’lgan ajnabiy olim bilan o’zbek olimining
nuqtai nazari bir-biridan farq qiladi.
Buning ikki jihati bor: birinchidan, begona qalb, begona dunyoqarash har
qanday sharoitda ham begonaligicha qolaveradi. U hech qachon boshqa bir
millatning milliy xususiyatlarini, uning o’tmishdagi murakkabliklari va
ziddiyatlarini to’laligicha his qila olmaydi.
Ikkinchidan, fan niqobidagi siyosiy o’yinlar va maqsadlar ham borki, bu
daxshatli va millat boshiga qiron keltiruvchi mafkura bilan bog’liq. U tarix
haqiqatini ataylab buzadi, uni hech bo’lmaganda chalkashtiradi. Bunga zid
ravishda o’z milliy tarixnavislik an’analarimizni tiklashimiz darkor. Masalan,
o’tmishda o’tgan ko’plab muarrixlarimiz asarlarida turli rivoyatlar, afsonalar,
xikmatlar, xikoyatlar uchraydi. Bu narsalar tarixiy fakt va haqiqat sifatida alohida
qimmatga ega bo’lmasa-da, ammo voqealar moxiyatini anglashimiz va tafakkur,
mushohada tarzimizning shakllanishida muxim o’rin tutadi.
Darhaqiqat, bizda milliy tarixnavislikning o’ziga xos maktabi mavjud. Bu
maktab o’zining xalqchil, sodda, ravon, barcha uchun birday tushunarli bo’lgan
uslubi va beqiyos jozibasi bilan aloxida ajralib turadi. Ana shu sehr va
ohanrabolik o’nlab asrlar muqaddam yaratilgan qator shoh asarlar qatorida
«Temurnoma», «Zafarnoma», «Boburnoma», «Humoyunnoma»larning beqiyos
qiymatini va barhayotligini ta’minlab kelmoqda.
Sho’ro davrida ham juda ko’p ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Ammo,
masalaning jiddiy tomoni shundaki, sho’ro davri tadqiqotchilari goh bilib-
bilmay, goh ataylab, fidoyilik va tashabbuskorlik bilan kommunistik mafkuraga
xizmat qildilar. Natijada xalqimiz tarixini soxtalashtirdilar, uni kommunistik
mafkura talablariga moslashtirdilar. Sho’ro hukumatining mustamlakachilik
siyosatini amalga oshirishga butun vujudlari bilan xizmat qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |