20
asarlarida uchratamiz. Aristotel o‘zining “Fizika” nomli kitobida fizika fanining
shug‘ullanish sohasini aniqlab bergan edi. Fizika-yunon tilida “tabiat” degan
ma’noni anglatadi. U tabiat hodisalarining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi.
Fizika fan sifatida o‘qitilayotgan davrdan boshlab, uning o‘qitish uslubiyati ham
shakllana boshlagan. Fizika va uni o‘qitish uslubiyatini
jamiyatning rivojlanish
bosqichlari bilan birgalikda o‘rganish lozim. Chunki jamiyatning rivojlanib borishi
bilan u fan oldiga yangidan-yangi muammolarni hal etishni qo‘yadi. Ibtidoiy,
quldorlik va feodalizm jamiyatlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
uchun asosan mexanik moslamalar va asbob-uskunalarga ehtiyoj tug‘ilgan bo‘lsa,
kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining yuzaga kelishi bilan mexanik
moslamalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ojizlik qilib qoladi.
Natijada issiqlik mashinalari, qudratli texnika va texnologik jarayonlarni yaratish
ehtiyoji tug‘iladi. Hozirgi kunga kelib ishlab chiqarish
jarayonlarini avtomatik
usulda kompyuter texnikasi orqali boshqarish hayotiy zarurat bo‘lib qolmoqda.
Demak, jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas holda fizika fani va uni o‘qitish
uslubiyati ham kengayib, takomillashib boradi. Fizika fani barcha tabiiy fanlarning
nazariy asosi hisoblanib, zamonaviy texnika va texnologik jarayonlar
taraqqiyotining hal qiluvchi omili hisoblanadi. Xuddi shuningdek,
fizika fani
ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasiga ham kirib bormoqda. Natijada fizika fanining
mazmuni, uning o‘qitish uslubiyati va vazifalari ham kengayib bormoqda.
Fizikani o‘qitish uslubiyati (FO‘U) fanininig uchta asosiy predmeti bor:
1.
Fizika fani Oliy, o‘rta maxsus va umum ta’lim maktablarida nima maqsadda
o‘tiladi?
2.
Fizikadan nimalar o‘qitiladi?
3.
Fizika fani qanday o‘qitiladi?
FO‘U fanining predmedlari jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy
ehtiyojlarining o‘zgarishi bilan uning mazmuni va maqsadi ham o‘zgarib turadi.
Fizika fanini o‘qitishdan quyidagi asosiy maqsadlar ko‘zda tutiladi:
Oliy ta’lim muassasasini tugatib bakalavr va magistrlik
diplomi berilayotgan
yosh mutaxassislar har tomonlama kamol topgan, chuqur bilim va madaniyatga,
21
ega mustaqil fikrlay oladigan bo‘lishi kerak. Ushbu vazifani bajarish qisman FO‘U
fanining zimmasiga tushadi. FO‘U ta’lim va tarbiya jarayonida quyidagi asosiy
vazifalarni bajaradi:
1. Bo‘lajak, fizika o‘qituvchilarini zamonaviy pedogogik uslubiyat bilan
tanishtirish, ularni ko‘rgazmali qurollar, O‘TVdan foydalanishga o‘rgatish.
2. Oliy, o‘rta maxsus, umumta’lim maktablarida
fizika fanining mazmuni va
uni qanday ketma-ketlikda o‘tilishini aniqlash.
3.Fizikani o‘qitish jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligini va
bog‘lanishini ta’minlash.
4.Fizikani o‘qitish jarayonida ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga erishish.
5. Fizika fanining texnika, ishlab chiqarish va sanoatning dolzarb
muammolar bilan o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatish.
6.Fizikaning boshqa fanlar (matematika, kimyo, biologiya, iqtisod) bilan
o‘zaro aloqasini o‘rnatish.
7. Ta’lim
jarayonida qanday usullardan, ko‘rgazmali qurollar va O‘TVdan
foydalanish samarali ekanligini ko‘rsatish.
8. Fizikani o‘qitishda tarixiy hujjatlardan qanday tartibda foydalanish
lozimligini aniqlashdan iborat.
FO‘U ning yuqorida qayd etilgan vazifalari shartli bo‘lib, jamiyatning
taraqqiy etib borishi bilan u boyib va takomillashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: