yiroqlashtiradi, uchinchidan, tushunchalar bilan hissiyotlami, me yorlar
bilan tamoyillarni farqlashda chalkashliklarga olib keladi, ularni rosmana
idrok qilishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Zero, fan mazmunini taqdim
etishdagi har qanday murakkablashtirishlar, chalkashliklar, tabiiyki,
tushunmovchilikni keltirib chiqaradi. Natijada
mazmun mo ljallangan
«o‘z egasiga» risoladagidek yetib bormaydi.
Shu sab ab li ax lo q sh u n o slik fa n id a q o ‘lla n ila d ig a n b a rc h a
tushunchalami uch guruhga bo‘lishni maqsadga muvofiq deb о ylaymiz.
Bularning birinchisi — axloqiy bilish bilan real hayot о rtasidagi eng
m uhim aloqa va munosabatlarni in ’ikos ettiruvchi, axloq ilmining
mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz axloqshunoslikning
mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari sifatida olib qaraymiz.
N isbatan qamrovli ikkinchi guruh tushunchalarini — axloqiy tamoyillar,
uchinchi guruhni esa axloqiy m e’yorlar deb taqdim etamiz. Birinchi
guruh tushunchalari umumlashtiruvchilik,
mushtaraklik xususiyatiga
ega, ular faqat nazariyaga taalluqli. Ikkinchi va uchinchi guruh
tushunchalari esa amaliy axloqqa tegishli bo'lib, nisbatan muayyan,
to r qamrovga ega; ular birinchi guruh uchun «moddiy asos» vazifasini
o ‘taydilar.
Shu o ‘rinda «tushuncha» atamasining mohiyatiga nazar tashlashni
joiz deb o ‘ylaymiz. A w alroq biz axloqiy hissiyotlarning axloqiy onglash
uchun m a’lum m a’noda material ekani to ‘g‘risida birrov to ‘xtalib о tgan
edik. Bu haqda m um toz faylasuflar ham e ’tiborga sazovor fikr
b ild irg an lar. C h u n o n c h i, buyuk in gliz m utafak kiri J o n Lokk,
tushunchada
nim aiki bor ekan, u bundan aw al hissiyotda mavjud
bo ‘lgan, deb ta ’kidlaydi. «Tabiat qonuni borasidagi tajribalar» asarida
u shunday deb yozadi: «Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi yetkazib
berilmasa, u holda tafakkur uchun hech qanday material berilmagan
b o ‘ladi va aql bilishni taraqqiy ettirishi borasida m e’mor bino qurishda
tosh, yog‘och, qum va hokazo qurilish materiallarisiz qanchalik ish
qila olsa, xuddi shuncha ish bajara biladi»1.
Aqlni ideallashtirish, hissiyotni ikkinchi darajali omil sitatida talqin
etish, Lokk va unga o ‘xshash ba’zi mutafakkirlar fikrlarini hisobga
olmaslik, afsuski, keyingi davrlarda ayniqsa kuchaydi.
Hegel singari
faylasuflar esa butun borliqni mantiqiylashtirish yo‘lidan bordilar. Lekin,
www.ziyouz.com kutubxonasi
XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin G ‘arb allomalari bu yo‘lning
ko‘p jihatdan yanglish ekanini anglay boshladilar. XX asr mutafakkiri,
ru h iy ta h lil falsafasid agi y a n g i fro y d c h ilik o q im in in g a to q li
nam oyandalaridan biri Karl Yung Tibet mayyitlar kitobi - «Bardo
Tyodol»ga yozgan sharhida shunday deydi: «G‘arb kishisi, «psixologik»
(«ruhiy») so‘zini eshitganida, uning uchun u «bor-yo‘g‘i psixologik»
tarzida jaranglaydi. Uning uchun «psixe» — qalb qandaydir, achinarli
darajada kichik, e ’tiborga noloyiq, shaxsiy, subyektiv va h.k. Shu sababli
«ruh» (qalb) o ‘rniga «aql» so‘zini ishlatishni m a’qul ko'radi...»1. Boshqa
bir o ‘rinda barcha metafizik m ulohazalar uchun ijodiy zam in aynan
ana
shu qalb ekanini, ong esa qalbning ko‘zga ko‘rinm as in ’ikosidan
iboratligini ta ’kidlaydi. Darhaqiqat, «yurak va aql», «hissiyot va ong»
bahsida G ‘arb, ayniqsa, XX asrda, so‘zsiz, birinchilikni aqlga, ongga
beradi. Yuqoridagi kabi fikrlar istisnoli hollardir. Shu bois axloqshunosiik
nuqtayi nazaridan muhabbat haqida gap ketsa, uni hissiyot deb, yana
buning ustiga, ta ’riflash qiyin b o ‘lgan tuyg‘u, deb ataydilar va uni
tushuncha tarzida olib qarashdan c h o ‘chiydilar.
Vaholanki, muhabbat
a y n a n a x lo q iy h issiyo t va a x lo q s h u n o s lik n in g b o sh m e z o n iy
tushunchasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: