Август 2020 10-қисм
Тошкент
TA’LIM BERISHDA INTERFAOLMETODLARDANSAMARALI FOYDALANISH
G.T.Xudayberganova, TTA Urganch filiali akademik litseyi kafedra mudiri
Sh.Y.Kurbanova, TTA Urganch filiali akademik litseyi o’qituvchisi
Telefon: +99897 362 10 60
Annotatsiya:
ushbu maqolada ta’lim muassasalarida o’quvchilarga ta’lim berishda interfaol
metodlarning ahamiyati va ulardan samarali foydalanish haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Ta’lim, texnologiya, pedagogik texnologiyalar, interfaol usul, samaradorlik,
o‘qitish, interfaol o‘qitish
Ta’lim sohasi mamlakat ijtimoiy sohasining muhim tarkibiy bo‘g‘ini bo‘lib, ushbu sohani
qo‘llab-quvvatlashga davlat tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, bu borada
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 7-fevralda pF-4947-sonli “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmon qabul
qilindi. Farmonga asosan,2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yichaHarakatlar strategiyasi ishlab chiqilib, uning IV bandi ijtimoiy
sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari deb nomlanadi. Uning 4-bandi “Ta’lim va fan
sohasini rivojlantirish” o‘z ichiga uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim
xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori
malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirishni oladi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, pedagog
kadrlar tayyorlash sifatini ilg‘or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik
ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xalqni boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida zamonaviy madaniyat,
iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida mukammal tizimini shakllantirish
O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Ushbu vazifani uddalash har bir pedagog, muhandis-
pedagog va tarbiyachidan zo‘r g‘ayrat bilan ishlashni talab etadi.
Mamlakatimizda isloh qilish davom etayotgan uzluksiz ta’lim va malakali mutaxassis kadrlar
tayyorlash tizimini hozirgi zamon talablari asosida tubdan yangilash, buning uchun ilm-fan,
texnika, ilg‘or pedagogik texnologiyalar erishgan yutuqlardan samarali foydalanish, xususan,
ta’limning interfaol metodlaridan foydalanishni taqozo etadi.
Interfaol usul (metod)larni o‘quv jarayonida qo‘llash ta’lim tizimida kundan - kunga
rivojlanibbormoqda. Bu, o‘z navbatida, o‘quv jarayonini liberallashtirish, demokratlashtrish,
hamkorlik, hamjodkorlikda ushbu jarayonni yanada takomillashtirib borishni taqozo etmoqda.
Bu o‘quv jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lishini inobatga olgan holda, o‘quv jarayoni unga mos
va xos ravishda tashkil qilishga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarni nima uchun o‘qitish, nimaga
o‘qitish, nimalarni o‘qitish, qanday o‘qitish kerak, degan savollarga aniq va atroflicha javob
topishga to‘g‘ri keladi.
Shaxsga qaratilgan ta’lim o‘quvchining o‘quv harakatini maqsadga muvofiq tashkil etishni
etishni yangi pedagogik texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Natijada, mazkur ta’lim
o‘qituvchi va o‘quvchiga doir ijod izlanish, uzluksiz o‘z ustida ishlash imkoniyatini beradi.
Bu holatning ijobiy kechishi ta’limda sifat va samaradorlikni kafolatidir. Bu ta’lim interfaol
metodlarlarga asoslanib, ayniqsa undan pedagogikta’lim fanidagi dars jarayonida foydalanish
o‘quvchilarda qiziqish va taassurotlarni kengaytirishga xizmat qiladi.Shuningdek, yangi pedagogik
ta’lim texnologiyalari ta’lim tizimida keng qo‘llanilmoqda. Unga texnologiya kattayordamberadi.
Aslida“texnologiya” so’ziyunoncha “techne” so‘zidan olingan bo‘lib, mahorat, san’at va
“logos”so‘z, ta’limotdeganma’nolarni anglatadi.
Ma’lumki, ta’limdagi metod yoki usullar – samaradorlik garovi hisoblanadi. Chunki,
insoniyat paydo bo‘lgandan buyon o‘z avlodlarini munosib hayot kechirishga tayyorlashga urinib
kelmoqda. Ammo, hech qaysi bir zamonda insonning ma’naviyati hozirgidek muhim ahamiyat
kasb etgan emas.O‘qitish metodlari o‘quv jarayonini amalga oshirish, ya’ni o‘qitish va o‘qish
usullari bo‘lganligidan, har bir metodni ikki tomondan – o‘qituvchi faoliyati va o‘quvchilar
faoliyati nuqtai nazaridan qarash kerak. Shu bois, o‘qitish metodlarini bilim manbalari bo‘yicha
noan’anaviy vaan’anaviy metodlar guruhlariga ajratiladi.Noan’anaviy metodlar interaktiv
metodlarga asoslanadi. Biroq, noan’anaviy metodda ta’lim jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lib,
323
Do'stlaringiz bilan baham: |