Аsoslari Darslik



Download 28,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/110
Sana07.07.2022
Hajmi28,33 Mb.
#752321
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110
Bog'liq
2 5422711955720765725

 
10.13. Barabanli quritgichlar. 
 
Barabanli quritgichlar: 1) to‘g‘ridan – to‘g‘ri issiq almashuvchi, ya’ni 
quritilayotgan mahsulot va issiq gazning bevosita to‘qnashuvi (mahsulot bilan 
gazning bir yunalishida va qarama-qarshi yunalishida ) . 2) bilvosita issiq 
almashuvchi, ya’ni issiqlik quritiluvchi mahsulotga metal devor (to‘siq) orqali 
beriluvchi quritgichlarga bo‘linadi. Kontsentrat va mineral hom ashyoni quritish 
uchun birinchi turdagi quritgichlar ishlatiladi. Ikkinchi turdagi quritgichlar esa 
atrof-muxit ifloslanishini oldini olish uchun, hamda quritilayotgan mahsulotning 
rangini o‘zgartirish uchun ishlatiladi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri issiq almashuvchi barabanli quritgich 1-5
0
burchak ostida 
o‘rnatilgan (mahsulot bo‘shatish tomonga qarab) aylanuvchi barabandan iborat 
bo‘lib, barabanga ikkita bandaj (kamar) va uzatmaning tishli halqasidan iborat. 
Baraban bandajlar orqali tayanch ramalariga o‘rnatilgan erkin harakatlanuvchi 
roliklarga tayanadi, barabanning bir uchi o‘txona va mahsulotni beruvchi moslama 
bilan tutashsa, ikkinchi uchi quritilgan mahsulotni tushirib oluvchi kamera bilan 
tutashgan. Barabanli quritgichlar 1-2,2m diametr va 4-16m uzunlikda; 2,5-3,5m 
diametr va 14-27m uzunlikda tayyorlanadi. Issiqlik yuqolishining oldini olish 


142 
uchun barabanning tashqi yuzasi po‘lat bilan qoplanadi. Bunda tashqi devorning 
harorati 40
0
dan oshmasligi kerak. 
57-rasm.
Barabanli quritkich 
Mahsulot bunkerdan (6) ta’minlagich orqali quritgichning tsilindrsimon 
barabaniga (1) tushadi baraban bandaj (2) lar va tayanch roliklari (3,5) yordamida 
ushlab turiladi va uzatkich (4) orqali harakatga keltiriladi. Baraban aylanishi 
natijasidan nam mahsulot ta’minlagich orqali vintli qabul qiluvchi nasadka (7) ga 
beriladi, bu erda mahsulot aralashtirish ta’sirida bir oz quriydi. So‘ngra mahsulot 
barabanning ichki qismiga o‘tadi. Nasadkalar barabanning kesimi buyicha 
mahsulotni bir me’yorda tarqatish va aralashtirishni ta’minlaydi. Bunday sharoitda 
mahsulot bilan qurituvchi agentning o‘zaro ta’siri samarali bo‘ladi. Baraban 
ichidagi mahsulotning o‘ta qizib ketish darajasini kamaytirish uchun, mahsulot va 
qurituvchi agent (tutunli gazlar) bir-biriga nisbatan tug‘ri yo‘nalishda bo‘ladi, 
chunki bunday sharoitda yuqori haroratli issiq gazlar katta namlikka ega bo‘lgan 
mahsulot bilan to‘qnashadi. Mayda zarrachalarning gazlar bilan ketib qolishini 
kamaytirish maqsadida barabandan so‘rib olinayotgan gazlarning tezligini 
ventilyator (8) yordamida ushlab turiladi. Ishlatilgan gazlar atmosferaga 
chiqarilishidan oldin mayda changlardan tsiklon (9) da tozalanadi. Quritilgan 
mahsulot barabandan tushirib oluvchi kamera (10) orqali tushiruvchi qurilma (11) 
dan chiqariladi. Baraban uzatgich (4) orqali harakatga keltiriladi. Qurutish uchun 
kerak buladigan gaz-havoli aralashma o‘txonada yonilg‘i yonishidan hosil bo‘ladi.
Bu turdagi barabanli quritgichlar misli, ruxli, magnetitli, piritli va x. k. 
rudali kontsentratlar va nometal mahsulotlarni quritishda ishlatiladi. Qurituvchi 
gazlarning barabanga kirishdagi harorati 600-1100
0
S, barabandan chiqishdagi 
harorati 100-200
0
S.


143 
Barabanli quritgichlarni ishlab chiqish quvvati baraban uzunligiga, uning 
diametriga va quritish vaqtiga bog‘liq. Quritilgan mahsulotning oxirgi namligi, 
unga qo‘yiladigan talablar asosida belgilanib 4-8% atrofida bo‘ladi. 
Baraban hajmining to‘ldirish darajasi 10-12%, mahsulotning barabanda 
bo‘lish vaqti 7-15 min. 

Download 28,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish