40
Август 2020 10-қисм
Тошкент
TARBIYA DARSLARIDA KAYKOVUSNING ,,QOBUSNOMA’’ASARIDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Nigora Abdusalimova Abduraximovna
Nigoraabdusalimova@gmail.com
Farg’ona viloyati Quva tumani 51- maktab
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
+99891 328 0 517
Annotatsiya:
mazkur maqolada ,, Tarbiya’’ darslarida XI asr adabiyotining buyuk
mutafakkiri
kaykovusning ,,qobusnoma’’asaridan foydalanishning ahamiyati, asarning didaktik ahamiyatga
ega ekanligi, bola tarbiyasida eng muhim manbalardan biri ekanligi asoslanadi.
Kalit so’zlar:
tarbiya, manba, mutafakkir, tarjima,
sharqshunos, ilm-fan, nodir nusxa,
,,Qobusnoma’’ XI asrda yaratildi. Bu davrda jamiyat ancha rivojlanganbo’lib, ilm-fan, san’at va
adabiyot ma’lim darajada taraqqiy etgan edi. Abu Abdulloh Rudakiy, Abul Qosim Firdavsiy Tusiy,
Ahmad unsuriy, Abul Hasan Farruxiy,
Nizomul Mulk, umar Hayyom, Nosir Xisrav kabi qator
shoir va yozuvchilar X-XI asrning yirik namoyandalaridir. ,,Qobusnoma’’ ham mazkur asrning
mevasidir.
,,qobusnoma’’ rus va G’arb sharqshunoslarining, Sharq olimlari va
pedagoglarining diqqatini
jalb etadi. Bu olimlar ,,Qobusnoma’’ni diqqat bilan o’rganadilar va o’z tillariga tarjima qiladi
-
lar. Masalan, 1786-87-yillarda Muhammad Siddiq Rashidiy laqabi bilan uyg’ur tiliga, taxminan
1861-yilda Ogohiy tomonidan o’zbek tiliga, 1880-1881-yillarda esa qayum Nosiriy tomonidan
tatar tiliga tarjima qilinadi. Bu tarjimalar turkiy tildagi eng nodir nusxalar bo’lib qoladi.Demak,
,,Qobusnoma’ ’sharqshunos olimlarning diqqatini o’ziga jalb etdi va jahon tillariga tarjima qilindi.
,,Qobusnoma’’ning muallifi Kaykovus Kaspiy dengizining janubiy qirg’og’ida yashovchi Gilon
qabilasidandir.U 412-hijriy yilida tug’iladi va o’z asarini 475-hijriy (1082-1083 melodiy) yilida
yaratadi.Bu haqida Kaykovus o’z asarida : ,,Sana 475 da boshladim,’’-deb ma’lumot beradi.Bu
davrda kaykovus 63 yoshda bo’lib, anchagina keksayib qolgan edi, o’z asarini esa o’g’li Gilon
shohga bag’ishlaydi.
Alloma ,,Qobusnoma’’ni yaratishdan oldin o’z salaflarining asarlari bilan tanishadi.O’z zamo
-
nasida yaratilgan pedagogik asarlarni o’qib chiqadi. O’sha davrdagi madaniy shaharlar, mamlakat
-
lar bilan ham tanishadi ,jumladan, Buxoro,
Samarqand shaharlariga, Xorazm o’lkasiga boradi va
u yerdagi olimlar bilan suhbatlashadi, ularning ilmiy- pedagogik ishlarini o’rganadi.
Rus va G’arb pedagog olimlari bola tarbiyasiga, uning axloqiy masalalariga qanchalik e’tibor
bergan bo’lsalar, Sharq olimlari ham bola tarbiyasiga shunchalik katta e’tibor berganlar.Bu tar
-
biya Sharq olimlari tomonidan yaratilgan asarlarda o’z ifodasini topdi. Jumladan, mashhur hind
masali ,,kalila va Dimna’’,
Nizomul Mulkning ,,Siyosatnoma’’, Nosir Xisravning ,,Saodatno-
ma’’,Yusuf Xos Hojibning ,,qutadg’ubilik’’, Mahmud qoshg’ariyning ,,Devonu lug’otit turk’’,
Ahmad Yugnakiyning ,,Hiybatul haqoyiq’’,AlisherNavoiyning ,,Mahbub ul-qulub’’kabi asarlar
imuhim ahamiyatga ega bo’lgan manbalardir. ,,Qobusnoma’’esa shular jumlasidandir. Bu asarlar
-
da, asosan, insonparvarlik, tarbiya, ilm-fan, axloq va hunar masalalari asosiy o’rin egallaydi.Shun
-
day ekan yangi o’quv
yilida kiritilayotgan ,,Tarbiya’’ darslarida yuqorida keltirilgan nodir asarlar
qatorida Kaykovusning ,,Qobusnoma’’ kitobidan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir.Buning
uchun darsni o’tuvchi o’qituvchi, albatta, manba bilan tanishib chiqqan bo’lishi, unda berilgan
ma’lumotlarni chuqur anglab yetishi muhimdir.
,,qobusnoma’’ 44 bobdan iborat bo’lib,bulardan to’rt
bobi diniy xarakterdadir, qolgan 40 bobi
hayotiy voqealarni ifoda etadi. Kaykovus o’zining hayotiy tajribalari bilan o’g’li Gilon shohni
tarbiyalashni istaydi bu pand-nasihatlarini o’g’li uchun eng qimmatbaho meros deb ta’kidlaydi.U
o’z asarida o’g’Ii Gilon shohga murojaat qilibdeydi: ,,Ey farzand, umidim shuki, sen shu pandlarni
qabul qilgaysan.Bu bilan men otalik vazifasini bajo keltirgan bo’lurman. Bilgilki, xalqning rasmi,
odati
shundayki, yugurib-yelib, qidirib-axtarib dunyodan biror narsa hosil qiladilar va bu narsala-
rini o’zlarining yaxshi ko’rgan kishisiga qoldirib ketadilar.Men dunyoda mana shu so’zlarni hosil
qildim, sen mening uchun eng qimmatbahosan. Menga safar vaqti yaqinlashdi, dunyodan nima
hosil qilgan bo’lsam, sening oldingga qo’ydim, toki o’zingga bino qo’ymagaysan va o’zingga
nomunosib ishlarni qilmagaysan’’.