kichik gurux tarbiyachisi
Telefon:+998937967574
normurodov.oibek@mail.ru
Kadirova Dilnoza Baxtiyorovna
Termiz shahar 23-maktabgacha ta’lim tashkiloti
tayyorlov gurux tarbiyachisi
Telefon:+998912394344
normurodov.oibek@mail.ru
Primqulova Xolniso Xo’shboqovna
Termiz shahar 22- Ko’p tarmoqli iqtisoslashgan maktabgacha ta’lim
tashkilotining o’rta gurux tarbiyachisi.
Телефон:+9983-796-75-74
normurodov.oibek@mail.ru
Annotatsiya:
ushbu maqolada maktabgacha ta’limda tasviriy san’at mashg‘ulotlari bolalarda
estetik dunyoqarashni g‘oyaviy e’tiqodni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etish to‘g‘risida
fikr yuritilan.
Kalit so‘zlar:
ijodiy tasavvurini, badiiy didni, tasviriy san’ati, g‘oyaviy e’tiqodni
shakllantirishda.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va etuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda
shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning
11-moddasida: “Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar MTM sida va mulk shaklidan qat’iy
nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”,- deb ta’kidlangan. Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya
qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon bo‘ladi va insonning butun
hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018-yil 29 dekabrdagi “2017 — 2021 yillarda
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 2707
qarorida” Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog
kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash,
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni
har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar
yaratish” belgilangan.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy san’at mashg‘ulotlarida bolalar ilmiy bilim
asoslarini egallaydilar. Tevarak atrofdagi borlikni o‘zlashtiradilar. Bu esa ularni g‘oyaviy aqliy-
ahloqiy estetik jihatdan tarbiyalashda samarali ta’sir ko`rsatadi. Tasviriy san’at mashg‘ulotlari
bolalarda estetik dunyoqarashni g‘oyaviy e’tiqodni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Tasviriy san’atning asosiy vazifalaridan biri bolalarga estetik, xususan badiy tarbiya berishdir.
Estetik tarbiya bu bolalarning hayotdagi , tabiatidagi, san’atdagi fan va jamiyatdagi go‘zalliklarini
idrok etish qobiliyatini tarbiyalashdir. Go`zallik kishilarning aqliga, qalbiga idrokiga ta’sir etib
ma’naviy dunyoqarashni boyitadi. Hozirgi vaqtda Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy
vazifalaridan biri bolalarga borliqni faqat ijodiy o`zlashtirishga bo`lgan ehtiyoj va qobiliyatni
shakllantirishgagina emas, balki ularni go‘zallik qonunlari asosida borliqni qaytadan ko‘rish
hissini tarbiyalash hamdir.
Manzaraning daraxt shoxlarining, barglarining, gullarning o‘zlariga qarab rasm chizish ularni
o‘ziga xos xususiyatlarni urganish orqali mashg‘ulotlar bolalarga dunyoni keng va atroflicha ko`ra
olishga shuningdek ko‘rish orqali olgan ta’surotlari doirasini kengaytirishga narsalar haqida Aniq
va to‘liq tushunchalar hosil qilishga yordam beradi. Rasm chizish jarayonida bolalar narsalarning
shakli, proporsiyalari fazojagi xolatlari, rangli va och-to‘qli nisbatlari diqqat bilan o‘rganadilar.
Tasviriy san’at mashg‘ulotlari bolalarning ko‘rish orqali milliy g‘oyalarni idrokini o‘stiradi.
85
Do'stlaringiz bilan baham: |